1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi tizimi. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 18-mayda hisobga olindi, hisob raqami 400]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi tizimi. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 323, 2024-yil 23-dekabr) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-aprel,
01/2-12-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. IKRAMOV
2026-yil 25-mart
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari J. JABBOROV
2026-yil 6-mart
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 2-apreldagi 01/2-12-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi tizimi. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“GOST 9941-2022 “Korroziyaga chidamli yuqori legirlangan poʻlatlardan sovuq deformatsiyalangan choksiz quvurlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Трубы бесшовные холоднодеформированные из коррозионно-стойких высоколегированных сталей. Технические условия);
GOST 32598-2013 “Suv va gaz uchun yumaloq kesimli mis quvurlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Трубы медные круглого сечения для воды и газа. Технические условия).”.
2. 248-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Koʻp kvartirali turar joy binolarida oʻrnatilgan avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarining signallari parallel ravishda koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining avariya-dispetcherlik xizmatiga uzatilishi lozim.
Odamlar ommaviy boʻladigan, qavat maydoni 1500 m2 dan ortiq va qavatlari soni ikki qavatdan koʻp boʻlgan savdo hamda savdo-koʻngilochar majmualarda, shuningdek barcha baland binolarda oʻrnatilgan avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarining signallari parallel ravishda eng yaqin yongʻin-qutqaruv qismining dispetcherlik xizmatiga uzatilishi kerak.”.
3. Quyidagi mazmundagi 101-bob bilan toʻldirilsin:
“101-bob. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari
1-§. Umumiy qoidalar
2551. Odamlar ommaviy yigʻiladigan koʻp funksiyali binolar va majmualarda joylashgan umumiy ovqatlanish korxonalarida (restoranlar, kafeteriylar, fud-kortlar, oshxonalar va oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash xonalarida), shuningdek mehmonxonalar, baland binolar hamda koʻp qavatli turar joy binolarining noturar qismlarida joylashgan oshxona (bundan buyon matnda oshxona deb yuritiladi) bloklarida ochiq alanga yoki qizdirilgan yogʻdan foydalaniladigan quyidagi texnologik jihozlar oʻrnatilganda hamda ushbu jihozlarning umumiy issiqlik quvvati 20 kVtdan ortiq boʻlgan hollarda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari nazarda tutilishi lozim:
grillar, mangallar, pechlar hamda shunga oʻxshash issiqlik hosil qiluvchi uskunalar.
2552. Oshxona jihozlarining quyidagi qismlari avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan himoyalangan boʻlishi kerak:
oshxona jihozlarining yuzalari;
havo tortish (soʻrish) zontlarining ichki hajmi;
yogʻ ajratuvchi (yigʻuvchi) filtrlar;
birinchi yongʻinga qarshi toʻsiqqacha boʻlgan havo tortish (soʻrish) quvurlarining ichki boʻshligʻi.
2553. Oshxona jihozlarining umumiy issiqlik quvvati mazkur SHNQning 91-ilovasiga muvofiq aniqlanishi lozim.
2-§. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarining turlari va oʻt oʻchirish moddalari
2554. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarining turi va soni oshxona jihozlarining turi, quvvati, miqdori, shuningdek atrof-muhit sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
2555. Oshxona jihozlari uchun moʻljallangan har bir avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi faqat bitta himoyalanadigan maydonni yongʻindan himoya qilishi lozim.
2556. Bitta himoyalanadigan maydonni yongʻindan himoya qilish uchun bir nechta avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi talab etilganda, ularning bir vaqtda ishga tushirilishi taʼminlanishi kerak.
2557. Oshxona jihozlari zonasida qizdirilgan yogʻ va moylar bilan aloqada boʻlishi mumkin boʻlgan suvli avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
2558. Oshxona jihozlari uchun quyidagi turdagi avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi:
moylarni oʻchirish uchun moʻljallangan suyuq modda asosidagi yongʻin oʻchirish qurilmalarini;
maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan koʻpikli qurilmalarni.
2559. Yongʻinni oʻchirish moddalari odamlar va asbob-uskunalar uchun xavfsiz boʻlishi, shuningdek ishga tushganda zaharli moddalar hosil qilmasligi lozim.
3-§. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarining qismlarini loyihalash va joylashtirish
25510. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarida avtomatik hamda qoʻlda (mexanik) ishga tushirish imkoniyati boʻlishi lozim.
