Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 6-dekabrdagi 36-N-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2552, 2014-yil 8-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Havo transportida yuk tashish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“aviatsiya xavfsizligi — fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashish harakatlaridan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi, shuningdek, jalb qilinadigan inson va moddiy resurslar;”;
“kuzatib borilmaydigan bagaj — egasi hisoblangan shaxs joylashgan havo kemasida yoki boshqa havo kemasida yuk sifatida tashiladigan bagaj;”.
2.
42-banddagi “Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-iyuldagi 256-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga gʻayriqonuniy aralashuvlardan himoya qilishning milliy dasturi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 152-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining noqonuniy aralashish harakatlaridan aviatsiya xavfsizligini taʼminlash milliy dasturi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.