Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PQ-170-son “Tibbiyot sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 24-dekabrdagi 28-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3745, 2026-yil 6-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2026-y., 10/26/3745/0019-son) bilan tasdiqlangan Farmakologik vositalar hamda dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom quyidagi mazmundagi 3
1-band bilan toʻldirilsin:
“31. Klinik tadqiqot oʻtkaziladigan klinik baza:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq statsionar tibbiy yordam koʻrsatish shaklida tibbiy faoliyat uchun litsenziyaga;
Oʻz DSt 2765:2018 “Yaxshi klinika amaliyoti” (GCP) standarti talablariga muvofiq sertifikatga ega boʻlishi lozim.”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 27-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3746, 2026-yil 7-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2026-y., 10/26/3746/0022-son) bilan tasdiqlangan Tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom quyidagi mazmundagi 3
1-band bilan toʻldirilsin:
“31. Klinik tadqiqot oʻtkaziladigan klinik baza:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq statsionar tibbiy yordam koʻrsatish shaklida tibbiy faoliyat uchun litsenziyaga;
Oʻz DSt 2765:2018 “Yaxshi klinika amaliyoti” (GCP) standarti talablariga muvofiq sertifikatga ega boʻlishi lozim.”.