

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.09.2020
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1035505">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9412"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1035505">[<b>TSZ:</b><div id="LS4125"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Baxolash faoliyati]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-1035507">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASI </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-1035508">Qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-1035509">Oʻzbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standartini tasdiqlash toʻgʻrisida “Bozor qiymati baholash bazasi sifatida” </a></div><div class="DEPARTMENTAL"><a id="-1035512">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-iyulda 1605-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1035513"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-4856698">Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida”gi <a href="/ru/acts/-4842496?ONDATE=05.09.2020 00#-4851263">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3239, 04.06.2020-y.) asosan 2020-yil 5-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1035514">Oʻzbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-24703">Qonuniga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ–335-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-1004441">qaroriga </a>hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-sonli “Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-244739">qaroriga </a>muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1035515">1. Oʻzbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti “Bozor qiymati baholash bazasi sifatida” <a href="javascript:scrollText(-3677980)">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1035517">2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1035518">Davlat mulki qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1035519">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1035520">2006-yil 14-iyun,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-1035521">01/19-20-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3677980"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-3677981">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2006-yil 14-iyundagi 01/19-20-son <a href="javascript:scrollText()">qarori </a>bilan <br />TASDIQLANGAN </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-3677982">Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (2-son MBMS) “Bozor qiymati baholash bazasi sifatida”</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3677983"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3677984">Mazkur Mulkni baholash milliy standarti “Bozor qiymati baholash bazasi sifatida” (keyingi oʻrinlarda 2-son MBMS deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-24703">Qonuni </a>asosida ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatining normativ tartibga solinishi elementi hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3677985">2-son MBMSga 1-son MBMSda koʻrsatilgan qoʻllash boʻyicha umumiy qoidalar va koʻrsatmalar bilan birgalikda qarash lozim.</a></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><a id="-3677988">1. Kirish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3677991">2-son MBMSning maqsadi — bozor qiymatining umumeʼtirof etilgan taʼrifini berish. Standart shuningdek, baholashning maqsadi va funksiyalari bozor qiymatini hisoblashdan iborat boʻlganda ushbu taʼrifga va mulkni baholashda uni qoʻllashga bogʻliq umumiy mezonlarni ham izohlaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3677992">Bozor qiymati uning taʼrifida koʻrsatilgan shartlarga mos boʻlgan sharoitda, mulkni baholash sanasida ochiq bozorda sotuvga qoʻyilgan mulk keltirishi mumkin boʻlgan ayirboshlash qiymati yoki pul summasini oʻzida namoyon etadi. Baholovchi bozor qiymatini belgilash uchun avval undan eng samarali foydalanish yoki eng ehtimol