Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining
Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini shakllantirish, yuritish, reyestrdan chiqarish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 9-oktabrdagi 11-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2939, 2017-yil 23-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/2939/0165-son) bilan tasdiqlangan Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini shakllantirish, yuritish, reyestrdan chiqarish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini shakllantirish, yuritish, reyestrdan chiqarish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“
sport federatsiyasi (uyushmasi) — mamlakatda muayyan sport turini (turlarini) rivojlantirishni, ommalashtirishni, sport tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoasi aʼzoligiga nomzodlarni saralashni va tavsiya etishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi sifatida belgilagan, tegishli tartibda Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestriga kiritilgan nodavlat notijorat
tashkilot;”.
2.
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Sport federatsiyalarini (uyushmalarini) Reyestrga kiritish uchun ular quyidagi talablarga mos kelishi
lozim:
ularning rivojlantiradigan sport turi (turlari) boʻyicha xalqaro sport tashkilotiga aʼzo
ekanligi (bundan milliy va adaptiv sport turlari mustasno);
ular rivojlantiradigan sport turi (turlari) boʻyicha sport turi qoidalarining
mavjudligi;
ularning Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestriga kiritilgan sport federatsiyalari (uyushmalari) nomlaridan farqlanadigan nomga
ega ekanligi;
ular rivojlantiradigan sport turining (turlarining) boshqa sport turi (turlari) belgilaridan
farqlanishi;
ular rivojlantiradigan sport turi (turlari) boʻyicha Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestriga boshqa sport federatsiyasi (uyushmasi)
kiritilmaganligi.”.
3.
10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilmoqda:
“Bunda, sport federatsiyalarini (uyushmalarini) reestrdan chiqarish boʻyicha qoidalar mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan sport federatsiyalariga (uyushmalariga) nisbatan
tatbiq etilmaydi.”.