1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.04.00 Ulgurji savdo]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ULGURJI VA ChAKANA SAVDONI LIBERALLAShTIRISh HAMDA UNI RIVOJLANTIRISh UChUN QULAY ShART-ShAROIT YaRATISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PF-4841-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Savdo sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ulgurji savdo tizimini yanada takomillashtirish, ulgurji, chakana savdo bilan isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻrtasida barqaror shartnomaviy munosabatlar uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholiga savdo xizmati koʻrsatish sifati darajasini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbeksavdo” va “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalari muassislarining “Oʻzbeksavdo” va “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalarini, shuningdek, hududiy savdo-ishlab chiqarish “Savdo” aksiyadorlik kompaniyalarini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tugatilayotgan va qisqartirilayotgan tuzilmalar faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarning tasdiqlangan koʻrsatkichlariga zarur tuzatishlar kiritsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktabrdagi R-2360-sonli farmoyishi bilan tuzilgan ishchi guruhning, ilovaga muvofiq, isteʼmol tovarlarining asosiy guruhlari boʻyicha hududiy (viloyatlararo, tumanlararo va viloyat) bazalari tarmoqlariga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan respublika ulgurji baza-kontoralarini shakllantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Mazkur respublika ulgurji baza-kontoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda Ulgurji savdo korxonalari uyushmasini tashkil qilish zarur deb hisoblansin.
3. Quyidagilar respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
chakana savdo korxonalarini, ayniqsa qishloq, borish qiyin va togʻli hududlarda joylashgan korxonalarni tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hajm va turdagi isteʼmol tovarlari bilan barqaror taʼminlash;
ichki isteʼmol bozorida marketing tadqiqotlari olib borish, mamlakatimiz korxonalari bilan barqaror savdo aloqalari oʻrnatish va sanoat hamda oziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish uchun buyurtmalarni joylashtirish;
chakana savdo tashkilotlari tomonidan beriladigan buyurtmalar asosida bozorni isteʼmol tovarlari bilan taʼminlash, jumladan respublikada ishlab chiqarish cheklangan yoki chiqarilmaydigan tovarlarni import boʻyicha xarid qilish hisobiga amalga oshirish;
zamonaviy ulgurji-savdo texnologiyalarini joriy etish, texnika bilan jihozlash masalalarida, shuningdek aylanma mablagʻlarni shakllantirishda hududiy bazalarga yordam koʻrsatish.
Belgilansinki, yuridik shaxs hisoblanuvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji bazalari ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi, faoliyat koʻrsatayotgan va yangidan tashkil etilayotgan respublika hamda viloyat ulgurji bazalari, shu jumladan, tugatilayotgan “Oʻzbeksavdo” va “Oʻzbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalari tizimiga kiruvchi ulgurji bazalar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uning muassislari boʻladilar.
4. Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi bir oy muddatda belgilangan tartibda ixtisoslashtirilgan hududiy bazalar roʻyxatini, Respublika ulgurji baza-kontoralari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni, shuningdek, ulgurji savdoni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalarni olish tartibini belgilab beradigan hujjatlar paketini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritsin.
5. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
ixtisoslashtirilgan ulgurji baza kontoralar, ularning hududiy bazalari, viloyat “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari, isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi va chakana savdo korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro savdo munosabatlari uzoq muddatli va oʻrta muddatli shartnoma asosida quriladi;
ixtisoslashtirilgan urgurji baza-kontoralar va ularning hududiy bazalari, shuningdek, viloyat “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalari chakana savdo korxonalari respublikaning qaysi hududida joylashganidan qatʼi nazar ular bilan oldi-sotdi shartnomalarini tuzish huquqiga egadirlar.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
6. Quyidagilar:
respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy bazalari;
borish qiyin va togʻli hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan chakana savdo korxonalari besh yil muddatga mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
2006-yilning 1-aprelidan boshlab borish qiyin va togʻli hududlarda yangi tashkil etilayotgan savdo korxonalari uchun roʻyxatga olish yigʻimi summasi bitta eng kam ish haqi miqdorida belgilansin.
7. Moliya vazirligi Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralar va ularning hududiy bazalari tomonidan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
oʻn kun muddatda ushbu Farmonni ijro etishga oid hujjatlar, jumladan Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi, ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari, savdo faoliyatini amalga oshirish talablarini tasdiqlash, shuningdek, “Oʻzbekbirlashuv” va “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyalarini tugatish boʻyicha komissiyani tuzish borasidagi hujjatlarning loyihalarini kiritsin;
ikki oy muddatda “Matlubotsavdo” hududiy kompaniyalarining faoliyatini oʻrganib chiqsin va uning natijalariga koʻra ular faoliyati samaradorligini oshirish hamda qishloq, borish qiyin va togʻli hududlar aholisining zarur tovarlarga boʻlgan talab-ehtiyojini qondirish boʻyicha takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-fevral,
PF-3722-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-fevraldagi PF-3722-sonli Farmoniga ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari
roʻyxati
№
Ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralar
Ixtisoslashuv yoʻnalishi
Joylashgan manzili
Ulgurji baza-kontoralar quyidagi korxonalar negizida tashkil etiladi
1.
“Gazmol”
Barcha turdagi tekstil mahsulotlari ulgurji savdosi
Toshkent shahri, Qushbegi koʻchasi, 20-a uy
Toshkent “Gazmol” OAJ
2.
“Kiyim”
Kiyim va tikuv mahsulotlari ulgurji savdosi
Toshkent shahri, Tolariq koʻchasi, 36-uy
Toshkent “Kiyim” OAJ
3.
“Poyafzal va sport mollari”
Barcha turdagi poyafzallar, jismoniy tarbiya va sport mollari, mototsikllar, velosipedlar va ularga ehtiyot qismlar ulgurji savdosi
Toshkent shahri, Tolariq koʻchasi, 26-uy
Toshkent “Poyafzal va sport mollari” OAJ, Toshkent “Sport mollari” OAJ
4.
“Xoʻjalik va qurilish mollari”
Barcha turdagi xoʻjalik isteʼmol mahsulotlari, mebellar va qurilish mollari ulgurji savdosi
Toshkent shahri, Tolariq koʻchasi, 24-uy
Toshkent “Xoʻjalik mollari” OAJ, Toshkent “Jihoz” OAJ
5.
“Madaniy mollar”
Madaniy-maishiy mahsulotlar, teleradioaparaturalari, kompyuter texnikasi, qogʻoz va kanselyariya mahsulotlari, maktab oʻquv qurollari ulgurji savdosi
Toshkent shahri, Shohsanam koʻchasi, 5-uy
Toshkent “Madaniy mollar” MChJ
6.
“Attorlik”
Attorlik-galantereya, gilam, gilam buyumlari, paypoq mahsulotlari va yuvish vositalari ulgurji savdosi
Toshkent shahri, Jomiy, Mavzuk tor koʻchasi, 5-uy
Toshkent “Attorlik” OAJ
7.
“Oziq-ovqat mollari”
Goʻsht-sut, baliq, baqqollik-qandolat mahsulotlari va meva-sabzavot konservalari ulgurji savdosi
Toshkent shahri, Oltinkoʻl 2-tor koʻchasi, 115-uy
Toshkent “Goʻsht-sut savdo” OAJ Toshkent “Baqqollik” OAJ