qilinadigan foydalanishni aniqlashi kerak. Bunday foydalanish mavjud foydalanilishning davomi yoki unga qandaydir muqobil boʻlishi mumkin. Bu masala bozor maʼlumotlari asosida hal etiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3677995">Bozor qiymati mulkning xarakterini va uni ochiq bozorda sotishning eng yuqori ehtimolini koʻrsatuvchi usullar va baholash tartibotlarini qoʻllash yoʻli bilan aniqlanadi. Bozor qiymatini belgilashning eng keng tarqalgan usullariga sotuvlarni taqqoslash usuli, daromadni kapitallashtirish usuli yoki pul oqimlarini diskontlash usuli, shuningdek xarajat usuli kiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3677997">Xarajat usulini qoʻllashning ikkita varianti boʻlib, ularning biridan bozor qiymatini aniqlash uchun foydalanish mumkin, boshqasidan esa — yoʻq. Xarajat usulidan bozor qiymatini aniqlash uchun foydalanilganda, usulning hamma elementlari ochiq bozor maʼlumotlariga asoslanadi. Basharti xarajat usuli bozordan tashqari qiymat turlariga tatbiqan qoʻllanilganda, bozordan tashqari elementlar olinadi. Eskirishni hisobga olib almashtirishga xarajatlar usuli (EHAH) alohida oʻrin tutadi, unda bozor va bozordan tashqari elementlar uygʻunlashtiriladi va u bozor qiymatini baholash usuli sifatida qarala olmaydi. Xarajat yondashuvlarining ushbu turli vaziyatlarini aralashtirib boʻlmaydi, bozor qiymati miqdorlarini taʼriflash, taqdim etish yoki qoʻllashda ularning notoʻgʻri talqin etilishi xavfi mavjud.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3677999">Bozor qiymatini oʻlchashning barcha usullari, uslublari va tartibotlari, agar ularning qoʻllanilishi mumkin boʻlib, qatʼiy qoʻllanilgan va bozordan kelib chiqqan mezonlarga asoslangan boʻlsa, bozor qiymatining umumiy tarzda ifodalanishiga olib keladi. Sotuvlarni taqqoslash usuli yoki bozorga bogʻliq boshqa qiyosiy usullar bozorni oʻrganishdan kelib chiqishi kerak. Qurilishga xarajatlar hamda eskirish summasi xarajatlari eskirish summasi va xarajatlar boʻyicha bozor maʼlumotlariga asoslanib aniqlanishi kerak. Daromadni kapitallashtirish usuli yoki pul oqimlarini diskontlash usuli bozor pozitsiyasidan aniqlangan pul oqimlariga hamda bozor maʼlumotlari boʻyicha belgilangan daromad stavkalariga asoslangan boʻlishi kerak. Axborotni olish imkoniyatlari, shuningdek bozordagi va mulk obyektining atrofidagi vaziyat baholash usullaridan qaysi biri koʻproq mos va munosib ekanligini belgilab bersa-da, yuqorida koʻrsatilgan tartibotlardan har qaysisidan foydalanish, usullarning har biri bozor maʼlumotlariga asoslangan boʻlsa, bozor qiymatining belgilanishiga olib kelishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678001">Bozor qiymatini aniqlashning u yoki bu usullari va tartibotlaridan qanchalik foydalanish mumkinligi bu mulk odatda ochiq bozorda qanday usulda sotilishidan kelib chiqib belgilanadi. Har bir usul bozor axborotiga asoslangan boʻlib, qiyosiy usul hisoblanadi. Har bir baholash vaziyatida bir yoki bir nechta usullar ochiq bozor faoliyati haqida eng toʻliq tasavvur beradi. Bozor qiymatini aniqlash boʻyicha har bir topshiriqda Baholovchi hamma usullarni koʻrib chiqishi va ulardan eng maqbulini aniqlashi lozim.</a></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><a id="-3678004">2. Qoʻllanish sohasi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678006">2-son MBMS mulkning bozor qiymatiga tatbiqan qoʻllaniladi. U baholanayotgan mulk obyekti, u ishlayotgan korxonaning bir qismi sifatida yoki qandaydir boshqa maqsad uchun emas, balki ochiq bozorda sotuvga qoʻyilganda qanday qaraladigan boʻlsa, shunday qaralishini talab qiladi.