Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Pochta aloqasi milliy operatori uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarining 1-ilovasi 4-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 5-iyuldagi 176-mh va 28-son qarori (roʻyxat raqami 3061, 2018-yil 28-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3061/1807-son) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi milliy operatori uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga 1-ilovaning
4-bandidagi “Doimiy yashash joyi va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi” degan soʻzlar “Yashash joyi va (yoki) turgan joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.