Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining
Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 22-iyuldagi 12/02-22-22-son qarori (roʻyxat raqami 3382, 2022-yil 31-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 10/22/3382/0796-son) bilan tasdiqlangan Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi
7-kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “Katta hajmli va ogʻir” degan soʻzlar “Yirik gabaritli va (yoki) ogʻir vaznli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “katta hajmli va ogʻir” degan soʻzlar “yirik gabaritli va (yoki) ogʻir” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Katta hajmli va ogʻir” degan soʻzlar “Yirik gabaritli va (yoki) ogʻir” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.