</a></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><a id="-3678010">3. Taʼriflar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678012">2-son MBMS maqsadlari uchun bozor qiymati quyidagicha aniqlanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678014"><strong>bozor qiymati</strong> — bu munosib tarzda marketing oʻtkazilgandan keyin tuzilgan tijorat bitimi natijasida manfaatdor sotuvchi va manfaatdor xaridor oʻrtasida aktivning baholash sanasida ayirboshlanishi mumkin boʻlgan pul miqdori boʻlib, bunda har bir taraf yetarlicha axborotga ega boʻlgan holda, oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qilgan deb tushuniladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678016">“Aktiv” atamasidan foydalanilishi shu bilan izohlanadiki, 2-son MBMS diqqat markazida aynan aktivlar turishi bilan bogʻliq. Biroq ushbu tushunchadan umumiy holda foydalanish uchun uni “mulk” atamasiga almashtirish mumkin. Ushbu taʼrifning har bir elementi oʻzining tushunchalar doirasiga ega:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678017">“hisoblab chiqiladigan pul summasi...” pulda (qoida tariqasida, milliy valyuta — soʻmda) ifodalangan, bozorda tijorat bitimi tuzilganda aktiv uchun toʻlanishi mumkin boʻlgan narxga tegishli. Bozor qiymati oʻlchovi bozor qiymati taʼrifida koʻrsatilgan shartlarga rioya etilganda baholash sanasida oqilona oʻylab olinishi ehtimoli eng yuqori boʻlgan narxdir. Bu narx — oqilona oʻylaganda sotuvchi uchun erishishsa boʻladigan eng yaxshi, xaridor uchun esa oqilona oʻylaganda erishishsa boʻladigan eng xamʼyonbopdir. Bu narxni aniqlashda, xususan, bitimning alohida shartlari yoki holatlariga, masalan, moliyalashtirishning noodatiy shakli, mulkni sotib, keyin ijaraga qayta olish, bitimga jalb etilgan taraflardan biri tomonidan taqdim qilingan maxsus kompensatsiyalar yoki chekinishlar, yoxud “Maxsus qiymat”ning (taʼrifi 3-son MBMSda berilgan) har qanday elementi kabilarga bogʻliq holda oshirib yoki tushirib yuborilgan narxlar hisobga olinmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678018">“...aktiv ayirboshlanishi mumkin boʻlgan…” shundan dalolat beradiki, aktiv qiymati oldindan belgilab qoʻyilgan yoki haqiqiy sotuv narxi emas, balki taxmin qilinadigan miqdor. Bu narx bozor qiymati taʼrifida koʻrsatilgan barcha boshqa shartlarga rioya etilganda baholash sanasida bozor bitim sodir etilishidan kutadigan narxdir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678020">“...baholash sanasiga...” taxmin etilayotgan bozor qiymati miqdori aniq sanaga tegishli boʻlishi haqidagi talabni ifodalaydi. Bozor va bozor sharoitlari oʻzgarishi mumkinligi bois boshqa vaqtda taxmin qilingan qiymat xato boʻlib chiqishi yoki haqiqatga toʻgʻri kelmasligi mumkin. Baholash natijasi oʻtgan yoki kelgusi sanadagi emas, balki aniq baholash sanasidagi bozorning joriy holati va shartlarini aks ettiradi. Bu tushuncha, shuningdek, aktivning qoʻldan qoʻlga oʻtishi va bitim tuzilishi bir vaqtda, bozor qiymati boʻyicha bitimda boshqa hollarda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan boshqa hech qanday narx variatsiyalarisiz sodir boʻlishini nazarda tutadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678021">“...manfaatdor xaridor...”sotib olish uchun asosi boʻlgan, ammo uni bunga hech kim majburlamaydigan kishiga tegishli. Bunday xaridorda aktivni sotib olish kuchli zarurati yoʻq, shuningdek, u har qanday narxni berishga ham moyil emas. Bundan tashqari, u aniq ifodalab ham, koʻrib ham boʻlmaydigan gipotetik bozordagi emas, balki joriy bozordagi voqelik va imkoniyatlarga qarab xaridni amalga oshirmoqda. Faraz qilinadigan xaridor bozor talab qilganidan yuqori narxni toʻlamaydi. Aktivning hozirgi egasi ham bu bozorni tashkil etuvchilar sirasiga kiradi. Baholovchi bozor sharoitlari xususida haqiqatga mos kelmaydigan farazlar qilmasligi yoki oqilona oʻylanadigandan yuqori bozor qiymatini ehtimol etmasligi kerak. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678022">“...manfaatdor sotuvchi...” deganda sotishga majbur boʻlmagan, har qanday narxga sotib yuborishga yoki ayni paytda bozorda oqilona hisoblanmaydigan narxni talab qilishga tayyor boʻlmagan sotuvchi nazarda tutiladi. Manfaatdor sotuvchining asosi munosib tarzda marketing oʻtkazilgandan keyin aktivni bozor sharoitida ochiq bozordagi eng yuqori ehtimol qilinadigan narxda, bu narx qanday boʻlmasin, sotib yuborishdir. Aktiv real mulkdorining haqiqiy ahvoli eʼtiborga olinmaydi, chunki “manfaatdor sotuvchi” — bu gipotetik mulkdor.