Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual
kodeksi, “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 14-avgustdagi 171-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2929, 2017-yil 12-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1015-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib
qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 1-bandning
ikkinchi xatboshisi “bunday shaxslar VСHda” degan soʻzlardan keyin “surishtiruvchining yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), uning oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari VСHga moneliksiz kirish huquqiga ega. Bunda VСH maʼmuriyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), uning oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlarining xavfsizligi taʼminlanadi.”.
3.
14 va
15-bandlardagi “227-moddasiga” degan soʻzlar “225-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
20-banddagi “tergovchining” degan soʻz “surishtiruvchining, tergovchining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.