25511. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarining elementlari oshxona jihozlarining normal ishlashiga toʻsqinlik qilmasligi hamda shamollatish tizimining bevosita havo oqimi taʼsir zonasida joylashtirilmasligi kerak.
25512. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari ishga tushirilganda, oshxona jihozlariga gaz (suyuq yoqilgʻi) uzatishni toʻsuvchi klapan hamda elektr taʼminoti avtomatik ravishda yopilishi (oʻchirilishi) lozim.
25513. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarining boshqaruv, xabarlash hamda qoʻlda ishga tushirish jihozlari ulardan foydalanish, nazorat qilish va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish uchun qulay joylashtirilgan boʻlishi zarur.
25514. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarining boshqaruv qurilmalari yongʻin oʻchirish qurilmasining ishchi holatini toʻliq aks ettirishi lozim.
25515. Barcha ishga tushirish qurilmalari mexanik, atrof-muhit hamda boshqa taʼsirlar natijasida tizimning tasodifiy ishga tushishiga yoʻl qoʻymaydigan tarzda loyihalanishi, joylashtirilishi va himoyalanishi kerak.
25516. Yongʻin oʻchirish tizimining qoʻlda ishga tushirish qurilmalari va ajratuvchi klapanlari joylashgan joylarda aniq hamda yaxshi koʻrinadigan belgilar oʻrnatilishi lozim.
4-§. Purkagichlar
25517. Purkagichlarning soni, turi va joylashuvi quyidagilarni hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim:
oshxona jihozlarining oʻlchamlari;
oʻrnatish balandligi;
soʻrib olinadigan havo oqimining jadalligi;
himoya qilinadigan zonaning toʻliq qamrab olinishi.
25518. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari ishga tushirilganda, bitta himoyalanadigan maydon doirasida joylashgan barcha purkagichlar yongʻin oʻchirish moddasining bir vaqtda berilishini hamda himoyalanadigan yuzaga bir tekis purkalishini taʼminlashi kerak.
25519. Havo tortish (soʻrish) zontini himoya qilish uchun purkagichlar yogʻ tutuvchi filtrlarning yuqori qismida joylashtirilishi, bunda gorizontal purkash usulini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
25520. Har bir dudburonning zontga ulanish joyining ichki qismida kamida bitta purkagich oʻrnatilishi lozim.
25521. Dudburon vertikal yoʻnalishda joylashgan boʻlsa, uning ichki qismini himoya qilish uchun purkagich zontning eng yaqin kirish joyidan dudburon ichkarisiga koʻra kamida 6 m masofada yoʻnaltirilishi zarur.
25522. Purkagichlar oʻrnatilgandan soʻng ularning turi, texnik xususiyatlari, oʻrnatish joyi hamda purkash teshiklarining yoʻnalishi loyiha talablariga muvofiq tekshirilishi lozim.
25523. Purkagichlarni oʻrnatishda ularning zichlovchi elementlari va ichki qismlariga begona jismlar tushishining oldini olish choralari koʻrilishi kerak.
25524. Purkagichlarning purkovchi teshiklari chang yoki moy bilan tiqilib qolishini oldini olish uchun ular himoya qopqoqchalar bilan jihozlanishi hamda oʻt oʻchirish moddasi berilganda ular avtomatik tarzda ochilishi lozim.
5-§. Qoʻzgʻatuvchi tizim
25525. Qoʻzgʻatuvchi tizim quyidagi vazifalarni taʼminlashi lozim:
yongʻin sodir boʻlganda oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari avtomatik ishga tushirilishini;
xodimlar tomonidan oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarini qoʻlda ishga tushirish imkoniyatini;
qurilmaning ishga tushganligi toʻgʻrisidagi signallar uzatilishini;
himoyalanadigan uskunalarning elektr energiyasi va yoqilgʻi manbalarini oʻchirish boʻyicha buyruqlar shakllantirilishini;
binodagi boshqa muhandislik tizimlari hamda yongʻin signalizatsiyasi tizimlari bilan oʻzaro aloqani.
25526. Qoʻlda va avtomatik qoʻzgʻatish zanjirlari funksional jihatdan mustaqil boʻlishi zarur.
25527. Qoʻzgʻatuvchi tizim elementlari quyidagi taʼsirlardan himoyalangan boʻlishi lozim:
mexanik shikastlanishlardan;
yuqori harorat, namlik hamda yogʻ qatlamlari taʼsiridan;
xodimlar tomonidan tizimning tasodifiy yoki qasddan oʻchirilishidan.