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678024">“...tijorat bitimi natijasida...” taraflar oʻrtasida narxni bozor uchun xos boʻlmagan darajaga olib keladigan yoki maxsus qiymat elementi mavjudligi tufayli uni oshirib yuboradigan hech qanday alohida yoki maxsus oʻzaro munosabatlar (masalan, bosh va shuʼba kompaniyalari oʻrtasidagi yoki uy egasi bilan ijarachilar oʻrtasidagi munosabatlar kabi) yoʻqligini anglatadi. Bozor qiymatidagi bitim qandaydir munosabatlar bilan oʻzaro bogʻlanmagan taraflar oʻrtasida sodir etilishi va har bir taraf mustaqil harakat qilishi nazarda tutiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678025">“...munosib tarzda marketing olib borilgandan keyin...” aktiv oqilona oʻylab qaraganda erishish mumkin boʻlgan, bozor qiymati taʼrifiga muvofiq keladigan narxda sotilishini taʼminlash uchun u bozorga eng munosib tarzda olib chiqilishi kerakligini anglatadi. Bozorga qoʻyish muddati undagi sharoitlarga bogʻliq holda turlicha boʻlishi mumkin, ammo har qanday holda ham bu muddat aktiv yetarli sondagi potensial xaridorlarning eʼtiborini tortishi uchun yetarli boʻlishi darkor. Bozorga qoʻyish davri baholash sanasidan oldin keladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678026">“...bunda har bir taraf yetarlicha axborotga ega boʻlgan holda, oqilona, harakat qilgan…” — manfaatdor xaridor ham, manfaatdor sotuvchi ham sotilayotgan aktivning xarakteri va xossalari, uning haqiqiy va potensial foydalanilishi, shuningdek baholash sanasida bozordagi ahvol haqida yetarli darajada xabardor qilingan deb taxmin qilinishini anglatadi. Shundan keyin, ularning har biri, bu axborotga ega boʻlgan holda, oʻz manfaatlarini koʻzlab, bitimdagi oʻz pozitsiyasidan qaraganda eng yaxshi narxga erishish uchun oqilona ish tutadi deb faraz qilinadi. Bunda oʻtgan sana bilan kechroq muddatga nisbatan taxminlarga emas, balki baholash sanasidagi bozor holatiga nisbatan oqilonalik nazarda tutiladi. Sotuvchi mulkni bozorda narxlar tushib ketayotganda oldingi bozor narxidan pastroq sotishi doim ham omilkorlik emas deb hisoblanmaydi. Bu holda, narxlarning oʻzgarib turishi sharoitida boshqa oldi-sotdi vaziyatlarida boʻlganidek, oqilona ish tutadigan xaridor yoki sotuvchi ayni paytda ular foydalanishi mumkin boʻlgan bozor holati haqidagi eng toʻliq axborotga muvofiq ish tutadilar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678028">“...ixtiyoriy ravishda harakat qilgan...”, taraflarning har birida bitim tuzishga oʻz asoslari bor, ammo ularning birortasi ham bitim tuzishga majbur qilinmayotgani yoki ularga bosim oʻtkazilmayotganini anglatadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678029">Bozor qiymati aktivni sotish yoki xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olmasdan, hech qaysi tegishli soliqlarni (qoʻshilgan qiymat soligʻini va h.k.) toʻlash boʻyicha xarajatlarni qoplantirmasdan belgilangan aktiv qiymati deb tushuniladi.</a></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><a id="-3678031">4. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standartlari bilan aloqadorlik </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678033">Baholovchilar ham, buxgalterlar ham bir xil atamalardan foydalanishiga misollar juda koʻp. Baʼzi bir hollarda bu tushunmovchiliklarga va MBMSni notoʻgʻri qoʻllanishiga olib keladi. 2-son MBMS bozor qiymatini aniqlaydi va unda bozor qiymati standartlarining umumiy konsepsiyalari koʻrib chiqiladi. 4-son MBMSdagi oʻziga xos talablarni taʼriflashda qoʻllaniladigan boshqa muhim atamalar 2-son MBMS va 3-son MBMSda belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678034">4-son MBMSda belgilanganidek, aktivlarning ulardan hozirgi foydalanishdagi bozor qiymati bunday foydalanish davom etadi degan farazga asoslanadi. Hozirgi foydalanish uchun bozor qiymati — bu bozor qiymati taʼrifi qoʻllanishining alohida holati. Ortiqcha yoki investitsiyaviy aktivlarning bozor qiymati, hozirgi yoki qandaydir boshqa muqobil foydalanish samaraliligidan qatʼiy nazar, ulardan eng samarali foydalanishga asoslanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678035">4-son MBMSda aytilganidek, bozor qiymati moliyaviy hisobot tayyorlash munosabati bilan baholanadigan ixtisoslashtirilmagan mulkni baholash uchun baza boʻlib, qoʻllash maqsadga muvofiq boʻlmagan boshqa bazalardan farq qiladi. 