Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining
Birinchi guruhga yodlangan osh tuzi yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 22-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 25-iyundagi 10-son
qarori (roʻyxat raqami 2484, 2013-yil 23-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 30-son, 398-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruhga yodlangan osh tuzi yetkazib berish, qabul qilish, saqlash va berib yuborish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaning 22-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Elektr uskunalardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish
qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
qoidalari talablariga muvofiq bajariladi.
Elektr chiroqlarida himoya qobigʻi (shishali qopqoq) boʻlishi lozim.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.