Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining (hisob raqami 261, 2024-yil 24-iyun)
474-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Toshkent shahri hududida qurilishi rejalashtirilayotgan balandligi yer yuzasidan 12 m va undan yuqori yoki umumiy maydoni 500 m2 va undan katta boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar, shuningdek umumiy hajmi 300 m3 va undan ortiq boʻlgan noturar joy binolari (sanoat obyektlari bundan mustasno) loyihalashtirilayotganda bino umumiy maydonining har 100 kvadrat metriga kamida bitta daraxt va ikkita buta koʻchatlari ekilishi lozim.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.