4-son MBMSda moliyaviy hisobot uchun ixtisoslashtirilgan aktivlarni baholash haqidagi masala ham qaraladi, hamda ushbu usullar bilan MBMSga muvofiq moliyaviy hisobot uchun qoʻllanilmasligi kerak boʻlgan boshqa usullar oʻrtasidagi farqlar koʻrsatiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678036">Ixtisoslashtirilgan aktivlar yoki joylashuvi tufayli sotilish imkoniyatlari cheklangan aktivlar ochiq bozorda biznes yoki korxonaning (keyingilari baʼzan egalikdagi biznes deb ataladi) tarkibiy qismidan boshqacha shaklda kamdan-kam (agar qachondir boʻlib oʻtsa ham) qoʻldan qoʻlga oʻtadi. Agar bunday aktivlardan eng yuqori ehtimolli foydalanish ehtimoli bevosita egalikdagi biznes bilan bogʻlangan boʻlsa, ularning qiymatini aniqlash jarayonlari bozorga bogʻliq boʻlmaydi hamda butun korxonaning qiymatini aniqlab, keyin uni korxonaning tarkibiy qismlari oʻrtasida taqsimlashni talab qilishi mumkin. Bu jarayonlar 4-son MBMSda qaraladigan eskirishni hisobga olib almashtirishga xarajatlarni aniqlashdan farq qiladi hamda bozorga bogʻliq boʻlmagan va odatdagi moliyaviy hisobot uchun MBMSga muvofiq kelmaydigan deb hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678037">Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa tashqi sabablar tufayli bozor faoliyati vaqtincha izdan chiqqan yoki toʻxtab qolgan taqdirda, baholash sanasida bozor qiymatini chuqur anglangan tarzda oʻlchash imkonsiz boʻladi, ayniqsa, agar faoliyatning bunday vaqtinchalik izdan chiqishi yoki toʻxtab qolishini bozor katta xavotir bilan qabul qilsa. Bunday hollarda baholovchi baholash haqidagi hisobotga tushuntirishlarda ushbu holatlarga havola berishi shart. Shu sababga koʻra, baholovchi bozor qiymatiga nisbatan oʻz fikrini maʼlum boʻlgan oldingi darajaga yoki bozor faoliyati tiklangandan keyingi sharoitlarga asoslab bildirishi maqsadga muvofiq boʻlib chiqishi mumkin. Bunda u bozorning odatdagi faoliyatga qaytishining kechikishiga bogʻliq qiymatdagi har qanday yoʻqotishlarni tegishli tarzda baholashi va izohlab berishi kerak. Eʼtiborga olingan barcha holatlarni, baholash jarayonida foydalanilgan mezonlarni, hamda baholashga asos boʻlgan muhim farazlarni ochib berishi ayniqsa muhimdir.</a></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><a id="-3678039">5. 2-son MBMS talablari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678040">Baholashni oʻtkazish boʻyicha majburiyatlarni qabul qilishdan oldin baholovchi u bunday topshiriqni 2-son MBMSga va boshqa umumeʼtirof etilgan baholash prinsiplariga muvofiq bajarish uchun yetarlicha bilimlarga, tajribaga va kompetensiyaga qanchalik egaligini aniqlab olishi, yoxud:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678041">1) topshiriqni qabul qilishdan oldin barcha shu kabi nomuvofiqliklar haqida mijozga xabar berishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678042">2) topshiriqni munosib bajarish uchun zarur barcha tegishli choralarni koʻrishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678043">3) ish yakunlangandan keyin taqdim etiladigan hisobotda vaziyatni hamda uni hal qilish uchun koʻrilgan barcha choralarni ochib berishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678045">Baholovchi bozor bahosini aniqlash jarayonida ishonch qozona oladigan bahoni chiqarish uchun zarur boʻlgan, eʼtirof etilgan usullar va uslublarni bilishi, tushunishi va toʻgʻri qoʻllay olishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678046">Baholovchi bozor bahosini aniqlash jarayonida baholanayotgan mulkni, unga boʻlgan huquqlarni toʻgʻri identifikatsiya qilishi, baholashning maqsadi