1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahrida yoʻlovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PF-3713-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshshahartransxizmat” uyushmasi va Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-yanvardagi PQ-262-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahrida avtomobil transportida yoʻlovchilar tashishni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
“Toshelektrotrans” davlat kompaniyasining ustavi 4-ilovaga muvofiq;
2. Quyidagilar Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
tender hujjatlarini sotib olganlik uchun yoʻlovchi tashuvchilardan tushadigan mablagʻlar;
yoʻlovchi tashuvchilardan shahar yoʻlovchi transporti obyektlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar va ulardan foydalanganlik uchun kontraktlarda nazarda tutilgan miqdorlarda tushadigan mablagʻlar;
Toshkent shahrida avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat bojining bir qismi, litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizalar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻimlar;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.04 Yoʻlovchi va yuk tashish, oʻzaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish]
3. Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda shahar yoʻlovchi transportini zarar koʻrmasdan ishlash prinsipiga bosqichma-bosqich oʻtkazishni nazarda tutuvchi Harakatdagi tarkibni yangilash, xarajatlarni kamaytirish va Toshkent shahrida yoʻlovchi tashishning rentabelligini bosqichma-bosqich oshirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan avtobuslarda yoʻlovchilar tashishdan olingan foyda elektr transporti va Toshkent metropoliteni koʻrgan zararlarni qisman qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda qayta taqsimlanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent shahrida yoʻlovchi transporti turlari oʻrtasidagi koʻrsatib oʻtilgan foydani qayta taqsimlash tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish]
Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transporti tizimini qayta tashkil etish davrida yoʻlovchi tashish tariflarining amaldagi darajasini saqlab qolishni, xarajatlarni kamaytirish va yoʻlovchi tashishning rentabelligini bosqichma-bosqich oshirishni nazarda tutuvchi tadbirlar ishlab chiqilishini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
shahar yoʻlovchi tashish transporti ishi muvofiqlashtirilishini va harakat yoʻnalishlarida haydovchilar ishi ochiq-oydinligini taʼminlovchi 2006—2008-yillar mobaynida Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 300 ta “Mersedes-Bens” avtobuslari xarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kreditlar boʻyicha “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining majburiyatlarini belgilangan tartibda “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasiga qayta rasmiylashtirsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining majburiyatlari boʻyicha ilgari berilgan kafolatni “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki foydasiga qayta rasmiylashtirsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
7. “Toshshahartransxizmat” uyushmasiga “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi va “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PF-3713-son Farmoniga muvofiq xodimlarning moddiy manfaatdorligini va masʼuliyatini oshirish, shuningdek, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, yoʻnalishlarda qatnovlar maromiga rioya etilishi va yoʻlovchi tashish tannarxi kamaytirilishi uchun avtobus parklari, tramvay-trolleybus depolari va tegishli xizmatlar boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish tavsiya etilsin.
Amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida 2006-yil 1-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga axborot berilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 31-yanvar,
11-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PF–3713-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-yanvardagi PQ–262-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Toshkent shahar hokimligining transport sohasida litsenziyalash, boshqarish va muvofiqlashtirish, marketing tadqiqotlarini tashkil etish va yoʻnalishlar tarmogʻini maqbullashtirish, yoʻlovchilar tashish bozorida mulkchilikning barcha shakllaridagi yoʻlovchi tashuvchilarning erkin raqobati uchun shart-sharoitlar yaratish, yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlagan holda koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlariga va yoʻnalishlarning ish jadvallariga rioya qilish, haydovchilar tarkibining transport vositalarini saqlashdan manfaatdorligini oshirish masalalarini hal qilish uchun vakolatli tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
I. Umumiy qoidalar
1. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
2. Departamentning toʻliq nomi:
davlat tilida — Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti;
rus tilida — Departament po litsenzirovaniyu i koordinatsii dvijeniya vsex vidov passajirskogo transporta xokimiyata g. Tashkenta.
3. Departamentning joylashgan oʻrni — Toshkent shahri, Amur Temur koʻchasi, 6-uy.
4. Departament yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan shtampga, ramzga va boshqa xizmat atributlariga, shuningdek oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan rekvizitlarga ega boʻladi.
5. Departament oʻz nomidan shartnomalar tuzishi, mulkiy va nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, javobgar boʻlishi, sudda daʼvogar va javob beruvchi boʻlishi mumkin.
