toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2019
Hujjat 13.09.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAʼLIM MUASSASALARINI DAVLAT AKKREDITATSIYASIDAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470 -sonli “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 25-moddalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-fevral,
21-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 10-fevraldagi 21-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 25-moddalariga muvofiq idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari)ni davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Taʼlim muassasalari davlat akkreditatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “Davlat test markazi tarkibida Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 11-martdagi 109-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 24-iyundagi 293-son qarorlari hamda mazkur Nizom asosida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Attestatsiya taʼlim muassasasi faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanib, taʼlim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
4. Davlat akkreditatsiyasi taʼlim muassasasi faoliyatining davlat taʼlim standartlari mezon va talablariga javob berishining davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda uning bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlarni topshirish huquqini berishdan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etilgan taʼlim muassasalari birinchi attestatsiyadan oʻtgunga qadar akkreditatsiyalangan deb hisoblanadi.
6. Litsenziyaga ega boʻlgan, davlat akkreditatsiyasidan oʻtmagan nodavlat taʼlim muassasalari bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim dasturlari boʻyicha imtihonlar topshirgandan keyin beriladi.
7. Taʼlim muassasalari attestatsiyasi Davlat test markazi tomonidan tashkil etiladi hamda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Attestatsiya oʻtkazish tartibi
8. Taʼlim muassasasi 5 yilda bir marta reja boʻyicha attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Yangi tashkil etilgan taʼlim muassasasi attestatsiyasi birinchi bitiruv yakunlariga koʻra taʼlim oluvchilar tayyorlash davri toʻla tugagandan soʻng oʻtkaziladi.
10. Attestatsiya jarayonida taʼlim turlari boʻyicha taʼlim muassasalarining oxirgi uch yillik faoliyatini kompleks tahlil etish asosida quyidagilarga alohida eʼtibor beriladi:
a) maktabgacha taʼlim muassasalarida:
taʼlim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi;
tarbiyalanuvchilarning taʼlim-tarbiya dasturlarini oʻzlashtirish darajasi;
tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati;
bolalar rivoji uchun oʻyinchoqlar, uslubiy qoʻllanma va bolalar adabiyoti bilan taʼminlanganligi, sport maydonchalari va zarur sharoitlarning yaratilganligi, ovqatlanish hamda dam olish xonalarining belgilangan sanitariya-gigiyenik va estetik talablarga mosligi, shuningdek, foydalanish holati;
b) umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida:
taʼlim jarayoniga davlat taʼlim standartlarining joriy etilganligi;
oʻquvchilar bilim darajalarining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligi;
oʻquv-uslubiy ishlarning olib borilishi va oʻquvchilarning darslik hamda uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlanganlik darajasi;
pedagog kadrlar salohiyati;
taʼlim jarayoniga zamonaviy oʻqitish uslublari va axborot texnologiyalarining joriy etilganligi;
moddiy-texnik salohiyatni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturining bajarilish holati;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning tashkil etilish sifati;
oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarining sifati;
reyting baholash tizimining qoʻllanilish sifati;
v) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida:
oʻquv-tarbiyaviy jarayonning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tashkil etilganligi;
taʼlim muassasalarining normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlanganlik darajasi va ularning taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etilganlik holati;
oʻquvchilarning oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirish darajasi (bilimi);
pedagog, muhandis-pedagog kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasi va ularning sifat tarkibi;
oʻquv rejasidagi fanlar boʻyicha zarur oʻquv adabiyotlari (darslik, oʻquv qoʻllanma, lugʻat, maʼruzalar toʻplami, uslubiy qoʻllanma, elektron darslik)ning mavjudligi va kutubxona fondining ular bilan toʻldirilganligi;
kutubxonaning oʻqitish tiliga mos holda oʻquv, uslubiy, siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitilishi;
moddiy-texnik taʼminoti, oʻquv, laboratoriya va amaliyot xonalari hamda ustaxonalarning jihozlanishi, axborot kommunikatsion texnologiyalarining joriy etilganligi, kompyuterlashtirish darajasi, moddiy-texnik bazasining mavjud taʼlim yoʻnalishlariga mosligi;
mavjud oʻquv-laboratoriya jihozlari, dastgoh, asbob-uskuna va texnikalarning oʻquv jarayonida ishlatilishi;
zamonaviy pedagogik texnologiyalarning oʻquv jarayonida qoʻllanilishi;
iqtidorli oʻquvchilar, respublika va xalqaro fan olimpiadalari, koʻrik-tanlovlar gʻoliblari salmogʻi;
taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi, taʼlim muassasalarida vasiylik kengashlarining tashkil etilganligi hamda ular faoliyatining samarasi;
kasbga yoʻnaltirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarining samaradorligi, taʼlim muassasasiga oʻquvchilar qabul qilish jarayonining tashkil etilishi va amalga oshirilishi;
bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichlariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashish darajasi;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning reja asosida tashkil etilganligi va uning samarasi;
oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar hamda ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish holati;
g) oliy taʼlim muassasalarida:
davlat taʼlim standartlarining oʻquv jarayoniga joriy etilishi;
talabalarning fan dasturlarini oʻzlashtirish darajasi (bilimi);
professor-oʻqituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati;
ilmiy-tadqiqot ishlarining isteʼmolchilar talablaridan kelib chiqib olib borilayotganligi;
talabalarning darslik (jumladan, elektron darsliklar) va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlanganlik darajasi;
moddiy-texnik taʼminoti, oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlashtirish salmogʻi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan toʻldirilish holati va ulardan foydalanilishi hamda foydali oʻquv-laboratoriya maydoni bilan taʼminlanganlik darajasi;
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi;
taʼlimning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasi;
aspirantura va doktorantura orqali hamda mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyati;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bilan hamkorligi;
maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati;
bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichlariga oʻqishga yoki ishga joylashishi;
xalqaro hamkorlikning yoʻlga qoʻyilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalarida:
davlat talablarining oʻquv jarayoniga joriy etilishi;
moddiy-texnik, oʻquv-laboratoriya taʼminoti, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanish holati;
ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyati va ular faoliyatining samaradorligi;
oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi (jumladan, multimedia va boshqa uslublarning qoʻllanilishi);
taʼlimning ishlab chiqarish bilan integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlik faoliyati.
11. Taʼlim muassasalari attestatsiyasi xolislik, toʻla oshkoralik, davriylik va pedagogik etika meʼyorlariga amal qilingan holda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Davlat test markazi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari va texnologiyalarini ishlab chiqadi hamda attestatsiya ular asosida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar attestatsiya jadvalini hamda attestatsiya tekshiruviga oid hujjatlarni attestatsiya boshlanishidan 3 oy oldin Davlat test markazidan oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Davlat test markazida attestatsiya qilinuvchi taʼlim muassasasi uchun attestatsiya bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar yigʻma jildi rasmiylashtiriladi. Unda:
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat test markazi direktorining komissiya tuzish haqidagi buyrugʻi;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim muassasasining komissiyaga taqdim etgan hujjatlari nusxalari;
attestatsiya natijalari boʻyicha komissiya xulosasi;
attestatsiya natijalari boʻyicha Davlat test markazi direktorining buyrugʻi jamlanadi.
Hujjatlar yigʻma jildi navbatdagi attestatsiya oʻtkazilgunga qadar Davlat test markazida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Attestatsiya komissiyalarini tashkil etish va ularning tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.
15. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Davlat test markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda qoʻshma qaror qabul qiladi. Attestatsiya komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya)lari tarkibiga mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼul xodimlari, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mutaxassislari, fan va taʼlim kasaba uyushmasi hamda jamoatchilik vakillari jalb etiladi. Komissiyani tuman (shahar) hokimining masʼul oʻrinbosari boshqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat test markazi taʼlim muassasalari attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
16. Bevosita Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta maktab taʼlim muassasalari uchun Komissiyalar tarkibiga ushbu vazirlik hamda uning viloyatlardagi boshqarmalari mutaxassislari, taʼlim muassasalari pedagoglari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼul xodimlari jalb etiladi. Komissiya Davlat test markazi tomonidan tuzilib, unga Davlat test markazi xodimi rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Oliy taʼlim muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun Komissiyalar tarkibiga taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, taʼlimni boshqaruv boʻyicha vakolatli davlat organlarining masʼul xodimlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari va tegishli ishlab chiqarish korxonalarining yuqori malakali mutaxassislari jalb etiladi hamda ular attestatsiya qilinayotgan taʼlim muassasalariga aloqador boʻlmasligi lozim.
Komissiya Davlat test markazi tomonidan tuzilib, unga Davlat test markazi xodimi rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Komissiya aʼzolarining xizmat safarlari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar ularning asosiy ish joyi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Budjet tashkilotlarida tasdiqlangan xarajatlar smetasida xizmat safari uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Komissiyalar tarkibi va ish muddati taʼlim muassasalarining turi hamda taʼlim yoʻnalishlariga qarab belgilanadi.
IV. Attestatsiya yakunlari
20. Komissiya taʼlim muassasasidagi taʼlim dasturlari, yoʻnalishlar va mutaxassisliklarni attestatsiya qilib, ularda kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligi haqida xulosa tayyorlaydi.
