OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisida”gi
Konstitutsiyaviy Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 2-martdagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2333, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatori
21.02.00.00 "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Prezident Administratsiyasi Rahbarining hujjatlari;
21.02.00.00 koddan keyin quyidagi kodlar bilan toʻldirilsin:
“21.02.01.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
21.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3686, 2025-yil 9-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 10/25/3686/0927-son) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish
qoidalarida:
birinchi xatboshi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari” degan soʻzlardan keyin “,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi va
uchinchi xatboshilar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari,” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlariga,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 5-bandning
uchinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari,” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 25-bandning
ikkinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari” degan soʻzlardan keyin “,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 101-bandning
uchinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari” degan soʻzlardan keyin “,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.