Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-son “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2024-yil 5-dekabrdagi 13-mb-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3582, 2024-yil 10-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2024-y., 10/24/3582/1021-son) bilan tasdiqlangan Bir yillik statistika dasturini hisoblash metodikasining
19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Statistika dasturi loyihasi tasdiqlash uchun kiritilishidan oldin Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan unda belgilanadigan Statistika dasturining:
qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan;
ekologik xususiyatga ega statistika hisobotlarini yigʻish va maʼlumotlarni tarqatish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan kelishilishi lozim.”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.