Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilgʻor xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 78-son “Qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3606, 2025-yil 10-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2025-y., 10/25/3606/0126-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.