toggle_night_mode
Hujjat 16.03.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA XORIJIY OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING TELERADIOMAHSULOTLARINI TARQATISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 7-FEVRALDAGI PQ–277-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-fevraldagi PQ–277-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-mart,
47-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 16-martdagi 47-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda):
a) 2-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish shartlarini, mamlakatimiz teleradioeshittirishlarini boshqa davlat hududida tarqatish, Oʻzbekiston axborot tarmogʻining jahon tarmoqlariga integratsiyalashuvi tartibi va shartlarini belgilash”;
b) 3-band ikkinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini berish yoxud rad etish (bekor qilish) toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish”;
uchinchi—beshinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi—oltinchi xatboshi hisoblansin;
6-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish shartlarini, mamlakatimiz teleradioeshittirishlarini boshqa davlat hududida tarqatish, Oʻzbekiston axborot tarmogʻining jahon tarmoqlariga integratsiyalashuvi tartibi va shartlarini belgilash”;
7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tegishli davlat organlarining xulosalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini berish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi”;
8-band ikkinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini berish yoxud rad etish (bekor qilish) toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish”;
uchinchi—yettinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi—sakkizinchi xatboshi hisoblansin;
9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish tartibiga rioya qilinishini belgilangan tartibda nazorat qiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 47-modda) 4-ilovada:
1-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda “Agentlik” deb yuritiladi) aloqa, axborotlashtirish va radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi vazifalarni hal qilish va davlat siyosatini oʻtkazish uchun vakolat berilgan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi, shuningdek elektron raqamli imzodan foydalanish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasida maxsus vakolatli organ hisoblanadi”;
8-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish sohasida maxsus vakolatli organ funksiyalarini amalga oshirish”;
9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini olish uchun taqdim qilingan hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazishni tashkil qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 87-modda; 2012-y., 52-son, 589-modda)