toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2019
Hujjat 10.05.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAʼLIM MUASSASALARINI DAVLAT AKKREDITATSIYASIDAN OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470 -sonli “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 25-moddalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-fevral,
21-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 10-fevraldagi 21-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 25-moddalariga muvofiq idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari)ni davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
2. Taʼlim muassasalari davlat akkreditatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “Davlat test markazi tarkibida Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 11-martdagi 109-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 24-iyundagi 293-son qarorlari hamda mazkur Nizom asosida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Attestatsiya taʼlim muassasasi faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanib, taʼlim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat akkreditatsiyasi taʼlim muassasasi faoliyatining davlat taʼlim standartlari va davlat talablari mezon va talablariga javob berishining davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda uning bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlarni topshirish huquqini berishdan iborat.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etilgan taʼlim muassasalari birinchi attestatsiyadan oʻtgunga qadar akkreditatsiyalangan deb hisoblanadi.
6. Litsenziyaga ega boʻlgan, davlat akkreditatsiyasidan oʻtmagan nodavlat taʼlim muassasalari bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim dasturlari boʻyicha imtihonlar topshirgandan keyin beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Taʼlim muassasalari attestatsiyasi Davlat test markazi tomonidan tashkil etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
II. Attestatsiya oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
8. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 9 yilda, boshqa taʼlim muassasalari 5 yilda bir marta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Oliy taʼlim muassasasi tarkibida filiallar va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim turi mavjud boʻlsa, ularning attestatsiyasi oliy taʼlim muassasasining asosiy taʼlim faoliyati attestatsiyasi bilan bir vaqtda oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
9. Yangi tashkil etilgan taʼlim muassasasi attestatsiyasi birinchi bitiruv yakunlariga koʻra taʼlim oluvchilar tayyorlash davri toʻla tugagandan soʻng oʻtkaziladi.
10. Attestatsiya jarayonida taʼlim turlari boʻyicha taʼlim muassasalarining oxirgi uch yillik faoliyatini kompleks tahlil etish asosida quyidagilarga alohida eʼtibor beriladi:
a) maktabgacha taʼlim muassasalarida:
taʼlim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi;
tarbiyalanuvchilarning taʼlim-tarbiya dasturlarini oʻzlashtirish darajasi;
tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati;
bolalar rivoji uchun oʻyinchoqlar, uslubiy qoʻllanma va bolalar adabiyoti bilan taʼminlanganligi, sport maydonchalari va zarur sharoitlarning yaratilganligi, ovqatlanish hamda dam olish xonalarining belgilangan sanitariya-gigiyenik va estetik talablarga mosligi, shuningdek, foydalanish holati;
b) umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida:
taʼlim jarayoniga davlat taʼlim standartlarining joriy etilganligi;
oʻquvchilar bilim darajalarining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligi;
oʻquv-uslubiy ishlarning olib borilishi va oʻquvchilarning darslik hamda uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlanganlik darajasi;
pedagog kadrlar salohiyati;
taʼlim jarayoniga zamonaviy oʻqitish uslublari va axborot texnologiyalarining joriy etilganligi;
moddiy-texnik salohiyatni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturining bajarilish holati;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning tashkil etilish sifati;
oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarining sifati;
reyting baholash tizimining qoʻllanilish sifati;
v) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida:
oʻquv-tarbiyaviy jarayonning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tashkil etilganligi;
taʼlim muassasalarining normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlanganlik darajasi va ularning taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etilganlik holati;
oʻquvchilarning oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirish darajasi (bilimi);
pedagog, muhandis-pedagog kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasi va ularning sifat tarkibi;
oʻquv rejasidagi fanlar boʻyicha zarur oʻquv adabiyotlari (darslik, oʻquv qoʻllanma, lugʻat, maʼruzalar toʻplami, uslubiy qoʻllanma, elektron darslik)ning mavjudligi va kutubxona fondining ular bilan toʻldirilganligi;
kutubxonaning oʻqitish tiliga mos holda oʻquv, uslubiy, siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitilishi;
moddiy-texnik taʼminoti, oʻquv, laboratoriya va amaliyot xonalari hamda ustaxonalarning jihozlanishi, axborot kommunikatsion texnologiyalarining joriy etilganligi, kompyuterlashtirish darajasi, moddiy-texnik bazasining mavjud taʼlim yoʻnalishlariga mosligi;
mavjud oʻquv-laboratoriya jihozlari, dastgoh, asbob-uskuna va texnikalarning oʻquv jarayonida ishlatilishi;
zamonaviy pedagogik texnologiyalarning oʻquv jarayonida qoʻllanilishi;
iqtidorli oʻquvchilar, respublika va xalqaro fan olimpiadalari, koʻrik-tanlovlar gʻoliblari salmogʻi;
taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi, taʼlim muassasalarida vasiylik kengashlarining tashkil etilganligi hamda ular faoliyatining samarasi;
kasbga yoʻnaltirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarining samaradorligi, taʼlim muassasasiga oʻquvchilar qabul qilish jarayonining tashkil etilishi va amalga oshirilishi;
bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichlariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashish darajasi;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning reja asosida tashkil etilganligi va uning samarasi;
oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar hamda ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish holati;
g) oliy taʼlim muassasalarida:
davlat taʼlim standartlarining oʻquv jarayoniga joriy etilishi;
talabalarning fan dasturlarini oʻzlashtirish darajasi (bilimi);
professor-oʻqituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati;
ilmiy-tadqiqot ishlarining isteʼmolchilar talablaridan kelib chiqib olib borilayotganligi;
talabalarning darslik (jumladan, elektron darsliklar) va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlanganlik darajasi;
moddiy-texnik taʼminoti, oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlashtirish salmogʻi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan toʻldirilish holati va ulardan foydalanilishi hamda foydali oʻquv-laboratoriya maydoni bilan taʼminlanganlik darajasi;
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi;
taʼlimning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti orqali hamda mustaqil izlanuvchilik asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyati;
(10-bandning “g” kichik bandi oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bilan hamkorligi;
maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati;
bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichlariga oʻqishga yoki ishga joylashishi;
xalqaro hamkorlikning yoʻlga qoʻyilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
g1) oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida:
davlat talablarining taʼlim jarayoniga joriy etilishi;
doktorlik dissertatsiyasi mavzulari va bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarning respublika ilmiy-texnik hamda texnologik rivojlanish va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi;
Keyingi tahrirga qarang.
ilmiy maslahatchilar tarkibining sifat koʻrsatkichlari hamda ularning ilmiy-tashkiliy faoliyati natijalari;
kadrlar tayyorlash boʻyicha istiqbol rejaning ustuvor yoʻnalishlarga mosligi;
taʼlimni amalga oshirish jarayoniga jalb etilgan pedagog va ilmiy xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi eʼtirof etgan jurnallarda, shuningdek xorijiy nashrlarda ilmiy maqolalarni chop etish faoliyati;
ilmiy-eksperimental, moddiy-texnik bazaning holati;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga ijtimoiy, ilmiy, ijodiy hamda loyihalash ishlarini olib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
Keyingi tahrirga qarang.
katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalarining bajarilishi, hisobotlarining oliy taʼlim muassasalarining kengashi yoki ilmiy tadqiqot muassasalarining ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashlari, tegishli boʻlim, laboratoriya va boshqalarda muhokama qilinganligi hamda tasdiqlangan rejaga mos deb topilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini olib borilishi holati;
Keyingi tahrirga qarang.
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni bitirgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish holati;
Keyingi tahrirga qarang.
doktorlik dissertatsiyalari doirasida olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etish holati va ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qaroriga asosan “g1” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
d) kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalarida:
davlat talablarining oʻquv jarayoniga joriy etilishi;
moddiy-texnik, oʻquv-laboratoriya taʼminoti, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanish holati;
ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyati va ular faoliyatining samaradorligi;
oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi (jumladan, multimedia va boshqa uslublarning qoʻllanilishi);
taʼlimning ishlab chiqarish bilan integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlik faoliyati.
11. Taʼlim muassasalari attestatsiyasi xolislik, toʻla oshkoralik, davriylik va pedagogik etika meʼyorlariga amal qilingan holda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat test markazi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarini ishlab chiqadi hamda attestatsiya ular asosida oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
13. Tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar attestatsiya jadvalini hamda attestatsiya tekshiruviga oid hujjatlarni attestatsiya boshlanishidan 3 oy oldin Davlat test markazidan oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat test markazida attestatsiyadan oʻtuvchi taʼlim muassasasi uchun attestatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar yigʻma jildi yigʻiladi. Unda:
(14-bandning birinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya tuzish haqidagi buyruq (qaror);
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
taʼlim muassasasining komissiyaga taqdim etgan hujjatlari nusxalari;
attestatsiya natijalari boʻyicha komissiya xulosasi;
attestatsiya natijalari boʻyicha Davlat test markazi direktorining buyrugʻi jamlanadi.
Hujjatlar yigʻma jildi navbatdagi attestatsiya oʻtkazilgunga qadar Davlat test markazida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Attestatsiya komissiyalarini tashkil etish va ularning tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Davlat test markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda qoʻshma qaror qabul qiladi. Attestatsiya komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya)lari mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tuziladi va tarkibiga mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼul xodimlari, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi mutaxassislari, fan va taʼlim kasaba uyushmasi hamda jamoatchilik vakillari jalb etiladi. Komissiyani tuman (shahar) hokimining masʼul oʻrinbosari boshqaradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
