1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma'muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 8-aprelda hisobga olindi, hisob raqami 395]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma'muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 301, 2024-yil 2-oktabr) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-mart,
01/2-8-son
Kelishildi:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari J. JABBOROV
2026-yil 5-mart
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 13-martdagi 01/2-8-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Ushbu SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
SHNQ 2.04.16-23 “Quyosh va suv isitish qurilmalari”;
SHNQ 2.04.20-22 “Turar joy obyektlari va jamoat binolarining muhandislik uskunalari uchun kommunikatsiya va dispetcherlash tizimlari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.04.17-19 “Turar-joy va jamoat binolarini elektr jihozlari”;
SHNQ 2.07.02-24 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”;
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”;
SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va mazmuni”;
OʻzDSt 886:2022 “Poʻlatli marsh zinalar, maydonchalar va toʻsiqlar”;
SanQvaN 0317-15 “Respublika davolash-profilaktika muassasalarida chiqindilarni toʻplash, saqlash va utilizatsiya qilishning sanitariya qoidalari va normalari”;
GOST 14202-69 Sanoat korxonalarining quvur oʻtkazgichlari. Tanituvchi boʻyoqlar, ogohlantiruvchi belgilar va markalaydigan shchitlar (rasmiy manba: Трубопроводы промышленных предприятий” Опознавательная окраска, предупреждающие знаки и маркировочные щитки);
GOST 12.4.026-2015 Mehnatni muhofaza qilish standartlari, xavfsizlik belgilari. Foydalanish maqsadi va qoidalari. Umumiy texnik talablar va xususiyatlar. Sinov usullari (rasmiy manba: Система стандартов безопасности труда. Цвета сигнальные, знаки безопасности и разметка сигнальная. Назначение и правила применения. Общие технические требования и характеристики. Методы испытаний);
GOST 1451-77 Yuk koʻtarish kranlari. Shamol yuklari. Meʼyorlar va aniqlash usullari (rasmiy manba: Краны грузоподъемные. Нагрузка ветровая. Нормы и метод определения);
GOST 26633-2015 Ogʻir va mayda toʻldiruvchili betonlar. Texnik shartlar (rasmiy manba: Бетоны тяжелые и мелкозернистые. Технические условия);
GOST 17032-2022 Neft mahsulotlari uchun gorizontal poʻlat idishlar. Turlari va asosiy oʻlchamlari (rasmiy manba: Резервуары стальные горизонтальные для нефтепродуктов. Типы и основные 1575-87 размеры);
GOST 25772-2025 Zinapoyalar, balkonlar, tomlar va zinapoya maydonchalari uchun metall toʻsiqlar. Umumiy texnik shartlar (rasmiy manba: Ограждения металлические лестниц, балконов, крыш, лестничных маршей и площадок. Общие технические условия);
GOST 33984.1-2023 Yoʻlovchi yoki yuk va yoʻlovchi tashish liftlari (rasmiy manba: Лифты. Лифты для транспортирования людей или людей и грузов. Общие требования безопасности к устройству и установке);
GOST 33652-2019 Yoʻlovchi va jismoniy imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar tashish liftlari (rasmiy manba: Лифты. Специальные требования безопасности и доступности для инвалидов и других маломобильных групп населения);
GOST 34305-2017 (EN 81-72:2015) Yoʻlovchi liftlar. Yongʻin oʻchiruvchilar uchun liftlar (rasmiy manba: Лифты пассажирские. Лифты для пожарных);
GOST 8823-2018 Yuk liftlari. Asosiy parametrlari va oʻlchamlari (rasmiy manba: Лифты грузовые. Основные параметры и размеры);
GOST 28911-2021 Liftlar. Boshqarish moslamalari, signalizatsiya va qoʻshimcha oʻrnatmalar (rasmiy manba: Лифты. Устройства управления, сигнализации и дополнительные приспособления);
GOST 1510-2022 Neft va neft mahsulotlari. Belgilash, qadoqlash, saqlash va tashish (rasmiy manba: Нефть и нефтепродукты. Маркировка, упаковка, транспортирование и хранение);
GOST 34233.1-2017 Idishlar va qurilmalar. Mustahkamlikka hisoblash meʼyorlari va usullari. Umumiy talablar (rasmiy manba: Сосуды и аппараты. Нормы и методы расчета на прочность. Общие требования);
GOST 9238-2022 Temir yoʻl harakati tarkibining oʻlchamlari va binolarning yaqinligi (rasmiy manba: Габариты железнодорожного подвижного состава и приближения строений);
GOST 28448-90 Koʻchma elektr konsolli kranlar. Turlari (rasmiy manba: Краны консольные электрические передвижные);
GOST 16663-80 Sharikli mahkamlashli puanson tutqichlari. Konstruksiyasi va oʻlchamlari (rasmiy manba: Державки с шариковым креплением пуансонов. Конструкция и размеры);
GOST 12.2.022-80 Mehnatni muhofaza qilish standartlari tizimi. Konveyerlar. Umumiy xavfsizlik talablari (rasmiy manba: Система стандартов безопасности труда. Конвейеры. Общие требования безопасности);
GOST 12.0.003-2015 Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST). Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Tasnifi (rasmiy manba: Система стандартов безопасности труда (ССБТ). Опасные и вредные производственные факторы. Классификация);
GOST 28984-2011 Qurilishda oʻlchamlarni modulli muvofiqlashtirish. Asosiy qoidalar (rasmiy manba: Модульная координация размеров в строительстве. Основные положения).”.
