|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.01.2020
|
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi tasdiqlansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2008 va 2009-yillar mobaynida:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligi muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini ta’minlasin;
zarur bo‘lgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ayrim normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
3-modda. Ushbu Qonun 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-dekabr,
O‘RQ-136-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son)