Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 20-maydagi 54-son “Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2803, 2016-yil 20-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 25-son, 310-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 131-son “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a) 4-bandning
beshinchi xatboshisidagi “Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi yoxud mahalliy davlat hokimiyati organi” degan soʻzlar “davlat organi yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoxud boshqa tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 20-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi” degan soʻzlar “yashash joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.