va uning natijalaridan qanday maqsadlarda foydalanilishini, maʼlumotlarni toʻplash boʻyicha operatsiyalar doirasini, barcha cheklovchi shartlar va haqiqiy baholash sanasini belgilab olishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678048">Baholovchi baholashni oʻtkazishda baholanayotgan qiymat turini belgilashi va unga taʼrif berishi kerak. Boshqa har qanday qoʻllanilgan qiymat turi bilan bozor qiymati sifatida tushuniladigan va talqin etiladigan qiymat turi oʻrtasidagi farqni alohida puxtalik bilan aniq va qatʼiy belgilash zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678049">Bozor qiymati baholanishi haqidagi hisobotni tuzishda Baholovchi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678050">yanglishishlarni istisno etish uchun baholashga toʻliq va tushunarli tushuntirish berishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678051">hisobotdan foydalanuvchilar undagi maʼlumotlarni, dalillarni, tahlillarni va xulosalarni toʻliq tushuna olishlari uchun yetarlicha axborot berishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678052">baholash uchun asos qilib olingan barcha taxminlar va cheklovchi shartlarni bayon qilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678053">baholanayotgan mulkni aniq identifikatsiya va bayon qilishi, shuningdek mulkni oʻrganishdagi chegaralarni koʻrsatishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678055">baholanayotgan huquq yoki mulk huquqini identifikatsiya qilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678056">aniqlanayotgan qiymat turini, baholash maqsadini, haqiqiy baholash sanasini va hisobot tuzish sanasini koʻrsatishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678057">qoʻllanilayotgan baholash bazalarini toʻliq va batafsil tushuntirib berishi va ularni qoʻllash va xulosalar uchun asoslarni keltirishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678058">hisobotga ilova sifatida uning obyektivligi, xolisligi, ish haqi yoki boshqa mukofot toʻlovlari miqdoriga bogʻliq emasligi, kasbiy hissasi, MBMS qoʻllanishi oʻrinliligi va boshqa oshkor etiladigan axborotni tasdiqlaydigan imzolangan professional sertifikat qoʻshib qoʻyishi lozim.</a></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><a id="-3678059">6. Mulohazalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678061">Bozor qiymati tushunchasi va taʼrifi butun baholash faoliyati uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. 2-son MBMS asoslanadigan, 1-son MBMSda ushbu fundamental tushunchalar va prinsiplarning iqtisodiy va uslubiy asoslariga qisqacha tushuntirish berilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678062">Bozor qiymati tushunchasi baholash sanasida sodir etilgan qandaydir haqiqiy bitimga bogʻliq emas. Bozor qiymati — bu, koʻproq, bozor qiymati taʼrifida koʻrsatilgan shartlarga rioya etilganda baholash sanasida sotilishi ehtimoli eng yuqori boʻlgan narx. Bozor qiymati — bu sotuvchi va xaridor bozor qiymati taʼrifidagi shartlarni bajarganda, ularning har biri bozorda mavjud boshqa imkoniyatlar va muqobilliklarni oʻrganishga yetarlicha vaqti boʻlganda rozi boʻladigan narx haqidagi tasavvur, vaholanki, bitimni tuzishda rasmiy kontraktlarni va ular bilan bogʻliq hujjatlarni tayyorlash uchun muayyan vaqt talab etilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678063">Bozor qiymati konsepsiyasi narx ochiq va raqobatli bozorda muzokaralar yoʻli bilan belgilanishini nazarda tutadi. Mazkur tushuntirish baʼzan “bozor qiymati” atamasining “ochiq bozordagi qiymat” atamasi bilan almashtirilishiga asos boʻlib xizmat qiladi. “Ochiq” va “raqobatli” soʻzlari mutlaq maʼnoga ega emas. Bir aktiv uchun bozor xalqaro yoki mahalliy boʻlishi mumkin. Bozor koʻp sonli xaridorlar va sotuvchilardan tashkil topgan boʻlishi yoki ishtirokchilarning soni cheklanganligi bilan xarakterlanishi mumkin. Aktiv sotuvga qoʻyiladigan bozor, taʼrifga koʻra, cheklangan yoki toraytirilgan boʻlmaydi. Boshqacha qilib aytganda, “ochiq” soʻzining boʻlmasligi bitim xususiy yoki