toggle_night_mode
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjat 07.07.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
DAVLAT MUKOFOTLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-apreldagi OʻRQ-473-sonli “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
1-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlanishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi uchun xizmat koʻrsatgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlanishlari mumkin.
2-modda.
“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni, Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari, medallari, faxriy unvonlari va Faxriy yorligʻi davlat mukofotlari hisoblanadi.
3-modda.
Davlat mukofotlari Oliy Majlis tomonidan taʼsis etiladi.
Davlat mukofotlariga doir nizomlar va ularning tavsiflari Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi.
4-modda.
Davlat mukofotlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti taqdirlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentini davlat mukofotlari bilan taqdirlash Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
5-modda.
Davlat mukofotlari guvohnomalarining namunalari, davlat mukofotlariga taqdim etish va ularni topshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
6-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir taqdimnoma Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Spikeri, Oliy Majlisning Senati Raisi, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud Raisi, Oliy sud Raisi, Oliy xoʻjalik sudi Raisi, Bosh prokuror, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, vazirliklar, idoralar va jamoat birlashmalari respublika organlarining rahbarlari tomonidan kiritiladi. Chet el fuqarolarini taqdirlashga doir taqdimnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda kiritiladi.
(6-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda.
Bir shaxs ayni bir orden, medal yoki Faxriy yorliq bilan, qoida tariqasida, bir marta taqdirlanadi.
Faxriy unvonlar takroran berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash shaxsning vafotidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin.
8-modda.
Fuqarolar navbatdagi mukofotga avval mukofot bilan taqdirlangan vaqtidan keyin kamida uch yil oʻtgach taqdim etiladilar. Favqulodda hollarda fuqarolar navbatdagi mukofotga avval taqdirlangan vaqtidan qatʼi nazar taqdim etilishlari mumkin.
9-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi farmonlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
10-modda.
“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni oliy darajadagi mukofot boʻlib, faqat bir marta beriladi.
“Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslarga “Oltin Yulduz” medali va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi hujjat topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi ordenlari quyidagilardan iborat:
“Mustaqillik” ordeni;
“Amir Temur” ordeni;
“Jaloliddin Manguberdi” ordeni;
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni;
“El-yurt hurmati” ordeni;
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni;
“Mehnat shuhrati” ordeni;
I va II darajali “Sogʻlom avlod uchun”ordeni;
I va II darajali “Shon-sharaf” ordeni;
“Doʻstlik” ordeni”.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining medallari quyidagilardan iborat:
“Oltin Yulduz” medali;
“Jasorat” medali;
Oldingi tahrirga qarang.
“Sodiq xizmatlari uchun” medali;
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 6-iyuldagi OʻRQ-98-sonli Qonuni bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 27-28-son, 279-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
“Shuhrat” medali.
13-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari berilgan shaxslarga belgilangan namunadagi koʻkrak nishoni va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi hujjat topshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
14-modda.
Ordenlar, medallar va boshqa mukofotlarning nishonlarini taqib yurish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Ordenlar, medallar va boshqa mukofotlarning nishonlarini taqib yurish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 6-apreldagi PF-1095-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari, medallarini, plankalardagi orden lentalari, medal lentalarini taqib yurish Qoidalari hamda orden va medallar lentalarining tavsifi”da, shuningdek, ordenlar, medallar va boshqa mukofotlar toʻgʻrisidagi alohida nizomlarda belgilangan.
15-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mukofotlari bilan fuqarolar bilan bir qatorda ayrim hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar va harbiy boʻlinmalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy birliklari ham mukofotlanishi mumkin.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 255-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9 -son, 120-modda)
16-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlardan foydalanadilar hamda bir marta beriladigan pul mukofoti yoki shu qiymatdagi esdalik sovgʻasini oladilar.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 255-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9 -son, 120-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda.
Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar mukofotlar saqlanishini taʼminlashlari lozim.
Davlat mukofotlari, shuningdek ularga doir hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, taqdirlanganlar mukofotlarga nisbatan oʻz huquqlarini saqlab qoladilar.
Davlat mukofotlari tang ahvolga tushish natijasida yoʻqotilgan taqdirda istisno tariqasida ordenlar, medallar va koʻkrak nishonlarining asliga teng nusxalari berilishi mumkin.
Mukofot bilan taqdirlanganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek Faxriy yorliq yoʻqolgan taqdirda ularning asliga teng nusxalari belgilangan tartibda beriladi.
18-modda.
Davlat mukofotlaridan:
shaxs ogʻir jinoyat sodir etgani uchun hukm qilinganida — sudning qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibdagi taqdimnomasiga binoan;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 52-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksining 531-moddasi yettinchi qismi.
shaxs oʻz shaʼnini badnom etuvchi xatti-harakatlar sodir etganida — taqdirlash toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish huquqiga ega boʻlgan organning taqdimnomasiga binoan mahrum etiladi.
Davlat mukofotlaridan mahrum boʻlganlik, belgilangan imtiyozlardan ham mahrum qilinishiga sabab boʻladi.
Davlat mukofotlaridan mahrum etilgan shaxsga qarashli davlat mukofoti va mukofotga doir hujjat qaytarilishi lozim.
19-modda.
Noqonuniy hukm qilingan va toʻla oqlangan fuqarolarning davlat mukofotlariga nisbatan huquqlari tegishli organlarning iltimosnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tiklanishi mumkin.
20-modda.
Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻzlariga qarashli boʻlgan davlat mukofotlari va ularga doir hujjatlarni oʻzlari bilan olib ketish huquqiga egadirlar.
Tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan davlat mukofotlarini olib chiqib ketish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi.
21-modda.
Orden, medal, faxriy unvonga doir koʻkrak nishonini noqonuniy ravishda taqib yurish, sotib olish, sotish, almashish yoki oʻzga tarzda haq evaziga birovga berish qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
 LexUZ sharhi
Orden, medal, faxriy unvonning koʻkrakka taqiladigan nishonini qonunga xilof ravishda taqib yurish, sotib olish, sotish, ayirboshlash yoki birovga boshqacha tarzda haq evaziga berganlik uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 209-moddasida belgilangan.
22-modda.
Tashqi koʻrinishi davlat mukofotlariga oʻxshash boʻlgan koʻkrak nishonlarini taʼsis etish va tayyorlash taqiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
176-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 266-modda; 1996-y., 5-6-son, 63-modda, 9-son, 120-modda; 1998-y., 9-son, 163-modda; 2000-y., 7-8-son, 202-modda; 2003-y., 9-10-son, 140, 149-moddalar; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2007-y., 27-28-son, 279-modda; 2008-y., 18-son, 143-modda; 2012-y., 37-son, 422-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 03/17/451/0473-son)