25528. Qoʻzgʻatuvchi tizim va binodagi boshqa tizimlarning holatidan qatʼi nazar ishchi qobiliyatini saqlab qolishi lozim.
6-§. Avtomatik tarzda ishga tushirish (qoʻzgʻatish)
25529. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarining avtomatik ishga tushirilishi issiqlikni aniqlash vositalari orqali taʼminlanishi lozim.
25530. Issiqlikni aniqlash vositalari oshxonaning xonalariga mos boʻlgan yogʻ tutuni, bugʻ hamda yuqori namlik taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak.
25531. Avtomatik issiqlikni aniqlash vositalari sifatida quyidagilarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi:
chiziqli issiqlik xabarlagichlari (termokabellar);
oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari tarkibiga kiruvchi boshqa issiqlik xabarlagichlari.
25532. Avtomatik issiqlikni aniqlash vositalari quyidagi joylarda oʻrnatilishi lozim:
tutun soʻruvchi zont ostida himoyalanadigan zona boʻylab toʻliq uzunligi boʻyicha;
havo soʻruvchi kanallarning kirish zonasida;
himoyalanadigan har bir oshxona jihozi ustida.
25533. Avtomatik ishga tushirish elementlarining ishga tushish harorati oshxona jihozlarining normal ish haroratlarini hisobga olgan holda tanlanishi kerak.
25534. Avtomatik issiqlikni aniqlash vositalari faollashganda, oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari darhol ishga tushirilishini taʼminlashi lozim.
7-§. Qoʻlda ishga tushirish (qoʻzgʻatish)
25535. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari qoʻlda ishga tushirish moslamasi bilan jihozlangan boʻlishi hamda qurilmadagi avtomatik aniqlash vositalarining holatidan qatʼi nazar uni ishga tushirish imkoniyati boʻlishi kerak.
25536. Qoʻlda ishga tushirish moslamasi quyidagilarga muvofiq oʻrnatilishi lozim:
evakuatsiya yoʻlida;
alanga taʼsiri ehtimoli mavjud boʻlgan zonadan tashqarida;
ishga tushirish uchun qulay joyda.
25537. Qoʻlda ishga tushirish moslamasi uning vazifasi hamda ishga tushirish tartibi koʻrsatilgan aniq belgi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
25538. Qoʻlda ishga tushirish moslamasi faollashtirilganda quyidagilar taʼminlanishi lozim:
yongʻin oʻchirish qurilmasining ishga tushirilishi;
elektr taʼminoti hamda gaz yoqilgʻisi manbalarining uzilishi;
qurilmaning ishga tushganligi toʻgʻrisidagi signallarning shakllantirilishi.
25539. Qoʻzgʻatuvchi tizimning avtomatik qismi ishdan chiqqanda qoʻlda ishga tushirish moslamasi oʻz ishchanlik qobiliyatini saqlab qolishi kerak.
8-§. Signalizatsiya va indikatsiya
25540. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari oʻrnatilgan xona “Yongʻin oʻchirish qurilmasini ishga tushirish” yozuvli yorugʻlik tablolari, tovushli hamda yorugʻlik xabarchilari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
25541. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarining boshqaruv jihozlari quyidagilarga signallarni uzatishi kerak:
yorugʻlik va (yoki) tovushli xabarchilariga;
binoning umumiy yongʻin signalizatsiyasi tizimiga yoki dispetcherlik punktiga.
9-§. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarini loyihalashtirish
25542. Oshxona jihozlari uchun avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalarining himoya maydoni, himoya qilinayotgan jihozning geometrik oʻlchamlaridan kelib chiqqan holda belgilanishi hamda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
oshxona jihozlari uchun himoya doirasi ularning maksimal gorizontal proyeksiya maydoniga koʻra aniqlanishi;
havo tortish (soʻrish) zontlar uchun himoya doirasi ularning yogʻ tutuvchi filtrlarining yuzasiga koʻra belgilanishi;
havo tortish (soʻrish) kanallari uchun himoya doirasi himoyalanadigan kanallarning ichki maydonidan kelib chiqib aniqlanishi.
25543. Himoyalanadigan zona uchun talab etiladigan purkagichlar sonini hisoblash usuli ushbu SHNQning 92-ilovasida keltirilgan.