21. Komissiya taʼlim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari hamda taʼlim muassasasi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqadi. Davlat test markazi attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni oʻz vaqtida bartaraf etish ustidan nazoratni tashkil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Maktabgacha taʼlim muassasalari attestatsiyasi boʻyicha ekspertlar tomonidan tarbiyalanuvchilar uchun oʻtkazilgan nazorat ishlari natijalari, davlat talablarini oʻzlashtirish darajasi, taʼlim muassasasi Ustavida belgilangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha taʼlim muassasasi toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
oʻtkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 80 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi faoliyati mezonda belgilangan umumiy ballning 80 foizi va undan yuqori ball toʻplaganda “Attestatsiyadan oʻtdi”;
oʻtkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 60 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 65 foizi va undan yuqori baholanganda “Attestatsiyadan shartli oʻtdi”;
oʻtkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 60 foizidan kami ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 65 foizidan past baholanganda “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
23. Maktabgacha taʼlim muassasalari “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilganda, ular bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
24. Maktabgacha taʼlim muassasalari “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilganda:
ularni tugatish yoki qayta tashkil etish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobini berish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) masalasi qoʻyiladi.
25. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari attestatsiyasi boʻyicha soʻnggi uch yilda taʼlim muassasasi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va ekspertlar tomonidan oʻtkazilgan nazorat ishlari natijalari, taʼlim muassasasi davlat taʼlim standartlari va Ustavida belgilangan vazifalarning bajarilish darajasi asosida taʼlim muassasasi toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
bitiruvchilarning 75 foizi va undan koʻpi, nazorat ishlarida oʻquvchilarning 60 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 70 foizi va undan koʻpini toʻplaganda “Attestatsiyadan oʻtdi”;
bitiruvchilarning 60 foizi va undan koʻpi, nazorat ishlarida oʻquvchilarning 50 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan koʻpini toʻplaganda “Attestatsiyadan shartli oʻtdi”;
bitiruvchilarning 50 foizi va undan kami “qoniqarli” baholangan boʻlib, nazorat ishlarida oʻquvchilarning 50 foizi va undan koʻpi “qoniqarsiz” baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 55 foizidan kam ball toʻplaganda “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilganda, ular bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
26. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilca:
taʼlim muassasasi rahbarlarini navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etish;
taʼlim muassasasi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini boshqa taʼlim muassasasi bitiruvchilari bilan qoʻshib oʻtkazish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobini berish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) masalasi qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalaridagi mavjud taʼlim yoʻnalishlarining 70 va undan koʻp foizi attestatsiyadan oʻtgan holda taʼlim muassasasi “Attestatsiyadan oʻtdi”, 30 dan 70 foizgacha — “Attestatsiyadan shartli oʻtdi”, 30 va undan kam foizida “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
28. “Attestatsiyadan oʻtdi” va “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha koʻrsatilgan kamchilik va nuqsonlarni tugatish uchun bir yil muddat beriladi va ushbu muddat tugagandan soʻng bu yoʻnalishlar qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Qayta attestatsiya natijalariga koʻra “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan taʼlim yoʻnalishlari tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan taʼlim muassasalari boʻyicha taʼlimni boshqaruv davlat organlariga taʼlim muassasasi rahbariyati, attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlarga masʼul boʻlim boshliqlari va kafedra mudirlarining oʻz lavozimlariga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish hamda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni tugatish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish tavsiya qilinadi.
31. “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
taʼlim muassasasi faoliyatini qayta tashkil etish boʻyicha taʼlimni boshqaruv davlat organlariga taklif kiritish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobini berish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun).
Keyingi tahrirga qarang.
32. Oliy taʼlim muassasasida mavjud yoʻnalishlar va mutaxassisliklarning umumiy soniga nisbatan 75 va undan koʻp foizi “Attestatsiyadan oʻtdi” deb xulosa qilinsa, taʼlim muassasasi “Attestatsiyadan oʻtdi”, 67 foizdan 75 foizgacha —“Attestatsiyadan shartli oʻtdi”, 67 va undan kam foizida “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
33. “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan oliy taʼlim muassasasining attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir yil vaqt beriladi. Ushbu muddat tugaganidan soʻng oliy taʼlim muassasasining attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlari va mutaxassisliklari qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda taʼlim muassasasi faoliyatida qayd etilgan boshqa kamchiliklarning bartaraf etilganligi oʻrganiladi.
