Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.01.1998
oʻzbekiston respublikasi oliy kengashining
Qarori
“OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI KUChGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 542-I-son “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga qarang.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-son “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan “Oʻzbekiston SSR” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1991-yil 28-iyundagi 122-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:
— 1991-yilning 1-avgustiga qadar respublika aholisiga moʻljallangan ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga oluvchi idoralar doirasini, shuningdek tegishli ommaviy axborot vositalari roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish uchun yigʻim undirish tartibi va miqdorini belgilash masalalariga doir takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin;
— 1991-yil davomida noshirlik faoliyatini takomillashtirish masalalariga doir takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin;
— matbaa mahsulotlarini chiqarish va nashr etishni moddiy-texnika jihatdan taʼminlash hamda mushtariylar manfaatlarini himoya qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlarini ishlab chiqsin;
— Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlarini “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1991-yil 14-iyun,
284-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 181-modda, 11-son, 273-modda)