Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 30-dekabrdagi 53-2021-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3345, 2022-yil 24-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/3345/0063-son) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sohalari (taʼlim yoʻnalishlari) boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarining izoh qismi 3-bandi
toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.