Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
“Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarini bir yil takroran oʻqitish uchun kursda qoldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktorining 2013-yil 11-martdagi 62/1-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarini bir yil takroran oʻqitish uchun kursda qoldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2450, 2013-yil 11-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 211-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarini bir yil takroran oʻqitish uchun kursda qoldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1)
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarini tegishli taʼlim dasturida takroran oʻqitish uchun kursda qoldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
2)
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarini tegishli taʼlim dasturida takroran oʻqitish uchun kursda qoldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
1)
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarini tegishli taʼlim dasturida takroran oʻqitish uchun kursda qoldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”;
2)
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom kasbiy taʼlim tashkilotlarining (bundan buyon matnda taʼlim tashkiloti deb yuritiladi) oʻquvchilarini tegishli taʼlim dasturida takroran oʻqitish uchun kursda qoldirish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom xorijiy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari (markaz, boʻlim, oʻquv-maslahat punkti va shu kabilar) va harbiy akademik litseylar hamda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga tatbiq etilmaydi.”;
3)
1-banddagi “bir yil” va “muassasasidan” degan soʻzlar tegishli ravishda “tegishli taʼlim dasturida” va “tashkilotidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “muassasasida” va “bir yil” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotida” va “tegishli taʼlim dasturida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “muassasasining” va “muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “tashkilotining” va “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5)
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy taʼlim boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy kasbiy taʼlim boshqarmasi deb yuritiladi) taʼlim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan oʻquvchilarni tegishli taʼlim dasturida takroran oʻqitish uchun kursda qoldirishga tegishli hujjatlarning haqqoniyligini oʻrganish huquqiga ega.”;
6) 2-bobning
nomidagi “bir yil” degan soʻzlar “tegishli taʼlim dasturida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “bir yil” degan soʻzlar “tegishli taʼlim dasturida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ishlab chiqarish yoki diplom oldi amaliyotlaridan” degan soʻzlar “yagona ishlab chiqarish amaliyotlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “ishlab chiqarish yoki diplom oldi amaliyotlaridan” degan soʻzlar “yagona ishlab chiqarish amaliyotlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Bir yil” va “muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Tegishli taʼlim dasturida” va “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 7-bandning
birinchi xatboshisidagi “Bir yil” va “muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Tegishli taʼlim dasturida” va “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “bir yil” degan soʻzlar “tegishli taʼlim dasturida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ishlab chiqarish yoki diplom oldi amaliyotlaridan” va “bir yil” degan soʻzlar tegishli ravishda “yagona ishlab chiqarish amaliyotlaridan” va “tegishli taʼlim dasturida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “bir yil” degan soʻzlar va “tegishli taʼlim dasturida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “bir yil” va “oʻrta maxsus, kasb-hunar” degan soʻzlar tegishli ravishda “tegishli taʼlim dasturida” va “kasbiy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “bir yil” degan soʻzlar “tegishli taʼlim dasturida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti” degan soʻzlar “yagona ishlab chiqarish amaliyoti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12)
10-banddagi “bir yil” va “muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “tegishli taʼlim dasturida” va “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13)
11-banddagi “bir yil” va “muassasasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “tegishli taʼlim dasturida” va “tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 3-bobning
nomidagi “Bir yil” degan soʻzlar “Tegishli taʼlim dasturida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Bir yil” va “muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Tegishli taʼlim dasturida” va “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“14. Taʼlim tashkilotining Pedagogik kengashi tegishli taʼlim dasturida takroran oʻqitish uchun kursda qoldirilgan oʻquvchilarning qayta oʻqishini rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Ushbu qaror asosida taʼlim tashkiloti direktorining tegishli buyrugʻi rasmiylashtiriladi.”;
17)
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Agar tegishli taʼlim dasturida takroran oʻqitish uchun kursda qoldirilgan oʻquvchini qayta oʻqishini rasmiylashtirish davrida uni oʻqigan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) tugatilgan boʻlsa, oʻquvchining xohishiga koʻra shu taʼlim tashkilotidagi mos va turdosh yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha rasmiylashtirish masalasi ham ariza bilan birga taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashi tomonidan koʻrib chiqilishi va hal etilishi lozim.”;
18)
16-banddagi “muassasasi” degan soʻz “tashkiloti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
19)
17-banddagi “tegishli oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasiga” degan soʻzlar “hududiy kasbiy taʼlim boshqarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.