yopiq tusga egaligini anglatmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678064">Bozor baholari odatda qiyoslash mumkin boʻlgan mulk obyektlariga aloqador axborotga asoslanadi. Baholash jarayoni baholovchi kerakli va munosib tekshiruvni, malakali tahlilni oʻtkazishini, axborot va dalillar bilan mustahkamlangan farazlar chiqarishini talab etadi. Bu jarayonda baholovchilar mavjud maʼlumotlarni qatʼiy ishonch bilan qabul qilmaydilar, ular bozorda kuzatilayotgan va ishga daxldor barcha holatlarni, tendensiyalarni, oʻxshash bitimlarni va boshqa axborotni koʻrib chiqishlari darkor. Bozor maʼlumotlari cheklangan yoki amalda mavjud boʻlmagan taqdirda (masalan, baʼzi bir ixtisoslashtirilgan mulk obyektlari uchun), baholovchi tegishli tarzda vaziyatni ochib berishi va maʼlumotlarning yetarli emasligi tufayli ular qandaydir tarzda cheklanganmi, yoʻqmi koʻrsatishi kerak. Baholovchining oʻz mulohazalari barcha baholash jarayonlarida talab etiladi, ammo baholash haqidagi hisobotda baholovchi bozor qiymatini aniqlashda bozor maʼlumotlaridan kelib chiqqanmi yoki mulkning xususiyati va bozorda shu mulkka oʻxshash mulk haqida maʼlumotlarning yoʻqligi uni koʻproq oʻz fikriga tayanib harakat qilishga majburlaganmi, ochib berishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678065">Bozor sharoitlarining tezlik bilan oʻzgarishi narxlarning tez oʻzgarishi bilan xarakterlanadi. Bunday holat odatda muvozanatsizlik deb ataladi. Muvozanatsizlik davri bir necha yillarga choʻzilishi hamda joriy va kutilayotgan bozor sharoitlariga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatishi mumkin. Boshqa hollarda iqtisodiyotdagi tez koʻtarilib-pasayishlar bozor maʼlumotlarining beqarorligiga olib kelishi mumkin. Agar baʼzi bir sotuvlar bozor vaziyatiga mos kelmasa, baholovchi ularga kamroq ahamiyat berishi yoki ularni umuman koʻrib chiqmasligi lozim. Baholovchi mavjud maʼlumotlar asosida bozorning haqiqiy darajasi haqida xulosa chiqarish imkoniyatiga ega boʻlib qolishi mumkin. Alohida bitimlar narxlari bozor qiymatining koʻrsatkichi boʻlishi ham, boʻlmasligi ham mumkin, ammo baholash jarayonida bunday maʼlumotlarni inobatga olish kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678066">Taklif kamayib ketganda yoki bozor konyunkturasi yomonlashganda “manfaatdor sotuvchilar” soni koʻp boʻlishi ham, boʻlmasligi ham mumkin. Baʼzi bir bitimlar (hammasi boʻlishi shart emas) moliyaviy (yoki boshqacha) bosim oʻtkazish elementlariga ega boʻlishi yoki baʼzi bir mulkdorlarning sotishdan manfaatdorligini pasaytirib yuborishi yo yoʻqqa chiqarishi mumkin. Bunday bozor sharoitlarida baholovchilar barcha tegishli omillarni hisobga olishi hamda, ularning fikricha, bozorni munosib tarzda aks ettiradigan alohida bitimlarga muhim ahamiyat berishi lozim. Sud boshqaruvchilari, xususan, tugatuvchi boshqaruvchilar oʻz lavozimiga molik bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishda aktivlarni mumkin boʻlgan eng yuqori narxda sotishlari shart. Biroq sotuvlar tegishli marketing oʻtkazmasdan yoki marketing davri yetarli boʻlmaganda ham roʻy berishi mumkin. Baholovchi bitimlar narxlari qanchalik bozor qiymati taʼrifi talablariga qanchalik toʻgʻri kelishini va bunday maʼlumotlarga qanday muhimlik darajasini berishni aniqlash uchun bu bitimlarni tahlil qilishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678067">Bozordagi narxlar tez oʻsib yoki pasayib ketishi bilan xarakterlanadigan oʻtish davrlarida, agar avvalgi davrlarga tegishli axborotga ortiqcha muhimlik berilgan boʻlsa yoki boʻlajak bozorlarga nisbatan oʻzini oqlamaydigan taxminlar qilinsa, qiymatning oshirib yoki kamaytirib yuborilishi xavfi boʻladi. Bu sharoitda baholovchilar bozorning harakatini va javob taʼsirini chuqur tahlil qilishi hamda oʻz hisobotlari bu tekshiruvlar va xulosalarni toʻliq ochib berishini taʼminlashi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678069">Bozor qiymati konsepsiyasi, shuningdek, bozor qiymati boʻyicha tuziladigan bitimda mulk munosib tarzda bozorga