Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 13-iyundagi 01/19-18/03-son qarori (roʻyxat raqami 2244, 2011-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 297-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (1-son RXMS) “Rieltorlik xizmatlari sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy
talablar”ga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2026-yil 8-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Rieltorlik tashkiloti rieltorlik faoliyatini amalga oshirish davomida ichki qoidalarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi, shuningdek ularga rioya etilishini taʼminlashi lozim.”.
2.
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Ichki qoidalar rieltorlar va rieltorlik tashkilotlarining boshqa xodimlari uchun rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bajarish hamda rieltorlik xizmatlarining sifatini oshirish boʻyicha xatti-harakatlarning aniq tartibini belgilashga qaratilgan boʻlishi lozim.”.
3. Quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
“9
1. Rieltorlik tashkiloti oʻz faoliyatida
multilisting tizimidan foydalangan taqdirda, ichki qoidalarda xodimlar va jalb qilingan rieltorlarning ushbu tizimga kirishi va ulardan foydalanishi, yuridik ahamiyatga molik harakatlarni qayd etishi, elektron hujjatlarni saqlash hamda maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash tartibi belgilanishi lozim.”.
4.
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Ichki qoidalarga rioya etilishi ustidan lozim darajada nazoratni taʼminlash uchun ularni qoʻllash majburiyati rieltor va rieltorlik tashkiloti oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma shartlarida nazarda tutilgan boʻlishi kerak.”.
5.
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Rieltorlik tashkilotining xodimlari ichki qoidalarning
maxfiy axborotni oʻz ichiga olgan qismlarini uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi hamda ulardan rieltorlik tashkiloti faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanmasligi shart, bundan
qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.”.