Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasi bilan oʻzaro foydali iqtisodiy va texnikaviy hamkorligini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston—Indoneziya hukumatlararo komissiyasi tuzilsin, unga respublika vazirliklari va idoralarning, davlat, aksiyadorlik va xususiy korxonalarning, jamoat tashkilotlari va uyushmalarining Indoneziya Respublikasi bilan iqtisodiy va texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasi yuklansin.
2. Hukumatlararo komissiyaning Oʻzbekistonga oid qismi tarkibi ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
Belgilasinki, hukumatlararo komissiyaning Oʻzbekistonga oid qismi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
3. Iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston—Indoneziya hukumatlararo komissiyaning kotibiyati funksiyasini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yuklansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga yuklansin.