OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” shaharsozlik normalari va
qoidalarining 3.8-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3.8. Baland binolar yuqori bosimli yongʻin oʻchirish avtonasosi hamda balandligi kamida 50 m boʻlgan avtonarvon (tirsakli koʻtargich) bilan jihozlangan yongʻin-qutqaruv deposining xizmat koʻrsatish hududida joylashtiriladi.
Bunda yongʻin-qutqaruv deposidan baland binogacha boʻlgan masofa umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻyicha hisoblangan eng qisqa harakatlanish marshruti asosida aniqlanadi hamda 3 000 m dan oshmasligi lozim.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.