1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi OʻRQ-819-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa obyektlarni (matnda bundan keyin “mahsulotlar” deb yuritiladi) sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi.
Mazkur Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
“sertifikatlashtirish milliy tizimi” — davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashtirish oʻtkazishda oʻz tartib va boshqaruv qoidalariga ega boʻlgan tizim;
“mahsulotlarni sertifikatlashtirish” (matnda bundan keyin “sertifikatlashtirish” deb yuritiladi) — mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
“muvofiqlik sertifikati” — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
“muvofiqlik belgisi” — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini koʻrsatish uchun mahsulotga yoxud koʻrsatilgan xizmatga doir hujjatga qoʻyiladigan, belgilangan tartibda roʻyxatga olingan belgi;
“bir turdagi mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi” — ayni bir xil standartlar va qoidalar qoʻllaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi;
“sinov laboratoriyasini akkreditatsiya qilish” — sinov laboratoriyasining (markazining) muayyan mahsulot sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshirishga doir vakolatlarining rasmiy eʼtirofi.
“sifat boʻyicha ekspert-auditor” — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va tekshirish sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakasi boʻlgan mutaxassis;
“sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organi” — belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlangan mahsulot va sifatni boshqarish tizimini baholashni sertifikatlashtirish organlari topshirigʻiga binoan amalga oshiruvchi organ;
“nazorat yoʻsinidagi tekshiruv” — belgilangan talablarga muvofiqligini sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish chogʻida tasdiqlash maqsadida sertifikatlangan mahsulot, sifatni boshqarish tizimini yoki ishlab chiqarishni, sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini takroriy baholash taomili.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-sonli Qonuniga muvofiq xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
2-modda. Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari
Sertifikatlashtirish:
odamlarning hayoti, sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli boʻlgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish;
mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini taʼminlash;
mamlakat korxonalari, qoʻshma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
isteʼmolchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish;
mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) taʼkidlagan sifat koʻrsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda boʻladi.
3-modda. Sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Sertifikatlashtirish sohasidagi munosabatlar mazkur Qonun va unga muvofiq chiqariladigan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Basharti, xalqaro shartnoma yoki bitimda sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitimning qoidalari qoʻllaniladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.02 Sertifikatlashtirish boʻyicha organlar]
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzstandart” agentligi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish organidir.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
(5-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, sertifikatlashtirish oʻtkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular toʻgʻrisida rasmiy axborotlar eʼlon qilib boradi;
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni Hukumat muhokamasiga taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qoʻshilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini oʻzaro eʼtirof etish toʻgʻrisida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari boʻyicha boshqa davlatlar bilan oʻzaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi;
majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning roʻyxatini belgilaydi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdigʻiga kiritadi;
(5-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi OʻRQ-31-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 113-modda)
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlarini, sinov laboratoriyalarini (markazlarini), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlarini, shuningdek sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni akkreditatsiya qiladi;
sertifikatlangan mahsulotlarning, sifatni boshqarish tizimlarining, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlarining, sinov laboratoriyalarining (markazlarining), sifat boʻyicha ekspert-auditorlarning Davlat reyestrini yuritadi;
(5-moddaning ikkinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi OʻRQ-31-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 113-modda)
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishi ustidan va sertifikatlangan mahsulotlar ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi;
qonun hujjatlarining normalari buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilarini bekor qiladi hamda amal qilishini toʻxtatib qoʻyadi, sertifikatlashtirish organlarining akkreditatsiya qilinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarini bekor qiladi, sinov laboratoriyalarining (markazlarining) faoliyatini tugatadi.
“Oʻzstandart” agentligining sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyatini moliyaviy taʼminlash manbai — davlat budjeti mablagʻi, shuningdek “Oʻzstandart” agentligi koʻrsatayotgan xizmat uchun olinadigan haqdan iborat.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Tegishli sertifikatlashtirish tizimi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) muayyan mahsulotlarning sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshiradilar hamda sertifikatlashtirish maqsadlari uchun bayonnomalar beradilar.
“Oʻzstandart” agentligi oʻz vazifalarining bir qismini bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga) oʻtkazishga haqlidir.
(5-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
6-modda. Sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlari
Mahsulotlar (shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar), xizmatlar, shuningdek sifat tizimlari sertifikatlashtirish obyektlari hisoblanadi.
“Oʻzstandart” agentligining oʻzi, uning tomonidan akkreditatsiya qilingan yoki eʼtirof etilgan sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlari, sifat boʻyicha ekspert-auditorlar, shuningdek mahsuloti sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish subyektlaridir.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Sertifikatlashtirish subyektlari — yuridik shaxslar sertifikatlashtirish milliy tizimi doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik shaxslarning sertifikatlashtirish tizimlari “Oʻzstandart” agentligi belgilagan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.03 Sertifikatlashtirish faoliyatiga talablar]
II BOB. SERTIFIKATLAShTIRISh FAOLIYATIGA DOIR UMUMIY TALABLAR
7-modda. Muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisi
Mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangani taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi, tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega boʻladi.