10-§. Oʻt oʻchirish moddasini saqlash sigʻimlari
25544. Yongʻin oʻchirish moddasini saqlash sigʻimlari himoyalanadigan oshxona jihozlariga yaqin joyda joylashtirilishi hamda korroziyadan himoyalangan boʻlishi lozim.
25545. Yongʻin oʻchirish moddasini saqlash sigʻimlari joylashgan hududdagi muhit harorati 4 °C dan 55 °C gacha boʻlishi kerak.
25546. Yongʻin oʻchirish moddasini saqlash sigʻimlarining joylashuvi ularni koʻrikdan oʻtkazish va texnik xizmat koʻrsatish imkonini taʼminlashi, shuningdek moy bugʻlari hamda issiqlik manbalari taʼsiridan holi boʻlishi lozim.
25547. Ishchi (siqib chiqaruvchi) gaz sifatida inert gazdan foydalanilishi, bunda sigʻimdagi ishchi gaz bosimi 6,0 MPa dan yoki ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlarida belgilangan bosim qiymatidan oshmasligi kerak.
25548. Yongʻin oʻchirish moddasini saqlash sigʻimlari ishonchli tarzda oʻrnatilishi va mahkamlanishi, shuningdek loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan yechimlarga muvofiq boʻlishi lozim.
11-§. Quvur armaturasi va fitinglar
25549. Quvur oʻtkazgichlar, armatura va fitinglar mazkur SHNQda keltirilgan atrof-muhit harorati oraligʻida ishchi bosimga bardosh berishini taʼminlashi lozim.
25550. Yongʻin oʻchirish moddasini saqlash sigʻimlaridan tashqarida joylashgan, yongʻin oʻchirish moddasini uzatishga moʻljallangan quvurlar zanglamaydigan poʻlatdan tayyorlangan choksiz quvurlardan iborat boʻlishi lozim. Bunda ularning sifati GOST 9941-2022 ga muvofiq boʻlishi tavsiya etiladi.
Uglerodli poʻlat va kompozit quvurlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
25551. Ishchi gazni yetkazib beruvchi quvurlar mis quvurlardan yoki yuqori bosimga moʻljallangan shlanglardan tayyorlanishi lozim.
Mis quvurlar qoʻllanilganda ularning sifati GOST 32598-2013 ga muvofiq boʻlishi tavsiya etiladi.
25552. Quvurlar diametri oʻzgarganda oʻtkazgichlardan foydalanish kerak.
25553. Quvurlar doimiy (statsionar) tayanchlar va osmalar bilan jihozlanishi, bunda tayanchlar hamda osmalar orasidagi masofa 2,5 m dan oshmasligi lozim.
25554. Polimer quvurlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
25555. Quvurlar ishonchli tarzda mahkamlanishi, tayanchlar va osmalar orasidagi masofa loyiha talablariga mos kelishi kerak.
25556. Quvurlar konstruksiyasi gidravlik sinovlar oʻtkazish va havo bilan purkash imkoniyatini taʼminlashi kerak.”.
4. Quyidagi mazmundagi 3261-3262-bandlar bilan toʻldirilsin:
“3261. Koʻp kvartirali turar joy binolarida oʻrnatilgan yongʻin signalizatsiyasi tizimining signallari parallel ravishda koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining avariya-dispetcherlik xizmatiga uzatilishi lozim.
3262. Odamlar ommaviy boʻladigan, qavat maydoni 1500 m2 dan va qavatlari soni ikki qavatdan koʻp boʻlgan savdo va savdo-koʻngilochar majmualarda, shuningdek barcha baland binolarda oʻrnatilgan yongʻin signalizatsiyasi tizimining signallari parallel ravishda eng yaqin yongʻin-qutqaruv qismining dispetcherlik xizmatiga avtomatik uzatilishi kerak.”.
quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
11.
Koʻp kvartirali turar joy binolari
balandligi 50 m va undan baland
maydonidan qatʼiy nazar
”;
b) “Izohlar” qismi quyidagi mazmundagi bandlar bilan toʻldirilsin:
“4. Balandligi 28 m gacha boʻlgan turar joy obyektlarida oshxonalar va kvartira ichki yoʻlaklari yongʻin signalizatsiyasi tizimi bilan jihozlanishi lozim.
Balandligi 28 m dan 50 m gacha boʻlgan turar joy obyektlarida esa kvartiralarning barcha xonalari, shuningdek qavat xollari va yoʻlaklari manzilli yongʻin signalizatsiyasi tizimi bilan jihozlanishi kerak.
