|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.06.2009
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “QIShLOQ XOʻJALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARI UChUN YAGONA YER SOLIGʻINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA” 1998 YIL 10 OKTYABRDAGI PF-2086-SON FARMONIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 9-yanvardagi PF-3709-sonli Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻini joriy etish toʻgʻrisida” 1998-yil 10-oktabrdagi PF-2086-son Farmonining 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tugatilayotgan shirkatlar negizida barpo etiladigan bogʻdorchilik va uzumchilik fermer xoʻjaliklari ularni davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab yagona yer soligʻi toʻlashdan 5 yil muddatga ozod qilinadi. Soliq solishdan boʻshaydigan mablagʻlar maqsadli tartibda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirishga, bogʻ va uzumzorlar barpo etish hamda ularni kengaytirishga yoʻnaltiriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-aprel,
PF-3741-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 16-son, 131-modda)