2. 4 va 30-bandlardagi “SHNQ 2.01.09-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.09-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 5, 229, 603, 615-bandlar va 752-bandning ikkinchi xatboshisidagi “QMQ 2.04.02-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.02-19” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 6-banddagi “SHNQ 2.04.09-07” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.09-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 7-banddagi “SHNQ 2.02.01-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.02.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 9, 123, 138-bandlardagi “SHNQ 2.07.02-22” degan soʻzlar “SHNQ 2.07.02-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 11-banddagi “GOST 33984.1-2016” degan soʻzlar “GOST 33984.1-2023” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 16 va 644-bandlardagi “QMQ 2.01.05-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 18, 246, 460, 611-bandlardagi va 658-bandning birinchi xatboshisidagi “QMQ 2.03.11-96” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.11-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 60-banddagi “GOST 9238-2013” degan soʻzlar “GOST 9238-2022” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 67-banddagi “GOST 33984.1-2016 (EN 81-20:2014)” degan soʻzlar “GOST 33984.1-2023” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 137-bandda:
uchinchi xatboshidagi “QMQ 2.04.01-98” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.01-22” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “QMQ 2.01.05-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 143-banddagi “QMQ 2.01.05-19” va “SHNQ 2.07.02-22” degan soʻzlar tegishli ravishda “SHNQ 2.01.05-24” hamda “SHNQ 2.07.02-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 144-bandda:
birinchi xatboshidagi “GOST 28984” degan soʻzlar “GOST 28984-2011” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “GOST 25957-83 hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
15. 145-bandning birinchi xatboshisi va 146-banddagi “SHNQ 2.03.10-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.10-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 180-bandning uchinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.04.09-07” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.09-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 195-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“195. Ishlab chiqarish binolaridagi ish joylaridan hojatxonalar, chekish joylari, isitish yoki sovutish xonalari, yuvinish xonalari hamda ichimlik suvi taʼminoti qurilmalarigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
Ish joylaridan kiyim almashtirish xonalari (garderoblar) va dush xonalarigacha boʻlgan masofa 100 m dan oshmasligi lozim.
Korxona maydonida ushbu koʻrsatilgan masofalar 150 m dan oshmasligi kerak.”.
18. 222-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “SHNQ 2.04.01-98” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.01-22” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 223-bandning birinchi xatboshisidagi hamda 644-banddagi “QMQ 2.01.05-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. 231-bandning birinchi xatboshisidagi “QMQ 2.01.07-96”, “SHNQ 2.02.01-19” va “QMQ 2.03.11-96” degan soʻzlar tegishli ravishda “SHNQ 2.01.07-21”, “SHNQ 2.02.01-24” hamda “SHNQ 2.03.11-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 235-banddagi “SHNK 1.03.11-07” degan soʻzlar “SHNQ 1.03.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. 301-banddagi “SHNQ 2.04.01-98” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.01-22” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. 305, 319-bandlarning birinchi xatboshilaridagi, 362-banddagi hamda 493-bandning birinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.02.01-19” degan soʻzlar tegishli ravishda “SHNQ 2.02.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24. 395-bandning ikkinchi xatboshisidagi “QMQ 2.01.07-96” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.07-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. 506, 533 va 538-bandlardagi “QMQ 2.01.07-96” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.07-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
26. 521-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
27. 536-bandning birinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.02.01-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.02.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
28. 546-bandning uchinchi xatboshisidagi “GOST 9238-2013” va “SHNK 2.05.02-07*” degan soʻzlar tegishli ravishda “GOST 9238-2022” hamda “SHNQ 2.05.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
29. 552-bandning uchinchi xatboshisi va 577-bandning ikkinchi xatboshisidagi “QMQ 2.01.07-96” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.07-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
30. 612-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
31. 623-bandning birinchi xatboshisi va 638-banddagi “QMQ 2.01.07-96” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.07-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
32. 651-bandning birinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.02.01-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.02.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
33. 652-bandning birinchi xatboshisidagi “QMQ 2.01.07-96” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.07-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
34. 664-banddagi “GOST 25772-2021” degan soʻzlar “GOST 25772-2025” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
35. 668-bandning birinchi xatboshisidagi “SHNQ 2.04.13-21” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.13-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
36. 680 va 681-bandlardagi “SHNQ 2.02.01-19” degan soʻzlar “SHNQ 2.02.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
37. 684, 687-bandlarning birinchi xatboshilaridagi hamda 11-ilovaning 3-jadvali “Izoh” qismidagi “QMQ 2.01.07-96” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.07-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.