Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
oʻzbekiston respublikasi oliy kengashining
Qarori
“KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TOʻGʻRISIDA”GI VA “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI KUChGA KIRITISh TARTIBI XUSUSIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarori asosida oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-son “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan “Oʻzbekiston SSR” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolaridan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1991-yilning 1-aprelidan kuchga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
a) korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning foydasidan olinadigan soliq stavkalari — II kvartalda olingan foydadan boshlab;
b) fuqarolardan olinadigan ushbu Qonunda belgilangan daromad soligʻining stavkalari:
— mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq ish haqi va boshqa pul va natura holidagi mukofotlar va toʻlovlar boʻyicha — 1991-yilning 1-aprelidan amalga oshirilgan ishlar uchun toʻlangan pullardan boshlab;
— fuqarolarning boshqa daromadlari boʻyicha – 1991-yilda olingan daromadlardan boshlab qoʻllaniladi.
3. “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini kuchga kiritish tartibi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarori 6-bandining 3-qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1991-yilda mehnatga haq toʻlash uchun qilinadigan xarajatlarni hisoblab chiqarishning bazaviy miqdori sifatida 1990-yilda mazkur maqsadlar uchun qilingan, asosiy faoliyatda band boʻlgan xodimlar ( shu jumladan ishlab chiqarish kooperativlari xodimlari) ning tarkib topgan oʻrtacha ish haqining Qonundagi 3-modda 4-bandga muvofiq mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga qoʻshiladigan qismiga qarab hisoblab chiqariladigan, lekin 400 soʻmdan koʻp boʻlmagan, 1991-yilning II kvartalidan boshlab esa 480 soʻmdan ortiq boʻlmagan xarajatlar qabul qilinadi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1991-yil 14-iyun,
294a-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 192-modda)