Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1151-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 30-oktabrdagi 51-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3082, 2018-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2018-y., 10/18/3082/2141-son) bilan tasdiqlangan Dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, oʻrash, markirovka va realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
1-bandidagi “giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop moddalar” degan soʻzlar “giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 1-iyuldagi 121-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3277, 2020-yil 1-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 10/20/3277/1022-son) bilan tasdiqlangan Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
1-bandidagi “giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar” degan soʻzlar “giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.