Sertifikatlashtirish tizimida foydalaniladigan muvofiqlik sertifikatlarining, akkreditatsiya qilinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarning namunalari, milliy muvofiqlik belgisining shakllari va hajmlari “Oʻzstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari, sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda Davlat reyestridan oʻtkazilishi shart.
(7-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilmagan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari, sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari haqiqiy emas.
Muvofiqlik sertifikatidan, muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini hamda sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarini arizachi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga berishi man etiladi.
8-modda. Sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirish
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida sertifikatlashtirish faoliyatini hamda sertifikatlashtirish maqsadida sinovlar oʻtkazish faoliyatini amalga oshiradilar.
Mahsulotlar sertifikatlashtirilayotganda arizachiga sertifikatni yoki muvofiqlik belgisini qoʻllash huquqi muvofiqlik sertifikatini bergan akkreditatsiya qilingan tegishli sertifikatlashtirish organi bilan tuzilgan bitim asosida beriladi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
“Oʻzstandart” agentligi tayyorlovchilarni (ijrochilarni), sotuvchilarni, isteʼmolchilarni va boshqa manfaatdor shaxslarni sertifikatlashtirishning amaldagi tizimlari, ularning organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), ekspertlar toʻgʻrisida, shuningdek muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari va ularni qoʻllash qoidalari toʻgʻrisida xabardor etib boradi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Sertifikatlashtirish organlari arizachiga uning talabiga binoan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun kerakli axborotni berishlari shart.
Arizachi sertifikatlashtirish organining talabiga binoan sertifikatlashtirish bilan bogʻliq axborotni taqdim etishi shart, tijorat siri hisoblangan maʼlumotlar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
III BOB. MAHSULOTLARNI MAJBURIY VA IXTIYORIY SERTIFIKATLAShTIRISh
10-modda. Majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish
Majburiy sertifikatlashtirishni oʻtkazish ishlarini tashkil etish “Oʻzstandart” agentligi zimmasiga yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa sertifikatlashtirish organlariga (ularni albatta akkreditatsiya qilgan holda) yuklatiladi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Sertifikatlashtirilishi shart boʻlgan mahsulotlarning roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Odamlarning hayoti, sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan mahsulotlarni tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni tashish yoki saqlash xavfsizligini taʼminlovchi talablar boʻlmagan taqdirda, “Oʻzstandart” agentligi davlat boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda bunday talabnomalarning kechiktirmay ishlab chiqilishi va amalga kiritilishini taʼminlaydi.
(10 moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi OʻRQ–31-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 113-modda)
11-modda. Majburiy sertifikatlashtirishni oʻtkazish shartlari
Majburiy sertifikatlashtirish ishlab chiqarishni tekshirishni, mahsulot xususiyati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uni sinashni, nazorat yoʻsinidagi tekshiruvni va sertifikatlangan mahsulot ustidan nazoratni oʻz ichiga oladi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Sinovlar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) tomonidan tegishli normativ hujjatlarda belgilangan usullarda, bunday hujjatlar boʻlmagan taqdirda esa tegishli sertifikatlashtirish organlari ishlab chiqqan usullarda amalga oshiriladi.
Majburiy sertifikatlashtirish ishlari uchun arizachi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda haq toʻlaydi.
Arizachi oʻz mahsulotini majburiy sertifikatlashtirishdan oʻtkazishga sarflagan mablagʻlar summasi shu mahsulot tannarxiga qoʻshiladi.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan, ammo muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan mahsulotni targʻib qilish man etiladi.
12-modda. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlarga qoʻyiladigan talablar
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlar quyidagi hollarda:
sertifikatlashtirishga taqdim etilmagan boʻlsa;
sertifikatlashtirish talablariga muvofiq emasligi sababli sertifikatlashtirishdan oʻtmagan boʻlsa;
agar sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgan (bekor qilingan) boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi mumkin emas.
Qonunga xilof tarzda muvofiqlik belgisi bosilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish man etiladi.
13-modda. Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish vaqtidagi majburiyatlari
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi tayyorlovchilar (tadbirkorlar):
majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotni sertifikatlashtirishga taqdim etishlari;
sertifikatlangan mahsulotni sertifikatlash organlarining oʻzi yoki ular eʼtirof etgan organlar bergan sertifikat mavjud boʻlgan taqdirdagina realizatsiya qilishlari va uning normativ hujjatlar talablariga mos boʻlishini taʼminlashlari;
sertifikatlangan mahsulotni, basharti, u normativ hujjat talablariga muvofiq kelmasa, shuningdek sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoxud uning amal qilishi sertifikatlashtirish organining qarori bilan toʻxtatib qoʻyilgan yoki bekor qilingan boʻlsa, realizatsiya qilishni toʻxtatib qoʻyishlari yoki tugatishlari;
majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotni sertifikatlashtiruvchi va sertifikatlangan mahsulotni nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari oʻz vakolatlarini moneliksiz bajarishlari uchun sharoit yaratishlari;
sertifikatlangan mahsulot ishlab chiqarishning texnikaviy hujjatlariga yoki texnologik jarayoniga kiritilgan oʻzgartishlar haqida sertifikatlashtirish organini belgilangan tartibda xabardor etishlari;
ilova qilingan texnik hujjatda mahsulot muvofiq kelishi lozim boʻlgan sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda normativ hujjatlarni koʻrsatishlari va bu maʼlumotlar isteʼmolchi (xaridor, buyurtmachi) eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlashlari shart.