Davlat test markazi taʼlim muassasalari attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga boʻysunuvchi umumiy oʻrta maktab taʼlim muassasalari uchun Komissiyalar tarkibiga ushbu vazirlik hamda uning viloyatlardagi boshqarmalari mutaxassislari, taʼlim muassasalari pedagoglari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼul xodimlari jalb etiladi. Komissiya Davlat test markazi tomonidan tuzilib, unga Davlat test markazi xodimi rahbarlik qiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, oliy taʼlim muassasalari, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalari uchun Komissiyalar tarkibiga mos ravishda taʼlim muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, taʼlimni boshqaruv boʻyicha vakolatli davlat organlarining masʼul xodimlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari va tegishli ishlab chiqarish korxonalarining yuqori malakali mutaxassislari jalb etiladi hamda ular attestatsiya qilinayotgan taʼlim muassasalariga aloqador boʻlmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya Davlat test markazi tomonidan tuzilib, unga Davlat test markazi xodimi rahbarlik qiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Komissiya aʼzolarining xizmat safarlari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar ularning asosiy ish joyi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Bunda tegishli budjet tashkilotlaridan jalb qilingan attestatsiya komissiyasi aʼzolarining xizmat safari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlari ushbu budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasida xizmat safari uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
19. Komissiyalar tarkibi va ish muddati taʼlim muassasalarining turi hamda taʼlim yoʻnalishlariga qarab belgilanadi.
IV. Attestatsiya yakunlari
20. Komissiya taʼlim muassasasidagi taʼlim dasturlari, yoʻnalishlar va mutaxassisliklarni attestatsiya qilib, ularda kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligi haqida xulosa tayyorlaydi.
21. Komissiya taʼlim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari hamda taʼlim muassasasi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqadi. Davlat test markazi attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni oʻz vaqtida bartaraf etish ustidan nazoratni tashkil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Maktabgacha taʼlim muassasalari attestatsiyasi boʻyicha ekspertlar tomonidan tarbiyalanuvchilar uchun oʻtkazilgan nazorat ishlari natijalari, davlat talablarini oʻzlashtirish darajasi, taʼlim muassasasi Ustavida belgilangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha taʼlim muassasasi toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
oʻtkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 80 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi faoliyati mezonda belgilangan umumiy ballning 80 foizi va undan yuqori ball toʻplaganda “Attestatsiyadan oʻtdi”;
oʻtkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 60 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 65 foizi va undan yuqori baholanganda “Attestatsiyadan shartli oʻtdi”;
oʻtkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 60 foizidan kami ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 65 foizidan past baholanganda “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
23. Maktabgacha taʼlim muassasalari “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilganda, ular bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
24. Maktabgacha taʼlim muassasalari “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilganda:
ularni tugatish yoki qayta tashkil etish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobini berish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) masalasi qoʻyiladi.
25. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari attestatsiyasi boʻyicha soʻnggi uch yilda taʼlim muassasasi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va ekspertlar tomonidan oʻtkazilgan nazorat ishlari natijalari, taʼlim muassasasi davlat taʼlim standartlari va Ustavida belgilangan vazifalarning bajarilish darajasi asosida taʼlim muassasasi toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
bitiruvchilarning 75 foizi va undan koʻpi, nazorat ishlarida oʻquvchilarning 60 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 70 foizi va undan koʻpini toʻplaganda “Attestatsiyadan oʻtdi”;
bitiruvchilarning 60 foizi va undan koʻpi, nazorat ishlarida oʻquvchilarning 50 foizi va undan koʻpi ijobiy baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan koʻpini toʻplaganda “Attestatsiyadan shartli oʻtdi”;
bitiruvchilarning 50 foizi va undan kami “qoniqarli” baholangan boʻlib, nazorat ishlarida oʻquvchilarning 50 foizi va undan koʻpi “qoniqarsiz” baholanib, taʼlim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 55 foizidan kam ball toʻplaganda “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilganda, ular bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
26. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilca:
taʼlim muassasasi rahbarlarini navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etish;
taʼlim muassasasi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini boshqa taʼlim muassasasi bitiruvchilari bilan qoʻshib oʻtkazish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobini berish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) masalasi qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan nodavlat taʼlim muassasalarining oʻquvchilarini boshqa umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga koʻchirish masalasi xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
27. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalaridagi mavjud taʼlim yoʻnalishlarining 70 va undan koʻp foizi attestatsiyadan oʻtgan holda taʼlim muassasasi “Attestatsiyadan oʻtdi”, 30 dan 70 foizgacha — “Attestatsiyadan shartli oʻtdi”, 30 va undan kam foizida “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. “Attestatsiyadan oʻtdi” va “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim (tayyorlov) yoʻnalishlari boʻyicha koʻrsatilgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish uchun bir yil muddat beriladi va ushbu muddat tugagandan soʻng bu taʼlim (tayyorlov) yoʻnalishlari qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Qayta attestatsiya natijalariga koʻra “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan taʼlim (tayyorlov) yoʻnalishlari tugatiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