34. “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan oliy taʼlim muassasasining prorektorlari, attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlar va mutaxassisliklarga masʼul dekanlari navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkaziladi. Tegishli mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudirlarining oʻz vazifalarini qoniqarsiz bajarayotganliklarini qayd etib, oliy taʼlim muassasasi rektoriga kelgusida ularning kafedralarni boshqarishi yoki boshqarmasligi masalasini oliy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashiga kiritish boʻyicha tavsiya beriladi.
Attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar bir yildan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
35. Qayta attestatsiya natijalariga koʻra “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari yopiladi.
36. Barcha hollarda oliy taʼlim muassasalarining attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalish va mutaxassisliklari bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasini Davlat test markazi vakillari ishtirokidagi davlat attestatsiya komissiyasi oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan oliy taʼlim muassasasi toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
taʼlim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish;
taʼlim muassasasining maqomini oʻzgartirish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobi berish (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun).
Keyingi tahrirga qarang.
38. Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasa (MOM)lari boʻyicha:
MOM ning davlat talablari va Ustavida belgilangan vazifalari, oʻquv jarayonining tashkil etilishi, ilmiy-pedagog kadrlar salohiyati va ular faoliyatining samaradorligi, moddiy-texnik va oʻquv-laboratoriya taʼminoti, maʼnaviy-maʼrifiy ishlari, ishlab chiqarish bilan integratsiya va xalqaro hamkorlik boʻyicha faoliyati Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqilgan mezonda belgilangan maksimal ballning 75 foizidan kam boʻlmagan ball bilan baholansa, MOM “Attestatsiyadan oʻtdi”, maksimal ballning 55—75 foizi bilan baholansa, “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” va maksimal ballning 55 foizidan kam ball bilan baholansa, “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan MOM bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
“Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan MOM toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
taʼlim muassasasini qayta tashkil etish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobi berish (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Davlat test markazi taʼlim muassasalari attestatsiyasi jarayonida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning oʻz vaqtida bartaraf etilishini muntazam nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash uchun zarur hujjatlar Davlat test markaziga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Davlat akkreditatsiyasini oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
41. Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Davlat test markazi qoshida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasi tuziladi. Komissiya tarkibi Davlat test markazi buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim muassasalarini akkreditatsiyadan oʻtkazishda Akkreditatsiya komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi masʼul xodimi jalb etiladi. Davlat test markazi direktori Akkreditatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
42. Davlat akkreditatsiyasi taʼlim muassasasining attestatsiyasi xulosalariga koʻra amalga oshiriladi. Akkreditatsiya komissiyasi taʼlim muassasasi faoliyatining davlat taʼlim standartlari va davlat talablari mezoni hamda talablariga javob berishini eʼtirof etish bilan birgalikda uning maqomini ham belgilaydi.
43. Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan Akkreditatsiya komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
oʻquv konsepsiyasi, oʻquv rejalari va dasturlari;
taʼlim muassasasi attestatsiyasi xulosasi;
nodavlat taʼlim muassasasiga berilgan litsenziya nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Taʼlim muassasasini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish haqidagi qaror hujjatlar topshirilgandan keyin bir oy muddatda qabul qilinadi.
Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, taʼlim muassasasiga 2 hafta davomida davlat akkreditatsiyasi haqida ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi sertifikat beriladi.
Sertifikatda taʼlim muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli, turi, maqomi va sertifikatning amal qilish muddati qayd etiladi.
Sertifikatga taʼlim muassasasining taʼlim dasturlari, yoʻnalish va mutaxassisliklari roʻyxati ilova qilinadi (2-ilova).
Sertifikat 5 yil muddatga beriladi.
Sertifikat blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Sertifikat blankalari namunalari Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi va uning buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi. Davlat test markazi direktori sertifikat blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Taʼlim muassasasi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikat oʻz kuchini yoʻqotadi.
46. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim muassasasi tomonidan taʼlimga oid qonunlar buzilganligi yoki amalga oshirilayotgan taʼlim xizmatlari Davlat taʼlim standartlari talablariga mos kelmasligi yoki sertifikatda belgilangan koʻrsatkichlar doirasidan chetga chiqishlar aniqlangan taqdirda Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikat bekor qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim muassasalari Davlat test markazida roʻyxatga olinadi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Taʼlim muassasalari attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasi natijalaridan norozi boʻlgan taʼlim muassasalari rahbarlari yoki ularning taʼsischilari belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat
akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi‎‎


‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI


‎DAVLAT TEST MARKAZI

‎Davlat akkreditatsiyasi haqida


‎S E R T I F I K A T

200__ y. “___” ___________

‎‎№ 0000


‎Ushbu hujjat attestatsiya natijalariga koʻra

_____________________________________________________________________‎

(yuridik manzili)‎‎

manzilida joylashgan

‎_________________________________________________________________ ning‎

‎(taʼlim muassasasining nomi) ‎‎

‎‎davlat akkreditatsiyasi____________________________________________________ ______________________________________________________________________

(taʼlim muassasasining turi) ‎‎

______________________________________________________________________

(taʼlim muassasasining maqomi)‎‎

‎‎‎mosligini tasdiqlaydi va bitiruvchilarga mazkur sertifikat ilovasiga muvofiq ‎‎
‎taʼlim yoʻnalish (mutaxassislik)lari, dasturlari, bosqichlari boʻyicha davlat ‎‎namunasidagi
‎taʼlim haqidagi hujjatlarni berish huquqini kafolatlaydi
‎(sertifikat ilovasi bilan haqiqiydir).

‎‎
‎Amal qilish muddati ______ yil

M.Oʻ.‎

‎‎‎Davlat test markazi direktori

‎___________‎

‎‎__________

‎(imzo) ‎ ‎(F.I.Sh.)‎‎

Seriya № 0000‎
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat
akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
‎Davlat test markazi

‎‎
‎200__ yil ____ ___________ da ‎


№____ - raqami bilan qayd etilgan

‎‎
‎Davlat akkreditatsiyasi toʻgʻrisidagi sertifikatga
ilova‎



‎_____________________________________________________________________________

‎(taʼlim muassasasining toʻliq nomi va yuridik manzili)‎‎‎

‎‎
‎Taʼlim yoʻnalish (ixtisoslik, mutaxassislik)lari

‎ R Oʻ Y X A T I ‎

T/r‎

Taʼlim yoʻnalish (ixtisoslik, mutaxassislik)lari shifri va nomi‎

Taʼlim shakli
‎ (kunduzgi, sirtqi) ‎

Kadrlar tayyorlash
‎darajasi ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 37-modda; 2011-y., 25-son, 261-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; 2016-y., 18-son, 196-modda; 2017-y., 29-son, 698-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)