1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QURILISHDA MUHANDISLIK QIDIRUVLARI, GEOAXBOROT VA SHAHARSOZLIK KADASTRI DAVLAT INSTITUTINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri sohasida yagona texnika siyosatini taʼminlash, tarmoq geofondini yuritish hamda iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish maʼlumotlari davlat bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi hamda “Oʻzbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyatining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzurida “Oʻzbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Toshkenttadqiqot” Toshkent davlat muhandislik-texnik qidiruvlar institutini birlashtirish yoʻli bilan, davlat unitar korxonasi shaklida Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
muhandislik-texnik qidiruvlar, geoaxborot va davlat shaharsozlik kadastri sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini yuritish boʻyicha bosh tashkilot funksiyalarini amalga oshirish;
tegishli hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini shaharsozlik geoaxborotlari bilan taʼminlash;
iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni taʼminlash uchun muhandislik qidiruvlari bajarilishi monitoringini yuritish;
ilgari turli tashkilotlar tomonidan bajarilgan muhandislik-texnik qidiruvlar materiallarini kelgusida ulardan samarali foydalanish uchun jamlash, turkumlash va arxivga joylash;
Oʻzbekiston Respublikasining muhandislik-texnik qidiruvlar elektron geofondini tashkil etish va yuritish;
yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalari boʻyicha, shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida binolar va inshootlardan foydalanishning ishonchliligi boʻyicha muhandislik-texnik qidiruvlar, tadqiqotlar oʻtkazish.
3. Quyidagilar:
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 102 nafar, shu jumladan markaziy apparatida — 72 nafar va idoraviy mansub korxonalarida — 30 nafar boʻlgan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasining markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasining Toshkent shahar, Nukus va Fargʻona shoʻba korxonalarining tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasining markaziy apparati va shuʼba korxonalarini, shuningdek uning hududiy boʻlinmalarini ilgari egallab turgan binolariga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi “Oʻzbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Toshkenttadqiqot” Toshkent davlat muhandislik-texnik qidiruvlar institutining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi muhandislik-texnik qidiruvlar elektron geofondini hamda davlat shaharsozlik kadastrini tashkil etish va yuritish boʻyicha bajariladigan ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hisob-kitoblariga binoan, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslardan “Oʻzbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablagʻlar hisobiga, bozor narxi boʻyicha sotib olishni taʼminlasin.
7. Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasini tashkil qilish bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun 5-ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
Komissiya ikki oy muddatda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish tadbirlarini amalga oshirishni, shu jumladan:
“Oʻzbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Toshkenttadqiqot” Toshkent davlat muhandislik-texnik qidiruvlar instituti asosiy fondlarini Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi balansiga berishni;
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi ustavini ishlab chiqish va tasdiqlashni;
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida muhandislik-texnik qidiruvlar elektron geofondini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi hamda muhandislik-texnik qidiruvlarni bajarish sifati ustidan texnik nazorat xizmati toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 14-son qaroriga 3-ILOVA
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasining Toshkent shahar shoʻba korxonasi tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 14-son qaroriga 4-ILOVA
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasining Nukus va Fargʻona shoʻba korxonalari tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 14-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 27-apreldagi 165-son qaroriga 1-ilovaning 4-pozitsiyasidagi “Oʻzbekiston davlat muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti” davlat unitar korxonasi soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 30-avgustdagi 357-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 31-bandidagi “Toshkenttadqiqot” muhandislik-texnik qidiruvlar instituti” soʻzlari “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti” davlat unitar korxonasi soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003y., 9-son, 83-modda) 1-ilovadagi 31 va 77-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 128-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasidagi “OʻzGIITI OAJ” soʻzlari “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti” davlat unitar korxonasi soʻzlari bilan almashtirilsin.