30. “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan taʼlim muassasalari boʻyicha taʼlimni boshqaruv davlat organlariga taʼlim muassasasi rahbariyati, attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlarga masʼul boʻlim boshliqlari va kafedra mudirlarining oʻz lavozimlariga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish hamda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni tugatish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish tavsiya qilinadi.
31. “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
taʼlim muassasasi faoliyatini qayta tashkil etish boʻyicha taʼlimni boshqaruv davlat organlariga taklif kiritish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobini berish (nodavlat taʼlim muassasalari uchun).
Oldingi tahrirga qarang.
Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan nodavlat taʼlim muassasalarining oʻquvchilarini boshqa oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalariga koʻchirish masalasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
32. Oliy taʼlim muassasasida mavjud yoʻnalishlar va mutaxassisliklarning umumiy soniga nisbatan 75 va undan koʻp foizi “Attestatsiyadan oʻtdi” deb xulosa qilinsa, taʼlim muassasasi “Attestatsiyadan oʻtdi”, 67 foizdan 75 foizgacha —“Attestatsiyadan shartli oʻtdi”, 67 va undan kam foizida “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi.
33. “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan oliy taʼlim muassasasining attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir yil vaqt beriladi. Ushbu muddat tugaganidan soʻng oliy taʼlim muassasasining attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlari va mutaxassisliklari qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda taʼlim muassasasi faoliyatida qayd etilgan boshqa kamchiliklarning bartaraf etilganligi oʻrganiladi.
34. “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan oliy taʼlim muassasasining prorektorlari, attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlar va mutaxassisliklarga masʼul dekanlari navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkaziladi. Tegishli mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudirlarining oʻz vazifalarini qoniqarsiz bajarayotganliklarini qayd etib, oliy taʼlim muassasasi rektoriga kelgusida ularning kafedralarni boshqarishi yoki boshqarmasligi masalasini oliy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashiga kiritish boʻyicha tavsiya beriladi.
Attestatsiyadan oʻtmagan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar bir yildan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
35. Qayta attestatsiya natijalariga koʻra “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari yopiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Oliy taʼlim muassasalarining qayta attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi ushbu oliy taʼlim muassasasining yuqori turuvchi vazirlik (idora) tomonidan tashkil etilgan davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
37. “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan oliy taʼlim muassasasi toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
taʼlim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish;
taʼlim muassasasining maqomini oʻzgartirish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobi berish (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun).
Oldingi tahrirga qarang.
371. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasida kamida bitta ixtisoslik attestatsiyadan oʻtgan taqdirda, mazkur muassasa ushbu taʼlim turi boʻyicha “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etiladi.
372. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim ixtisosliklarini oxirgi 3 yilda bitirgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilardan doktorlik dissertatsiyasi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tomonidan himoyaga qabul qilinganlar soni 10 foizdan kam boʻlsa ixtisoslikka nisbatan “Attestatsiyadan oʻtmadi” degan qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
373. “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasining attestatsiyadan oʻtmagan ixtisosliklari bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
374. Qayta attestatsiya natijalariga koʻra “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan ixtisosliklarga qabul toʻxtatiladi. Qayta attestatsiya natijalari qabulni toʻxtatish boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
375. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilganda:
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim boʻyicha qabul toʻxtatiladi;
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim boʻyicha litsenziyaning amal qilishi tugatiladi (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun);
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim boʻyicha litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobi berish (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun) masalasi koʻriladi;
taʼlim olayotganlar ilmiy ishlarini davom ettirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi tomonidan boshqa turdosh taʼlim muassasalariga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
376. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining monitoringi natijalari hamda oliy yoki ilmiy-tadqiqot taʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida joylarga chiqmagan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
(371 — 376-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
38. Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasa (MOM)lari boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
