Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 9-sentabrdagi 175-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3562, 2024-yil 22-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2024-y., 10/24/3562/0863-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (16-sonli BHS) “Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar”ning 25-bandi
ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organi” degan soʻzlar “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.