Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.10.2024
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
BuyruG‘I
BYDJET MUASSASALARI VA TASHKILOTLARI XODIMLARINI MODDIY RAG‘BATLANTIRISHNING MAXSUS JAMG‘ARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 9-fevralda 177-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 19-sentabrdagi 176-sonli “Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3561, 22.10.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish to‘g‘risida”gi 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1995-yil 8-sentabrda 98-son bilan tasdiqlangan Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni (1995-yil 20-sentabr, ro‘yxat raqami 177-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 6-son) II-bo‘limining birinchi xatboshidagi ikkinchi gap quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hukumat qarorlarida belgilangan hollarda, ushbu jamg‘armaga boshqaruv xodimlarining soni qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan va xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ham yo‘naltiriladi.”.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
Moliya vaziri M.NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-yanvar,
22-son