chiqarilishi va zarur reklamani taʼminlagan holda yetarlicha uzoq vaqt davomida bozorda erkin qolishini ham nazarda tutadi. Bozorga chiqarish haqiqiy baholash sanasigacha amalga oshirilishi taxmin qilinadi. Qatʼiy belgilangan (uzoq muddatli) aktivlar bozorlari, qoida tariqasida, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa joriy aktivlar bozoridan farq qiladi. Qatʼiy belgilangan aktivlar amalda noyob boʻladi. Ular odatda kam sotiladi va koʻproq, masalan, birjada kotirovkalanadigan qimmatli qogʻozlar uchun xos boʻlmagan va samarasizroq boʻlgan bozorlarda sotiladi. Bundan tashqari, qatʼiy belgilangan aktivlar likvidliligi pastroq. Shu sabablarga koʻra, shuningdek bunday qatʼiy belgilangan aktivlar odatda ommaviy birjada sotilmasligi bois, ularning bozor qiymati, munosib marketing oʻtkazish hamda bitim tuzish haqidagi muzokaralarni yakunlash uchun kerakli vaqtni hisobga olgan holda, bozorda uzoq vaqt oʻzgarmasdan turishini inkor etmasligi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678070">Investitsiya kompaniyasi, pensiya (jamgʻariladigan) fondi, trast kompaniyasi yoki oʻxshash mulk shaklidagi boshqa kompaniyalar mulkining daromad keltiradigan obyektlari odatda, belgilangan sotuvlar rejasiga muvofiq aktivlarni yakka tartibda sotish asosida baholanadi. Investitsiyalar portfeli yoki mulk obyektlari guruhi sifatida qaraladigan bunday aktivlarning jami qiymati alohida olingan barcha aktivlar bozor qiymatlarining summasidan koʻp yoki kam boʻlishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678072">Barcha baholash hollarida ularning maqsad va funksiyalarini koʻrsatish lozim. Agar baholash funksiyasi moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bilan bogʻliq boʻlsa, baholash toʻgʻrisidagi hisobotga taalluqli boshqa talablarga qoʻshimcha tarzda, baholovchi aktivlarning har biri qaysi toifaga kiritilganini aniq qilib koʻrsatishi lozim. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678073">Istisno hollarda bozor qiymati salbiy kattalikda ega boʻlishi mumkin. Bunday hollarga ijaraga olingan mulk, baʼzi bir ixtisoslashtirilgan mulk obyektlari, buzilish xarajatlari yer uchastkasi qiymatidan qimmatga tushadigan eskirgan koʻchmas mulk obyektlari, atrof-muhit ifloslanishi taʼsiriga uchragan baʼzi bir obyektlar va h.k.lar kiradi.</a></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><a id="-3678075">7. Axborotni oshkor etishga oid talablar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678076">Baholash haqidagi hisobotlar anglashilmovchiliklarni keltirib chiqarmasligi kerak. Bozor qiymatini aniqlash va bu haqida hisobot tuzish maqsadida olib boriladigan baholashlar 2-son MBMSning <a href="javascript:scrollText(-3678039)">5-bandi </a>talablariga javob berishi kerak. Hisobotlarda bozor qiymatining 2-son MBMSda berilgan taʼrifiga aniq havola berilishi, bu mulk uning foydaliligi yoki eng samarali (yoki eng ehtimoliy) foydalanilishi nuqtai nazaridan qanday baholanishi aniq koʻrsatilishi, shuningdek barcha asosiy farazlar bayon qilinishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678077">Baholovchi bozor qiymatini belgilar ekan, aniq baholash sanasini (qiymat hisoblab chiqilgan sanani), baholash maqsadi va funksiyalarini hamda ishga daxldor va unga mos keladigan boshqa mezonlarni, uning hisoboti baholovchining kuzatuvlari, xulosalari va yakunlarini toʻgʻri va mantiqan talqin qilish imkonini kafolatlaydigan qilib koʻrsatishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3678078">Muayyan sharoitlarda qiymatning muqobil ifodalaridagi tushunchalar va ulardan foydalanish ham oʻrinli boʻlishi mumkin, baholovchi bunday qiymatlar topilgan va hisobotga kiritilgan taqdirda, ularni bozor qiymatining ifodasi sifatida talqin etmaslik kerakligini kafolatlashi lozim.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-3678079">Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-1035510">(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 303-modda)</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
