Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1074-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 7-iyuldagi 58, 154-1, 19 va 02/2658-son qarori (roʻyxat raqami 1506, 2005-yil 6-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 258-modda) bilan tasdiqlangan Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 12-bandi
“a” kichik bandi va 1-ilovasi
matnidan “doimiy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 25-maydagi 111-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231, 2011-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 218-modda) bilan tasdiqlangan Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 22-bandi
ikkinchi xatboshisidan “doimiy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 23-oktabrdagi 234-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2397, 2012-yil 23-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 501-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari shakllarini toʻldirish qoidalarining 5-bandi
birinchi xatboshisi,
29-bandi, 3-ilovasining
12-bandi va 4-ilovasining
9-bandidagi “Doimiy yashash joyi” degan soʻzlar “Yashash joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 31-dekabrdagi 400-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2547, 2013-yil 31-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 1-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomada:
2)
17,
35,
54,
57,
63,
67 va 68-ilovalarning
matnidagi “Doimiy yashash joyi” degan soʻzlar “Yashash joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 62-ilovaning
matnidagi “Doimiy yashash manzili” degan soʻzlar “Yashash joyi manzili” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 9-dekabrdagi 20-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2648, 2015-yil 8-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 1-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiyot muassasalarida koxlear implantatsiya operatsiyalarini oʻtkazish uchun bemorlarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
26-bandidan “doimiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 38/qq, 6/qq, 4-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2779, 2016-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 170-modda) bilan tasdiqlangan Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi
uchinchi xatboshisi va
12-bandidan “doimiy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligining 2017-yil 26-iyuldagi 101 va 113-son qarori (roʻyxat raqami 2913, 2017-yil 17-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 868-modda) bilan tasdiqlangan 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
2)
2,
3 va 4-ilovalarning
matnidagi “Doimiy yashash manzili” degan soʻzlar “Yashash joyi manzili” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113, 2019-yil 4-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 10/19/3113/2422-son) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomada:
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining 2019-yil 22-yanvardagi 2-2019/QQ, 9, 1/103-son qarori (roʻyxat raqami 3130, 2019-yil 23-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3130/2539-son) bilan tasdiqlangan Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi
sakkizinchi xatboshisidan “doimiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 12-iyundagi 124-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3274, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3274/1186-son) bilan tasdiqlangan Homiladorlikni sunʼiy ravishda toʻxtatishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
7 va
11-bandlaridan “doimiy” va “vaqtincha” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2023-yil 2-martdagi 51-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3424, 2023-yil 11-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2023-y., 10/23/3424/0141-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomning 15-bandi
birinchi xatboshisi va 2-ilovasi
matnidan “doimiy” va “vaqtincha” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 13-oktabrdagi 41-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3465, 2023-yil 17-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2023-y., 10/23/3456/0782-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari
roʻyxatida:
1) 1-bobning “Tibbiy yordam koʻrsatishning mazmuni” ustuni 1-pozitsiyasining 2-bandi, 2-pozitsiyasining 5 va 6-bandlari, 3-pozitsiyasining 1, 8 va 13-bandlari, 6-pozitsiyasining oʻn birinchi xatboshisi va 7-pozitsiyasining birinchi xatboshisidan “doimiy” va “vaqtincha” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 2-bobning “Tibbiy yordam koʻrsatishning mazmuni” ustuni 1-pozitsiyasining 2-bandi, 2-pozitsiyasining 5 va 6-bandlari, 3-pozitsiyasining 1, 8 va 13-bandlari, 7-pozitsiyasining birinchi xatboshisidan “doimiy” va “vaqtincha” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 3-bobning “Tibbiy yordam koʻrsatishning mazmuni” ustuni 1-pozitsiyasining 2-bandi, 2-pozitsiyasining 7 va 8-bandlari, 3-pozitsiyasining 1, 8 va 13-bandlari, 6-pozitsiyasining oʻn beshinchi xatboshisi va 7-pozitsiyasining birinchi xatboshisidan “doimiy” va “vaqtincha” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 16-oktabrdagi 32-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3564, 2024-yil 24-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2024-y., 10/24/3564/0858-son) bilan tasdiqlangan Hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlari boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul keluvchi bemorlar uchun yoʻl chiptalarini rasmiylashtirishga asos boʻluvchi maxsus
vaucher shaklining 5-bandidagi “Doimiy yashash joyi” degan soʻzlar “Yashash joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2023-yil 21-dekabrdagi 343-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3491, 2024-yil 17-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 10/24/3491/0047-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalariga ish (xizmat)ga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi
birinchi xatboshisi va 2-ilovasi
matnidan “doimiy” va “vaqtincha” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 3-iyuldagi 15-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3637, 2025-yil 7-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2025-y., 10/25/3637/0595-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandi
birinchi xatboshisidan “doimiy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 24-dekabrdagi 29-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3755, 2026-yil 13-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3755/0039-son) bilan tasdiqlangan Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar roʻyxatida Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar boʻyicha tibbiy
maʼlumotnoma shaklining 5-bandidagi “Doimiy yashash joyi” degan soʻzlar “Yashash joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.