Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 2-noyabrdagi 601-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481, 2023-yil 6-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2023-y., 10/23/3481/0923-son) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“g” kichik banddagi “oʻttiz yoshdan” degan soʻzlar “oʻttiz besh yoshdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“d” kichik bandning
beshinchisi xatboshisi “yuridik taʼminlash” degan soʻzlardan keyin “hamda jamoat xavfsizligi aviatsiyasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“Bunda, jamoat xavfsizligi aviatsiyasi va axborot texnologiyalari boʻlinmalariga xizmatga kirish istagini bildirgan jamoat xavfsizligi aviatsiyasi va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassis nomzodlar oʻrganish bosqichidan antropometrik parametrlar tatbiq etilmagan holda sogʻligʻining umumiy xizmatga yaroqlilik darajasiga oid talablar asosida oʻtadi.”.
nomidagi “oʻttiz yoshdan” degan soʻzlar “oʻttiz besh yoshdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-band quyidagi tahrirdagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“maktab direktori va oʻrinbosari;
shoʻba mudiri va oʻrinbosari;”