Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
1. Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga
4-ilovaning 7 044 304 qatoridagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi 200-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
1)
muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova), Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) va “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 128-modda) qonunlariga asosan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 5-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “vazirligining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining” degan soʻzlar “vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent davlat tibbiyot universitetining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “vazirligining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining” degan soʻzlar “vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent davlat tibbiyot universitetining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “2011-yil 1-iyuldagi 195-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 283-modda)” va “gradusini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasida” degan soʻzlar tegishli ravishda “2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori” va “darajasini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 30-yanvardagi 3, 8-q/q va 9-son qarori (roʻyxat raqami 2433, 2013-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 122-modda) bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xodimlarini, ularning pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, mehnat jamoasiga toʻlanadigan dividendlar hisobidan har yili moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
14-bandidagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 12-iyundagi 44-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2471, 2013-yil 25-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 342-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrmon xoʻjaligi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining
82-bandidagi “hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasining 2013-yil 25-iyundagi 2-son qarori (roʻyxat raqami 2482, 2013-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Birinchi guruh moddiy boyliklarini masʼul saqlovchi tashkilotlarda maqbul harorat-namlik darajasini saqlab turish, laboratoriya va sanitariya nazoratini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning
135-bandidagi “veterinariya organlari va sanitariya-epidemiologiya xizmati” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2013-yil 16-dekabrdagi 423-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2556, 2014-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 3-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
1)
muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 162-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 373-modda) muvofiq,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 33-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 6-avgustdagi 1108-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2612, 2014-yil 27-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 35-son, 448-modda) bilan tasdiqlangan Yadro fizikasi korxonalarida ishlar xavfsizligi
qoidalarida:
1)
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.”;
“11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi
nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi
nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.”;
3)
31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning
roʻyxatiga muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud boʻlgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim.”;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 22-yanvardagi 8-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2655, 2015-yil 10-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 6-son, 74-modda) bilan tasdiqlangan Magistral neft mahsulotlari quvurlari qurishda ishlar xavfsizligi
qoidalarida:
1)
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.”;
“11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi
nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi
nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.”;
3)
31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning
roʻyxatiga muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud boʻlgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim.”;
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 16-sentabrdagi 66, 70, 340-V-son qarori (roʻyxat raqami 2828, 2016-yil 3-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 40-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
20-bandidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 10-iyuldagi 24, 112-son qarori bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 3043, 2018-yil 25-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 30-son, 631-modda) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Obod mahalla” jamgʻarmalarini tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi
beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 16-dekabrdagi 110, qq-5, 68-son qarori (roʻyxat raqami 3212, 2020-yil 17-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 10/20/3212/0068-son) bilan tasdiqlangan Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
30-bandidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar “Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 9-noyabrdagi 27-mh va 38-2021-son qarori (roʻyxat raqami 3335, 2021-yil 26-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 10/21/3335/1100-son) bilan tasdiqlangan Davlat oliy taʼlim muassasalarida yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun ularning moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilari va oʻquv-metodik taʼminotiga qoʻyiladigan
minimal talablarning 5-pozitsiyasidagi “sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi organining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 30-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 35-2022/qq-son va Moliya vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 71-son qarori (roʻyxat raqami 3416, 2023-yil 16-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2023-y., 10/23/3416/0032-son) bilan tasdiqlangan Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi
nizomda:
1) 3-bandning “a” kichik bandi
ikkinchi xatboshisidagi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2)
24-banddagi “Bosh prokuraturasi huzuridagi” degan soʻzlar “Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 20-iyundagi 36-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3446, 2023-yil 12-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2023-y., 10/23/3446/0464-son) bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish qiymati 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan obyektlarda nazorat oʻlchovini oʻtkazish uchun jalb qilinadigan tijorat tashkilotlarini tanlash, ularning xizmat haqini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
2-bandidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar “Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 11-sentabrdagi 775-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 4-sentabrdagi 171-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 26-avgustdagi 08/513-son qarori (roʻyxat raqami 3560, 2024-yil 14-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 10/24/3560/0819-son) bilan tasdiqlangan Tibbiyot muassasalarini turlarga ajratish va uning rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va tarif koeffitsiyentlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga
ilovada:
1) ilovaning
nomidagi “sanitariya-epidemiologiya xizmati” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-pozitsiyadagi “Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari (respublika, viloyat, shahar va tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, karantinli” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy organlari (karantinli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.