1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
BUYRUGʻI
ELITA VA KEYINGI AVLODLARGA MANSUB URUGʻLIK PAXTA YETIShTIRISh HUQUQIGA EGA BOʻLISh UChUN XOʻJALIKLAR OʻRTASIDA TANLOV OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 13-martda 1551-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 31-yanvardagi “2006-yilda paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-271-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur buyruq kuchga kiritilgan vaqtdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2003-yil 18-yanvardagi 14-sonli “Urugʻlik paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni tanlov asosida roʻyxatga olish haqidagi” buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning oʻrinbosari O.Ollaberganov zimmasiga yuklatilsin.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-fevral,
39-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 21-fevraldagi 39-sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 497-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-yanvardagi PQ-271-sonli qarorlariga muvofiq shirkat va fermer xoʻjaliklariga elita va keyingi avlodli urugʻlarini yetishtirish huquqini berish uchun tanlov oʻtkazish qoidalarini belgilaydi.
1. Tumanda urugʻlik paxta yetishtirish maydoni, urugʻlik uchun ekiladigan gʻoʻza navlari va kutiladigan urugʻlik paxta xomashyosi hajmlari gʻoʻza urugʻchiligi Respublika markazi hududiy birlashmalari takliflari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan belgilanadi.
2. Tuman hokimi elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov oʻtkazish komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi va tanlovni eʼlon qilish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Komissiya tarkibiga tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (komissiya raisi), tuman urugʻchilik inspeksiyasi, tuman oʻsimliklarni himoya qilish boʻlimi, tuman yer tuzish va kadastr boʻlimi, tuman texnika nazorati boʻlimi, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi hosiloti va boshqa tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari kiritilishi lozim.
3. Komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda yigʻilish oʻtkazishga haqli hisoblanadi.
Urugʻlik paxta yetishtirish toʻgʻrisidagi huquq 1 yilga beriladi.
4. Tuman hokimining tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari boshqaruvi (maʼmuriyati) binolarida osib qoʻyilishi kerak. Eʼlonda tanlovning oʻtkazish vaqti va joyi, taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxati va tanlov oʻtkazish tartibi koʻrsatilishi lozim.
5. Tanlov uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinib, eʼlon qilingan kundan boshlab 30 kundan keyin oʻtkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish huquqiga paxta yetishtiruvchi shirkat, fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklar ega.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-dekabrdagi 604-sonli qarori bilan tasdiqlangan gʻoʻzaning roʻyxatdan oʻtkazilgan navlari urugʻini yetishtirish boʻyicha elita-urugʻchilik xoʻjaliklari oʻz faoliyatini davom ettirgan holda tanlovda ishtirok etishdan ozod qilinadi.
7. Komissiya elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun ruxsat berish boʻyicha tanlov oʻtkazadi. Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlash uchun tuman hokimiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnoma nusxalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari hamda gʻoʻza urugʻchiligi Respublika markazining hududiy birlashmalariga taqdim etiladi.
8. Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
9. Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan boshlab 30 kun davomida arizalar qabul qilinadi.
10. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlov eʼlon qilingan kunning 30-kuni soat 18-00 da toʻxtatiladi. Agar 30-kun dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuni soat 18-00 da arizalarni qabul qilish toʻxtatiladi.
11. Ariza va hujjatlarni komissiyaning kotibi qabul qiladi. Komissiyaning kotibi daʼvogarlarga tanlovda yuqori ball olishi uchun imkon beradigan barcha holatlarni tushuntirib, lozim boʻlganda uning hujjatlaridagi kamchiliklarni ishchi tartibda bartaraf etish choralarini koʻradi. Komissiya kotibi tanlovda ishtirok etish kunigacha daʼvogarning baholanadigan imkoniyatlarini asoslantiruvchi hujjatlarning toʻliq taqdim qilinishini, ularning toʻgʻri rasmiylashtirilishini taʼminlashga koʻmaklashishi lozim.
III. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash tartibi
12. Tanlov 5 ish kunida oʻtkaziladi. Tanlov ikki bosqichdan iborat boʻladi:
birinchi bosqichda hujjatlarning toʻliqligi va mazmuni tekshiriladi;
ikkinchi bosqichda daʼvogarlarning arizalarida bayon qilingan imkoniyatlarining asoslanganligi oʻrganib chiqiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.
13. Daʼvogarlar imkoniyatlari 10 ballik reyting shkalasida baholanadi.
14. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda komissiya muayyan elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun berilgan ariza taqdim etgan daʼvogarlarning hujjatlari asosida ularning takliflarini puxta oʻrganib chiqadi. Bunda ariza beruvchining oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarning toʻliqligi va haqiqatga yaqinligi hamda ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
15. Tanlovda ishtirok etuvchi qatnashuvchilarni tanlashning birinchi bosqichida daʼvogarlarning imkoniyatlari quyidagi koʻrsatkichlar asosida baholanadi:
a) xoʻjaliklarning yer unumdorligi (tuman yer tuzish va kadastr boʻlimi maʼlumoti)ga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
b) xoʻjaliklarning suv taʼminoti (tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi maʼlumotlari)ga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Yerlarni shoʻrlanganlik darajasi, suv yoʻllariga mosligi, sizot suvlarning joylashuvi, keyingi 3 yilda gʻoʻza kasalliklari va zararkunandalariga chalinmaganligi va boshqa koʻrsatkichlar inobatga olinadi.
v) xoʻjalikda ishlayotgan xodimlarning mutaxassisligi toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma)ga asosan 5 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
g) daʼvogarning qishloq xoʻjaligidagi ish stajini aniqlashda mehnat daftarchasiga asosan faqat urugʻchilik sohasida oʻtalgan ish staji inobatga olinadi va 6 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Bunda komissiyaga mehnat daftarchasining asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
d) xoʻjalikda ishlayotgan xodimlarning maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma)ga asosan 5 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
e) daʼvogarning majburiyatlardan xoli pul mablagʻlari mavjudligi bank tomonidan berilgan maʼlumotnomada tasdiqlangan boʻlishi lozim. Bank maʼlumotnomasi bank Boshqaruvi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi shart.
j) daʼvogarning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi ularning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib 1 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Komissiyaga texnika vositalari texnik pasportlarining asl nusxalari taqdim etiladi.
Tanlovga taklif etilgan texnika vositalari quyidagilar asosida baholanadi:
texnika vositalarini baholashda faqatgina texnik pasportidagi texnik sozligi toʻgʻrisidagi belgi mavjud boʻlgan texnika vositalarigina inobatga olinadi;
taklif etilgan barcha turdagi texnika vositalari uchun qoʻyilgan ballar yigʻindisi 15 balldan oshmasligi lozim.
z) daʼvogar soʻnggi uch yilda paxta xomashyosi yetkazib berish shartnomalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi tuman statistika boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumot asosida 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Daʼvogarning har bir koʻrsatkichi boʻyicha tegishli ballni berish masalasi komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar asosida koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir koʻrsatkich boʻyicha bitta ball beriladi.
16. Yigʻilishda komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovoziga koʻra qoʻyilgan reyting ballariga asosan tanlov gʻoliblari aniqlanadi.
Tanlovda har bir komissiya aʼzosi tomonidan daʼvogarga qoʻyilgan ballar yigʻindisi komissiyada ball qoʻygan aʼzolar soniga boʻlinadi va daʼvogarga qoʻyilgan oʻrtacha ball hisoblab chiqariladi.
17. Eng koʻp ball toʻplagan daʼvogar tanlov gʻolibi deb komissiya raisi tomonidan eʼlon qilinadi.
18. Tumanda urugʻlik yetishtirish uchun talab etiladigan maydonga qarab, keyingi oʻrinlarni egallagan daʼvogarlar ham urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻladi.
