Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
SHAHAR YOʻLOVCHILAR TRANSPORTI TOʻGʻRISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasida shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirishdan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilik va qonunning amal qilish sohasi
Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ushbu Qonun Toshkent shahrida, viloyat va tuman boʻysunuvidagi shaharlarda, shuningdek shaharchalarda shahar yoʻlovchilar transporti subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida shahar yoʻlovchilar transporti sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti tushunchasi
Shahar yoʻlovchilar transporti deganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olingan, shahar doirasida yoʻlovchilar hamda bagaj tashishga moʻljallangan avtomobil va elektr transporti tushuniladi.
4-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining mulk shakllari
Shahar yoʻlovchilar transporti ommaviy yoki xususiy mulk asosida ishlashi mumkin.
5-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining turlari
Shahar yoʻlovchilar transporti jumlasiga avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar kiradi.
Avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten va yoʻnalishli taksilar belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha, harakat jadvaliga muvofiq, belgilangan tarifdagi haq evaziga yoʻlovchilar tashiydi.
Yoʻnalishsiz taksilar yoʻlovchilarning talablari asosida taksometr (hisoblagich) koʻrsatishi boʻyicha haq evaziga tashish xizmatlari koʻrsatadi.
6-modda. Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transporti
Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transporti jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning oʻz xodimlarini muayyan yoʻnalish va harakat jadvali boʻyicha mazkur korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan belgilangan tartibda yoxud tashish shartnomasi boʻyicha tashish xizmatlari koʻrsatuvchi avtobuslari va mikroavtobuslari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Idoralarga qarashli yoʻlovchilar transportidan shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi bilan tuzilgan tashish shartnomasi boʻyicha yoʻlovchilar tashish uchun foydalanilishi mumkin. Bu holda shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikning qoidalari idoralarga qarashli yoʻlovchilar transportiga nisbatan tatbiq etiladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Yoʻlovchi tashish shartnomasi
Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar tashish ishi tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 710-moddasi.
Yoʻlovchi tashish shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi.
Quyidagilar tashish shartnomasining taraflaridir:
Oldingi tahrirga qarang.
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda transport vositasiga ega boʻlgan, shaharda tijorat asosida yoʻlovchilar tashish xizmati koʻrsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxs;
(7-modda uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni tahririda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2006-yil 13-sentabrdagi OʻRQ- 48-son — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 367-modda)
yoʻlovchi — tashuvchining xizmatidan foydalanuvchi jismoniy shaxs.
Tashish shartnomasi boʻyicha tashuvchi yoʻlovchini va uning bagajini belgilangan manzilga eltib qoʻyishi shart. Yoʻlovchi belgilangan yoʻl haqini, bagaji boʻlsa, bagaj tashish haqini ham toʻlashi shart.
8-modda. Tashuvchining asosiy vazifalari
Quyidagilar tashuvchining asosiy vazifalaridir:
fuqarolarning tashishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish;
shahar yoʻlovchilar transportining bir maromda ishlashini tashkil etish;
yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifati va madaniyatini oshirish;
yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini, transport vositalari harakatining xavfsizligini, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish talablari bajarilishini taʼminlash.
9-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash, soliq solish, kreditlash, moliyalash va narx belgilash, investitsiya, yagona ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan tartibga soladi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Shahar yoʻlovchilar transportini davlat tomonidan boshqarish
Shahar yoʻlovchilar transportining davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi maxsus vakolat bergan shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi tomonidan amalga oshiriladi.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
rivojlantirish va ilmiy-texnika tadqiqotlari oʻtkazish masalalarida davlat siyosatini amalga oshirish;
litsenziyalash tartibini belgilash;
kreditlash, moliyalash va investitsiyalar sohasida ustun yoʻnalishlarni aniqlash;
metropoliten va boshqa muhim obyektlar qurilishini moliyalash masalalarini hal etish;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni izchil roʻyobga chiqarish;
xalqaro shartnomalar bajarilishini taʼminlash va davlatlararo aloqalarni rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(11-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
rivojlanishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash va kompleks mintaqaviy dasturlarni tasdiqlash;
aholiga transport xizmati koʻrsatish va transport harakatini tashkil etish rejasini tasdiqlash;
yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflarni belgilash va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni uyushtirish;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
121-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlari
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini tartibga solish va boshqarish sohasidagi vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
bekatlar, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini, boshqa obyektlarni joylashtirish, qurish va obodonlashtirish masalalarini hal etish;
aholiga transport xizmati koʻrsatish haqida shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi bilan shartnoma tuzish va transport harakatini tashkil etish rejasini ishlab chiqish;
yoʻlovchilar tashish ishining sifati ustidan nazorat qilish;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(121-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
13-modda. Shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organining vakolatlari
Shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
tashuvchilar bilan shartnomalar tuzish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
barcha turdagi shahar yoʻlovchilar transportining bir maromda ishlashini taʼminlash;
yagona texnika siyosati yuritish;
barcha turdagi shahar yoʻlovchilar transportini rivojlantirish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish, ularga koʻrsatiladigan xizmatlarning hajmlari va turlarini kengaytirish yuzasidan kompleks tadbirlar ishlab chiqish va ularni roʻyobga chiqarish;
yoʻlovchilarga xizmatlar koʻrsatish tartibi va qoidalarini belgilovchi normativ hujjatlar ishlab chiqish;
avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, shuningdek yoʻnalishli taksilarda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlari va harakat jadvallarini tasdiqlash;
yoʻlovchilarning huquqlari taʼminlanishini nazorat qilish;
shahar yoʻlovchilar transporti subyektlari uchun yagona chipta tizimini joriy etish, yoʻl chiptalari, varaqalari, shuningdek ayrim toifadagi fuqarolarga transportda imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(13-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
14-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini litsenziyalash
Tashuvchi shaharda yoʻlovchilar tashishni maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiradi.
