Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasi bilan oʻzaro foydali iqtisodiy va texnikaviy hamkorligini faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston—Indoneziya hukumatlararo komissiyasi tuzilsin, unga respublika vazirliklari va idoralarning, davlat, aksiyadorlik va xususiy korxonalarning, jamoat tashkilotlari va uyushmalarining Indoneziya Respublikasi bilan iqtisodiy va texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish funksiyasi yuklansin.
3. Iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston—Indoneziya hukumatlararo komissiyaning kotibiyati funksiyasini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga yuklansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga yuklansin.