19. Komissiya yakuniy yigʻilishining bayonnomasi mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda ikki nusxada tuzilib, komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
20. Komissiyaning yakuniy yigʻilishi bayoni va unga ilova qilingan hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar gʻoʻza urugʻchiligi birlashmalariga yuboriladi (tuman hokimiyati qoshidagi komissiya bilan kelishgan holda).
IV. Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun daʼvogarlarni tanlash va tanlov oʻtkazish ishlari boʻyicha hujjatlarni yuritish
21. Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun daʼvogarlarni tanlash va tanlov oʻtkazish boʻyicha hujjatlari komissiya kotiblari tomonidan yuritiladi. Komissiya kotibi, qoida tariqasida, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi xodimi boʻladi.
22. Komissiyaning daʼvogarlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq barcha hujjatlari alohida yigʻma jildlarda saqlanadi. Mazkur hujjatlar urugʻchilik xoʻjaliklarining barchasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng 2 hafta mobaynida respublika gʻoʻza urugʻchiligi markazining idoraviy arxiviga topshiriladi.
23. Har bir yigʻma jildda quyidagi hujjatlar tikilishi lozim:
a) tanlovlarga daʼvogarlar tomonidan taqdim etilgan arizalari va unga ilova qilingan hujjatlar;
b) komissiyaning tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlari;
v) tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasi;
g) komissiyaning har bir ariza boʻyicha daʼvogarlarni tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarorlari;
d) har bir komissiya aʼzosi tomonidan toʻldirilgan tanlov varaqalari;
e) tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballar hisob-kitobi;
j) tanlov oʻtkazish yakunlari yuzasidan komissiya tomonidan qabul qilingan bayonnomalari;
z) daʼvogarlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar.
Jildga reyting ballari berishga asos boʻlgan barcha hujjatlar (shu jumladan asli taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari) tikilishi shart.
24. Komissiyaning faoliyatiga doir hujjatlarni toʻliq yuritilishi, saqlanishi va belgilangan muddatlarda arxivga topshirilishiga komissiya raisi va kotibi shaxsan javobgar hisoblanadi.
25. Urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlgan shirkat, fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklarining javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligida 2005-yil 12-fevralda 1449-son bilan roʻyxatga olingan “Vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot va elita-urugʻchilik xoʻjaliklari, paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar, gʻoʻza urugʻchiligi va seleksiyasi masalasiga aloqador boʻlgan mansabdor shaxslarning yakuniy natijalar uchun aniq javobgarligini nazarda tutuvchi nizomiga asosan belgilanadi.
26. Mazkur Nizomda belgilangan talablar buzilgan holda xoʻjaliklar oʻrnatilgan tartibda urugʻlik yetkazish huquqidan mahrum etiladi.
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi E. ZIKRIYOEV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-fevral,
Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlovini oʻtkazish sxemasi
Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi
4
Xoʻjalik xodimlarining qishloq xoʻjaligidagi ish staji
15 yil va undan yuqori 10 yildan 15 yilgacha 5 yildan 10 yilgacha 3 yildan 5 yilgacha 1 yildan 3 yilgacha
10 ball 9 ball 8 ball 7 ball 6 ball
Mehnat daftarchasi yoki uning belgila�gan tartibda tasdiqlangan nusxasi
5
Xoʻjalik xodimlarining maʼlumoti
Oliy Oʻrta maxsus Oʻrta
10 ball 7 ball 5 ball
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi
6
Daʼvogar hisobvaragʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻi yoki mol-mulki
10 mln. soʻmdan yuqori 5 mln. — 10 mln. soʻmgacha 1 mln. — 5 mln. soʻmgacha 500 mingdan — 1 mln. soʻmgacha
10 ball 8 ball 6 ball 4 ball
Bank maʼlumotnomasi. Tanlovga mol-mulk taklif etilgan taqdirda, uning bahosini va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat
7
Daʼvogarga tegishli yaroqli texnika
Haydov traktori yoki oʻrim texnikasi. Ishlov berish traktori. Transport traktori. Yuk mashinasi. Yengil mashinasi. Boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi
Elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paxta yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA