OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRINING
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-son “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasini raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2009-yil 13-oktabrdagi 107-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2050, 2009-yil 30-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 545-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini qayta tiklash, shuningdek, ularni boshqasiga almashtirish uchun transport vositalarining egalari ROʻva IOBlarga
belgilangan tartibda murojaat qiladilar.”.
2.
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Buyurtmalar asosida yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari IIV JXD YHXX qoshidagi “Uzavtomotoservis” masʼuliyati cheklangan jamiyatda (bundan buyon matnda Jamiyat deb yuritiladi) qayta ishlab chiqariladi. Buyurtmalar Jamiyatga kelib tushgandan keyin mazkur Yoʻriqnomaning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlar tekshiriladi.”.
3.
12-banddagi “Davlat unitar korxonasi” degan soʻzlar “Jamiyat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Davlat unitar korxonasiga” degan soʻzlar “Jamiyatga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Davlat unitar korxonasida” degan soʻzlar “Jamiyatda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 17
2-bandning
birinchi xatboshisidagi “Davlat unitar korxonasiga” degan soʻzlar “Jamiyatga” degan soʻz bilan almashtirilsin.