Shaharda yoʻlovchilar tashish uchun litsenziya berish va uni qaytarib olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-sonli “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
15-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar yoʻlovchilar transporti faoliyatini moliyalash tashuvchilarning daromadlari, oʻz investitsiyalari va chet el investitsiyalari, budjet mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-sonli “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Shaharda yoʻlovchilar tashish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, metropoliten qurilishi, qoida tariqasida, davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Bekatlarni, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini loyihalash, qurish, obodonlashtirish va saranjom saqlash, shuningdek yangi tramvay va trolleybus yoʻllari qurish mahalliy budjet hisobidan amalga oshiriladi.
Shahar yoʻlovchilar transporti tashuvchilarining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflar boʻyicha yoʻlovchilar va bagaj tashish xizmatlari koʻrsatish munosabati bilan koʻrgan zarari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tegishli mahalliy budjet hisobidan qoplanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalarining 114-bandi.
Ayrim toifadagi fuqarolarni transportda imtiyozli tashish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
16-modda. Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻl haqi toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish haqini toʻlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan yoʻl qoʻyiladigan doirada belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagaj tashishning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi tariflari darajasi iqtisodiy asoslangan tashish xarajatlaridan va yoʻlovchilar tashish xizmatlariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.
Yoʻnalishsiz taksilarda bagaj tashish haqi olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
18-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti vositalarini boshqarish huquqi
Shahar yoʻlovchilar transporti vositalarini boshqarish huquqi tegishli malakaga ega boʻlgan va tibbiy tekshiruvdan oʻtgan shaxsga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoʻlovchilar transportini boshqarishga doir malaka talablari va tibbiy tekshiruvdan oʻtish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
19-modda. Yoʻnalishlarni tashkil etish. Bekatlar, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillari
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organlari, aholining ehtiyojlariga qarab yoʻnalish tarmoqlarini hamda shahar yoʻlovchilar transportining har xil turlarini ulardan samarali foydalanishni nazarda tutgan holda rivojlantirishni taʼminlaydilar.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yoʻnalishlarni tashkil etish, shu jumladan yangi yoʻnalishlar ochish va ishlab turganlarini oʻzgartirish, bekatlarni, toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillarini joylashtirish yerini aniqlash shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yoʻlovchilarning, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning va bolali yoʻlovchilarning transport vositasiga chiqishi va undan tushishining xavfsizligini taʼminlash maqsadida bekatlar va toʻxtab oʻtish manzillari hududida jihozlangan supachalar boʻlishi lozim.
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bekatlar va toʻxtab oʻtish manzillarida aholiga xizmatlar koʻrsatish obyektlari joylashtirilishi mumkin. Bunda yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligi hamda transport harakati xavfsizligi taʼminlanishi kerak.
(19-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Bekatlar,toʻxtab oʻtish va dispetcherlik manzillari mazkur turdagi inshootlarga qoʻyiladigan sanitariya va texnika talablariga mos, zamonaviy koʻrinishga ega boʻlishi lozim.
20-modda. Shahar yoʻlovchilar transportining harakat jadvali
Shahar yoʻlovchilar transportining harakati tashuvchi tomonidan shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organi tasdiqlagan harakat jadvaliga muvofiq tashkil qilinadi.
Barcha bekatlarda, oxirgi va toʻxtab oʻtish manzillarida yoʻnalishning nomi, tartib raqami va harakatning oraliq vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumot lavhasi joylashtiriladi.
Metropoliten bekatlarida poyezdlar harakatining oraliq vaqti maxsus qoidalarga binoan belgilanadi.
