1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Elektr energiyasi yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar munosabatlarini tartibga solishning bozor mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 32-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 1-son, 4-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“elektr energiyasining tegishli miqdori uchun oldindan toʻlov amalga oshirilgan taqdirda elektr energiyasining shartnomaviy miqdorini oʻzgartirish. Bunday talabnoma nazarda tutilayotgan oʻzgartirishlardan (joriy oy tugashidan) 10 kundan kechikmay berilishi lozim”;
141-band quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“isteʼmolchining belgilangan tartibda kiritilgan takliflariga muvofiq besh kun muddatda oylik shartnomaviy miqdorga oʻzgartirishlar kiritish, elektr energiyaning oylik shartnomaviy miqdorini koʻpaytirish (kamaytirish) imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa — bu toʻgʻrisida isteʼmolchiga rad etishning sababini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabar qilish”;
“Elektr energiyasini uzib qoʻyish texnogen va avariya oqibatlariga olib kelishi mumkin boʻlgan oʻta xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalarining muddati oʻtgan qarzdorligi paydo boʻlgan hollarda, toʻlamaganlik uchun elektr energiyasi uzatishni cheklash energiya taʼminotining texnologik va avariya broni miqdorigacha, toʻliq uzib qoʻyish esa — faqat sud qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
32-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 55-modda)