MOMning davlat talablari va Ustavida belgilangan vazifalari, oʻquv jarayonining tashkil etilishi, ilmiy-pedagog kadrlar salohiyati va ular faoliyatining samaradorligi, moddiy-texnik va oʻquv-laboratoriya taʼminoti, oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi, ishlab chiqarish bilan integratsiya va xalqaro hamkorlik boʻyicha faoliyati Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar bilan baholanadi. Mezonlar asosida MOMda mavjud kurslarning 75 va undan koʻp foizi attestatsiyadan oʻtsa, MOM “Attestatsiyadan oʻtdi”, 55 foizdan 75 foizgacha attestatsiyadan oʻtsa, MOM “Attestatsiyadan shartli oʻtdi”, 55 dan kam foizi attestatsiyadan oʻtsa, MOM “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etiladi;
(38-band ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
“Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan MOM bir yildan keyin qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
“Attestatsiyadan oʻtmadi” deb eʼtirof etilgan MOM toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
taʼlim muassasasini qayta tashkil etish;
litsenziyaning amal qilishini tugatish (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun);
litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobi berish (nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun).
Oldingi tahrirga qarang.
381. “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan taʼlim muassasalarining davlat akkreditatsiyasi qayta attestatsiya oʻtkazilgunga qadar uzaytirilgan hisoblanadi.
(381-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
382. Qayta attestatsiya natijalariga koʻra taʼlim muassasasiga nisbatan “Attestatsiyadan oʻtdi” yoki “Attestatsiyadan oʻtmadi” degan qarorlardan biri qabul qilinadi.
(382-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
39. Davlat test markazi taʼlim muassasalari attestatsiyasi jarayonida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning oʻz vaqtida bartaraf etilishini muntazam nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. “Attestatsiyadan oʻtdi” deb eʼtirof etilgan taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash uchun zarur hujjatlar Davlat test markaziga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Davlat akkreditatsiyasini oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
41. Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Davlat test markazi qoshida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasi tuziladi. Komissiya tarkibi Davlat test markazi buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim muassasalarini akkreditatsiyadan oʻtkazishda Akkreditatsiya komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi masʼul xodimi jalb etiladi. Davlat test markazi direktori Akkreditatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
42. Davlat akkreditatsiyasi taʼlim muassasasining attestatsiyasi xulosalariga koʻra amalga oshiriladi. Akkreditatsiya komissiyasi taʼlim muassasasi faoliyatining davlat taʼlim standartlari va davlat talablari mezoni hamda talablariga javob berishini eʼtirof etish bilan birgalikda uning maqomini ham belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan taʼlim muassasasi attestatsiyasi xulosasi Akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
44. Taʼlim muassasasini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish haqidagi qaror hujjatlar topshirilgandan keyin bir oy muddatda qabul qilinadi.
Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, taʼlim muassasasiga 2 hafta davomida davlat akkreditatsiyasi haqida ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi sertifikat beriladi.
Sertifikatda taʼlim muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli, turi, maqomi va sertifikatning amal qilish muddati qayd etiladi.
Sertifikatga taʼlim muassasasining taʼlim dasturlari, yoʻnalish va mutaxassisliklari roʻyxati ilova qilinadi (2-ilova).
Sertifikat 5 yil muddatga beriladi.
Sertifikat blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Sertifikat blankalari namunalari Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi va uning buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi. Davlat test markazi direktori sertifikat blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Taʼlim muassasasi qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikat oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim muassasasi tomonidan taʼlimga oid qonunlar buzilganligi yoki amalga oshirilayotgan taʼlim xizmatlari Davlat taʼlim standartlari va davlat talablariga mos kelmasligi yoki sertifikatda belgilangan koʻrsatkichlar doirasidan chetga chiqishlar aniqlangan taqdirda Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikat bekor qilinishi mumkin.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim muassasalari Davlat test markazida hisobga olinadi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Taʼlim muassasalari yangi tashkil etilganda, qayta tashkil etilganda, tugatilganda manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan, nodavlat taʼlim muassasalari tugatilganda taʼsischilari tomonidan tegishli qaror nusxasi bir hafta muddatda Davlat test markaziga taqdim etilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan birgalikda tashkil etilgan taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlarining taʼlim muassasalari filiallari akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi yoki unga tenglashtirilgan hujjatni asosiy taʼlim muassasasidan olgandan soʻng, uning nusxasini ikki hafta muddatda Davlat test markaziga taqdim etishi shart.
Davlat test markazi ushbu hujjatlar asosida davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan taʼlim muassasalari reyestriga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 136-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 18-son, 196-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
48. Taʼlim muassasalari attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasi natijalaridan norozi boʻlgan taʼlim muassasalari rahbarlari yoki ularning taʼsischilari belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat
akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi‎‎


‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI


‎DAVLAT TEST MARKAZI

‎Davlat akkreditatsiyasi haqida


‎S E R T I F I K A T

200__ y. “___” ___________

‎‎№ 0000


‎Ushbu hujjat attestatsiya natijalariga koʻra

_____________________________________________________________________‎

(yuridik manzili)‎‎

manzilida joylashgan

‎_________________________________________________________________ ning‎

‎(taʼlim muassasasining nomi) ‎‎

‎‎davlat akkreditatsiyasi____________________________________________________ ______________________________________________________________________

(taʼlim muassasasining turi) ‎‎

______________________________________________________________________

(taʼlim muassasasining maqomi)‎‎

‎‎‎mosligini tasdiqlaydi va bitiruvchilarga mazkur sertifikat ilovasiga muvofiq ‎‎
‎taʼlim yoʻnalish (mutaxassislik)lari, dasturlari, bosqichlari boʻyicha davlat ‎‎namunasidagi
‎taʼlim haqidagi hujjatlarni berish huquqini kafolatlaydi
‎(sertifikat ilovasi bilan haqiqiydir).

‎‎
‎Amal qilish muddati ______ yil

M.Oʻ.‎

‎‎‎Davlat test markazi direktori

‎___________‎

‎‎__________

‎(imzo) ‎ ‎(F.I.Sh.)‎‎

Seriya № 0000‎
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat
akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
‎Davlat test markazi

‎‎
‎200__ yil ____ ___________ da ‎


№____ - raqami bilan qayd etilgan

‎‎
‎Davlat akkreditatsiyasi toʻgʻrisidagi sertifikatga
ilova‎



‎_____________________________________________________________________________

‎(taʼlim muassasasining toʻliq nomi va yuridik manzili)‎‎‎

‎‎
‎Taʼlim yoʻnalish (ixtisoslik, mutaxassislik)lari

‎ R Oʻ Y X A T I ‎

T/r‎

Taʼlim yoʻnalish (ixtisoslik, mutaxassislik)lari shifri va nomi‎

Taʼlim shakli
‎ (kunduzgi, sirtqi) ‎

Kadrlar tayyorlash
‎darajasi ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 37-modda; 2011-y., 25-son, 261-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; 2016-y., 18-son, 196-modda; 2017-y., 29-son, 698-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)