Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining
“Barkamol avlod” bolalar markazlarida bolalar oʻqiganligi uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-son “Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2011-yil 10-avgustdagi 48 va 23-son “Barkamol avlod” bolalar markazlarida bolalar oʻqiganligi uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2267, 2011-yil 23-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 39-son, 400-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2017-yil 6-iyundagi 70 va 32-son “Barkamol avlod” bolalar markazlarida bolalar oʻqiganligi uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2267-1, 2017-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 507-modda).