21-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti vositalariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar yoʻlovchilar transporti vositalari xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya talablariga, shuningdek standartlar va texnikaviy shartlarga, tibbiy-sanitariya va yongʻinga qarshi normalarga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi lozim. Transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Sertifikatlashdan oʻtmagan va belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan transport vositalari foydalanishga qoʻyilmaydi.
Yoʻlovchilar transportini sertifikatlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Shahar yoʻlovchilar transportining salonida harakat yoʻnalishi, yoʻlovchi va bagaj tashish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumot, shuningdek boshqa zarur axborot boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashuvchi shahar yoʻlovchilar transportida nogironligi boʻlgan shaxslar va bolali yoʻlovchilar uchun zarur qulayliklarni yaratadi.
(21-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Yoʻnalishsiz taksilarda yoʻl haqini aniqlash uchun hisoblagich (taksometr), maxsus tanib olish belgilari va boshqa yengil avtomobillardan farqlanuvchi raqam belgilari boʻlishi lozim.
Yoʻnalishsiz taksilar uchun umumiy belgilar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
22-modda. Shahar yoʻlovchilar transportida reklama
Oldingi tahrirga qarang.
Tashuvchilar yuridik va jismoniy shaxslarning reklamasini transport vositalarida qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiradilar.
(22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasi.
23-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti tashuvchisining majburiyatlari
Tashuvchi:
shaharda yoʻlovchilarni tashish ishlarini bajarish uchun litsenziyaga ega boʻlishi;
yoʻlovchilarni tashish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya etishi;
yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlashi;
mehnatni muhofaza qilish, yongʻindan saqlash xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va ekologiya talablarini bajarishi;
harakat xavfsizligini, shahar yoʻlovchilar transportidan texnik foydalanish va uni ishlatish qoidalariga rioya etilishini taʼminlashi;
fuqarolarning ayrim toifalarini imtiyozli tashishi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarishi shart.
(23-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tashuvchilarning belgilangan yoʻnalishdan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqishi, harakat jadvalini buzishi hamda yoʻlovchilarga qonunchilikda nazarda tutilmagan biron-bir talabni qoʻyishi man etiladi.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
24-modda. Yoʻlovchilarning huquqlari
Yoʻlovchilar:
shahar yoʻlovchilar transportining har qanday turidan foydalanish;
bekatlar va toʻxtab oʻtish manzillaridan foydalanish;
oʻzlari bilan birgalikda yetti yoshgacha boʻlgan bolalarini bepul olib yurish;
oʻlchamlari belgilangan kattalikdan oshmaydigan, vazni yigirma kilogrammgacha boʻlgan qoʻl yukini bepul olib yurish;
belgilangan tariflar boʻyicha haq toʻlab bagaj olib yurish;
hayoti va sogʻligʻini shaxsiy sugʻurta qilish haqida ixtiyoriy ravishda shartnoma tuzish;
bekatlar va oxirgi dispetcherlik manzillari dispetcherlaridan shahar yoʻlovchilar transportining ishi toʻgʻrisida axborot olish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda berilgan boshqa huquqlardan foydalanish huquqiga egadir.
(24-moddaning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
25-modda. Yoʻlovchilarning majburiyatlari
Yoʻlovchilar:
yoʻlovchilarni tashish yuzasidan belgilangan qoidalarga rioya etishlari;
yoʻl haqi va bagaj tashish haqini oʻz vaqtida toʻlashlari, chiptani manzilga yetgunga qadar saqlashlari va uni nazorat qiluvchi shaxslarning talabiga binoan koʻrsatishlari;
transportda imtiyozli yurish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatishlari;
shahar yoʻlovchilar transportidan foydalanganda tozalik va tartibga rioya etishlari, tashuvchilarning asbob-uskunalari va mol-mulkini ehtiyot qilishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarishlari shart.
(25-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yoʻlovchilarning tez yonuvchan, portlovchi, zaharli, radioaktiv moddalar va ashyolarni, shuningdek qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ochiq (gʻilofsiz) holda olib yurishi taqiqlanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
26-modda. Shahar yoʻlovchilar transportida imtiyozli yurish
Oldingi tahrirga qarang.
Ayrim toifadagi fuqarolarga qonunchilik bilan shahar yoʻlovchilar transportida imtiyozli yurish huquqi belgilanadi.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Transportda imtiyozli yurish huquqidan foydalanadigan shaxslarning qoʻl yuki va bagaj olib yurishi umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Transportda imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlar boʻyicha ketayotgan yoʻlovchilar uchun shahar yoʻlovchilar transportida amal qilayotgan tashish qoidalari majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(27-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Chiptalarni, yoʻl varaqalarini va shahar yoʻlovchilar transportida imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlarni qalbakilashtirganlik uchun javobgarlik qonunda belgilab qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 254-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-aprel,
419-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 367-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)