OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet
kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-364-son “Soliqlarning yigʻiluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 27-apreldagi 26-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3299, 2021-yil 7-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 10/21/3299/0438-son) bilan tasdiqlangan Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
5-banddagi “Iqtsodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi hamda Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli mahalliy budjetlar qoʻshimcha mablagʻlaridan foydalanilishiga doir qarorlarni (farmoyishlarni) ular qabul qilinganidan soʻng uch ish kuni ichida majburiy tartibda oʻz rasmiy veb-saytlariga hamda “Ochiq budjet” axborot portaliga
joylashtiradi.”.
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“jismoniy shaxs tomonidan muayyan davrda toʻlangan daromad soligʻi, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻgʻrisidagi
maʼlumotni doimiy ravishda;
toʻlangan soliqlar evaziga Davlat budjetidan amalga oshirilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi
maʼlumotlarni (xarajatlar yoʻnalishlari kesimida) doimiy ravishda;”;