Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining 29-bandiga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 86-modda; № 8, 191-modda; 1992-yil, № 4, 177-modda; № 9, 337-modda; 1993-yil, № 1, 20-modda; № 6, 240-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Muqaddima uchinchi xatboshisidagi “chet el valyutasi tushumidan olinadigan soliq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 2-modda chiqarib tashlansin.
3. 6-modda quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
“7) jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari va oʻzga qishloq xoʻjaligi korxonalarining qishloq xoʻjaligi faoliyatidan olgan daromadlariga — 3 foiz stavka boʻyicha soliq solinadi”.
4. 12-modda quyidagi mazmundagi xatboshi va ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“oborot mablagʻlarini koʻpaytirishga qaratilgan daromad summasiga.
Ushbu moddaga muvofiq berilayotgan soliqqa doir imtiyozlarni eʼtiborga olgan holda hisoblab chiqarilgan daromadlarga solinadigan soliqning umumiy summasi imtiyozlarni eʼtiborga olmagan holda hisoblab chiqarilgan hisob-kitob summasining 50 foizidan kam boʻlmasligi kerak”.
5. 19-moddaning:
birinchi qismi 27-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27) Oʻzbekiston Respublikasi Qizil Yarim oy va “Yodgorlik” jamiyatlari, Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi, “Sogʻlom avlod uchun” Xalqaro xayriya jamgʻarmasi korxonalarining mahsulotlari va xizmatlari — soliqdan ozod qilingan mablagʻlar jamiyatlar, uyushma va jamgʻarmalarning ustav vazifalarini bajarishga ishlatilishi sharti bilan;”
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 35 va 36-bandlar bilan toʻldirilsin:
“35) Oʻzbekiston Avtomotohavaskorlar koʻngilli jamiyatiga qarashli mashinalar turadigan joylarda avtotransportni saqlash uchun koʻrsatilgan xizmatlar;
36) davlat tilini oʻqitish va ish qogʻozlarini davlat tilida yuritishga oʻrgatish borasidagi xizmatlar”.
6. IV-1 bob chiqarib tashlansin.
7. 30-moddadagi “8” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
8. 33-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati korxonalar mulkiga soliq solish obyekti hisoblanadi”.
9. 41-modda 1-bandining ikkinchi qismidagi “0,5” raqami “0,2” raqami bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 6-may,
1083-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)