Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8 va 20-son qarori (roʻyxat raqami 2156, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 439-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
3. 5-ilovaning
matnidagi “doimiy yashash manzili” degan soʻzlar “yashash joyining manzili” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.