5. Balandligi 50 m va undan baland boʻlgan turar joy obyektlari yongʻin signalizatsiyasi tizimi bilan birga avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi bilan jihozlanishi lozim.”;
d) “IV. Jihozlar” qismi quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“
61. Odamlar ommaviy yigʻiladigan koʻp funksiyali
binolar va majmualarda
Maydonidan qatʼi nazar
62. Umumiy ovqatlanish korxonalarida (restoranlar,
kafeteriylar, fudkortlar, oshxonalar va oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash joylari)
Maydonidan qatʼi nazar oshxona jihozlarining
umumiy issiqlik quvvati 20 kVt dan oshsa
63. Mehmonxonalar, baland qavatli binolar,
koʻp qavatli turar joy binolarining noturar qismlarida
Maydonidan qatʼi nazar
”.
6. Mazkur qoʻshimchalar va oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 91 va 92-ilovalar bilan toʻldirsin.
SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi tizimi. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlarga ILOVA
“SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi tizimi. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 91-ILOVA
Oshxona jihozlarining umumiy issiqlik quvvatini aniqlash
Oshxona jihozlarining umumiy issiqlik quvvati pasport maʼlumotlariga koʻra barcha issiqlik ishlab chiqaruvchi asboblarning issiqlik quvvatlarini jamlash orqali aniqlanadi hamda ularning ishlash rejimi va bir vaqtda ishlatilish koeffitsiyentlari hisobga olgan holda quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bu yerda:
Ni— i-uskunalarining nominal issiqlik quvvati, kVt;
Gaz jihozlari va suyuq yoqilgʻida ishlaydigan oshxona jihozlar uchun gorelkalarning issiqlik quvvati, elektr jihozlari uchun esa elektr quvvati hisobga olinadi.
qabul qilinadi: Kb =0,7 va Kyu =0,6. bunda Nyigʻ=(12+8+10)×0,7×(0,65+0,75+0,6)=42 kVt.
SHNQ 2.04.09-21 “Bino va inshootlarning yongʻin avtomatikasi tizimi. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 92-ILOVA
Himoyalanadigan zona uchun talab etiladigan purkagichlar sonini hisoblash usuli
1. Himoyalangan zona doirasidagi purkagichlarning talab etiladigan soni oshxona uskunasining himoyalangan maydonidan kelib chiqib, shuningdek bitta purkagichning meʼyoriy purkash maydonini hisobga olgan holda aniqlanadi va quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bu yerda:
N — talab etiladigan purkagichlar soni, dona. (katta tomonga yaxlitlab qabul qilinadi);
S — bir zona doirasidagi oshxona jihozlarining umumiy himoyalangan maydoni, m2. S miqdori bitta himoyalangan zonaga kiruvchi jihozlarning (plitalar, qizdirilgan yogʻda qovurish uskunalar (frityurnitsalar), grillar, qovurish yuzalari) maydonidan kelib chiqib aniqlanadi;
S0 — bitta purkagich yordamida samarali himoyalanadigan meʼyoriy maydoni, m2.
Agar jihozning shakli murakkab yoki choʻzinchoq boʻlsa, purkagichlarni bir tekisda joylashtirilgan holda bir nechta shartli maydonchalarga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi.
2. Himoyalanadigan har bir zonadagi purkagichlarning eng kam soni uning maydonidan qatʼi nazar bittadan kam boʻlmasligi lozim.
3. Oshxona jihozlari uchun yongʻin oʻchirish tizimlaridagi oʻt oʻchiruvchi moddaning hisobiy hajmi quyidagi formula asosida aniqlanishi kerak:
bu yerda:
m — oshxona jihozlari uchun moʻljallangan oʻt oʻchiruvchi moddaning hisobiy hajmi (l yoki kg);
1.05 ~ 1.1 — zaxira koeffitsiyenti (tizim quvurlari, armatura va texnologik yoʻqotishlarni hisobga olish uchun);
N — himoyalangan zonada zarur boʻlgan purkagichlar soni;
Q — bitta jihoz uchun oʻt oʻchirish moddaning meʼyoriy berilish sarfi (l/s);
t — yongʻin oʻchirishning hisobiy davomiyligi (s). Yongʻin oʻchirishning hisobiy davomiyligi (s) ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.”.
7. 12-ilovaning 2-jadvali 19-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: