toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “PENSIYALAR, NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA RESPUBLIKANING BUDJET MUASSASALARI VA TAShKILOTLARIDA ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA” 1995 YIL 16 AVGUSTDAGI PF–1213-SON FARMONIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ-227-son, “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-sonli qarorlariga muvofiq hamda xalq taʼlimi va tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi joriy etilganligi munosabati bilan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-son Farmoni 8-bandining barcha turdagi tibbiyot muassasalari va umumtaʼlim maktablariga taalluqli boʻlgan qismi 2006-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-aprel,
PF-3730-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 114-modda)