Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.07.2021
oʻzbekiston Respublikasi oliy kengashining
Qarori
“VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TAShKILOTLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI KUChGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyuldagi OʻRQ-699-sonli “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-son “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq “Oʻzbekiston SSR” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1991-yil 2-iyuldagi 124-sonida eʼlon qilingan.
2. Belgilab qoʻyilsinki, respublikada roʻyxatdan oʻtgan va ishlab turgan diniy tashkilotlarning ustavlari (nizomlari) ular huquqiy shaxs huquqini olishlari uchun 1992-yil 1-yanvarga qadar qonunda belgilangan tartibda roʻyxatga olinishi kerak. Ilgari roʻyxatdan oʻtmagan, yangi tuzilayotgan, oʻzlarining dinga mansubliklarini oʻzgartirayotgan diniy tashkilotlar oʻz ustavlari (nizomlari)ni qonunda belgilangan tartibda roʻyxatga olish hamda huquqiy shaxs maqomiga ega boʻlish uchun 1992-yil 1-yanvardan eʼtiboran taqdim etadilar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi shu yil oxirigacha:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish haqida, shuningdek uni buzganlik uchun javobgarlik belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari mahalliy Sovetlari “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini bajarishni taʼminlash uchun zarur choralar koʻrsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1991-yil 14-iyun,
290-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 187-modda, 11-son, 273-modda)