14-modda. Chetdan olib kelinadigan va chetga olib chiqib ketiladigan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish uchun tuziladigan kontraktlar (shartnomalar) shartida mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi, “Oʻzstandart” agentligi tomonidan berilgan yoki eʼtirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari boʻlishi nazarda tutilishi kerak.
Milliy muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari yoki boshqa davlatlarning “Oʻzstandart” agentligi tomonidan eʼtirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari arizachi (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan bojxona nazorati organlariga yukka taalluqli bojxona deklaratsiyasi bilan birgalikda taqdim etiladi va ular mahsulotni respublika hududiga olib kirishga ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar hisoblanadi.
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotning xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi hujjati boʻlmagan taqdirda bojxona nazorati organlari bu xususda “Oʻzstandart” agentligini xabardor etadilar hamda mahsulotni sertifikatlashtirishdan oʻtkazish yoki chet el sertifikatini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi masala sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq hal etilgunga qadar bu mahsulotni chetdan olib kirishni taqiqlab qoʻyadilar.
(14-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Sertifikatlashtirilishi shart boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
15-modda. Majburiy sertifikatlashtirish ishlarining davlat tomonidan moliyaviy taʼminoti
Quyidagi ishlar:
sertifikatlashtirishni rivojlantirishning istiqbollarini, uni oʻtkazish qoidalari va tavsiyalarini ishlab chiqish;
sertifikatlashtirish sohasida rasmiy axborotlar bilan taʼminlash;
xalqaro (mintaqaviy) sertifikatlashtirish tashkilotlari ishida qatnashish hamda chet el milliy sertifikatlashtirish organlari bilan birgalikda ishlar oʻtkazish;
sertifikatlashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni ishlab chiqishda qatnashish;
sertifikatlashtirish yuzasidan umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa ishlar olib borish;
sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazorati olib borish ishlari davlat tomonidan moliyaviy taʼminlanadi.
Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning, sotuvchilarning, ijrochilarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishlari ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini “Oʻzstandart” agentligining davlat inspektorlari qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiradi.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Sertifikatlangan mahsulot, sifatni boshqarish tizimlari, ishlab chiqarish, akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish organlari ustidan nazorat yoʻsinidagi tekshiruvni sifat boʻyicha ekspert-auditorlar “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(161-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Har qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʻtkazilishi mumkin.
18-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi subyektlar
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni “Oʻzstandart” agentligi belgilab qoʻygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqlidir.
(18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
19-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlari
Sertifikatlashtirish qoidalari va tartibini belgilovchi ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlarini akkreditatsiya qilingan organlar “Oʻzstandart” agentligi bilan kelishgan holda belgilaydilar.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
IV BOB. NIZOLARNI QARAB ChIQISh. SERTIFIKATLAShTIRISh TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda manfaatdor tomon “Oʻzstandart” agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga murojaat etishga haqlidir.
Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi toʻgʻrisidagi nizomni “Oʻzstandart” agentligi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
“Oʻzstandart” agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) qarorlari ustidan berilgan shikoyat arizalarini qarab chiqadi.
(21-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Shikoyat arizalari ikki hafta ichida qarab chiqiladi.
“Oʻzstandart” agentligining, Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarorlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
(21-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.04.00 Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
22-modda. Sertifikatlashtirish organlarining va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) javobgarligi
Sertifikatlashtirish organi:
muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof tarzda berganlik uchun;
arizachiga nisbatan qonunga xilof xatti-harakatlar qilganlik uchun;
arizachining tijorat siri hisoblangan maʼlumotlarni oshkor etganlik uchun javobgar boʻladi.
Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) sertifikatlashtirish organiga sinovlarning natijalari haqida notoʻgʻri maʼlumot berganlik uchun javobgar boʻladi.
Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) mazkur moddada aytib oʻtilgan xatti-harakatlar natijasida arizachiga yetkazilgan zararning oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻla hajmda qoplashlari shart.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.04.00 Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
23-modda. Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarligi
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan, ammo sertifikatlanmagan mahsulotni realizatsiya qilganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, realizatsiya qilingan mahsulot qiymati miqdorida jarima solinadi. Jarima nizosiz tartibda undiriladi. Jarimaning undirilishi majburiy sertifikatlashtirishni oʻtkazishdan ozod qilmaydi. Jarima majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etish ustidan tekshiruvni oʻtkazish qonun hujjatlari bilan zimmasiga yuklangan davlat boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan undiriladi.
LexUZ sharhi
“Sertifikatsiyalash qoidalarini buzganlik va isteʼmolchilarga zarar yetkazganlik uchun jarima sanksiyalari qoʻllash tartibi haqida”gi Nizom (roʻyxat raqami 111, 10.11.1994-y.)ga qarang.
(23-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-dekabr,
1006-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 50-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 113-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)