Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 2-noyabrdagi 601-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481, 2023-yil 6-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2023-y., 10/23/3481/0923-son) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 3-bandning “d” kichik bandi
beshinchi xatboshisi “nomzodlar” degan soʻzdan keyin “(shu jumladan, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan va bitiruvchi sertifikatini olgan nomzodlar)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2.
84-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan va belgilangan sertifikatga ega boʻlgan xodimlar xizmatga qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan boshliqning buyrugʻi bilan tegishli lavozimga tayinlanadi.
Bunda xodimlarni tegishli lavozimga tayinlash territorial va eksterritorial tamoyillar asosida amalga oshirilishi mumkin.”.