6. Departament oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli barcha mulk bilan javob beradi.
II. Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
barcha transport turlari harakatini muvofiqlashtirish, yoʻnalishlar tarmogʻini tartibga solish va maqbul holga keltirish, litsenziyalar berish va yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini qatʼiy tender asosida belgilash huquqiga ega boʻlgan holda shaharda yoʻlovchi tashish boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajarish;
raqobat muhitini vujudga keltirish va barcha yoʻlovchi tashuvchilar, shu jumladan xususiy yoʻlovchi tashuvchilar uchun transport xizmatlari bozorida teng sharoitlar yaratish, jamoat transporti ishi natijasi va samaradorligini baholash;
Toshkent shahar hokimligiga shahar avtobus va elektr transportida yoʻlovchilar tashishga cheklangan tariflar belgilash boʻyicha moliya organlari bilan kelishilgan takliflar kiritish va ularga rioya etilishini nazorat qilish;
Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish, shu jumladan yerusti yoʻlovchi transportida yoʻl haqi toʻlash hisob-kitobi tizimini avtomatlashtirish va shahar yoʻlovchi transporti harakat yoʻnalishlarida nazorat oʻrnatish.
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Toshkent shahrida yoʻlovchi transporti barcha turlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
shaharda yoʻlovchi tashishning yagona buyurtmachisi vazifasini bajaradi, yoʻlovchilar oqimi boʻyicha marketing tadqiqotlari olib borish asosida avtobus va mikroavtobus yoʻnalishlarining zarur miqdorini belgilaydi, yoʻnalishli va yengil avtomobil taksilarning maqbul sonini, shuningdek shahar elektr transporti va metropoliten harakati yoʻnalishlari bilan uzviy bogʻlagan holda asosiy yoʻlovchilar oqimlarini tartibga soladi, yoʻnalishlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Toshkent shahrida avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatiga litsenziya beradi;
shahar yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini joylashtirish boʻyicha ochiq tenderlar tashkil qiladi va oʻtkazadi, tender gʻoliblari bilan yoʻnalishda shahar transportida yoʻlovchilar tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan kontraktlar tuzadi;
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi taqdimnomasiga binoan transport tashkilotlarining yoʻlovchilar tashish rejasini kelishib oladi;
Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini rivojlantirish kompleks dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
xalqaro normalarni hisobga olgan holda shaharda yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solish standartlari, qoidalari, shakllari va metodlari boʻyicha maʼlumotlarning yagona axborot bazasini shakllantiradi;
transport harakatini muvofiqlashtirishni va uning bir maromda faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, shuningdek yoʻlovchi tashuvchilarning yoʻnalishlarda harakatlanishga rioya etishlarini nazorat qilish uchun shaharda yoʻlovchilar tashuvlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni tashkil qiladi;
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda yoʻlovchi transportida yoʻl haqi tariflarini shakllantiradi, yoʻlovchi transportining zarar koʻrmasdan faoliyat koʻrsatishini hisobga olgan holda transportda yurish kartochkalariga chegirmalar miqdorini belgilaydi;
yerusti yoʻlovchi transportining barcha turlari uchun (taksidan tashqari) yoʻl chiptalari, kartochkalar, shuningdek fuqarolarning ayrim toifalari uchun avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar va metroda imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlarning yagona shakllarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, yoʻl kartochkalari miqdori va turlarini, shuningdek yoʻl kartochkalarini tarqatuvchi korxonalar roʻyxatini kelishadi;
harakatdagi tarkib parkini yangilash, xizmatning normativ amortizatsiya muddatida yuqori darajada faol foydalanishni hisobga olgan holda transport vositalarining oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashi boʻyicha prognoz hisob-kitoblarni amalga oshirish loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarini ishlab chiqishda yoʻlovchi tashuvchilarga metodologik va konsultativ yordam koʻrsatadi;
yoʻlovchi tashuvchilarning belgilangan shakllar boʻyicha hisobotlarini yigʻish va umumlashtirishni tashkil qiladi, yoʻlovchi tashuvchilarning transportdan foydalanish va moliya-xoʻjalik faoliyati koʻrsatkichlarini, ular tomonidan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini tahlil qiladi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga hamda Toshkent shahar hokimligiga zarur hisobotlarni taqdim etadi.
III. Departamentning huquqlari
9. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tender savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan kontraktlar shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
favqulodda vaziyatlarda, shuningdek xizmat koʻrsatish huquqini yoʻqotgan bitta tashuvchidan yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatish huquqlarini tender asosida aniqlanadigan boshqa tashuvchiga berish oʻrtasidagi davrda koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlarga (tendersiz) toʻliq yoxud qisman xizmat koʻrsatish huquqini vakolatli tashuvchilarga vaqtinchalik berish;
yoʻlovchi tashuvchiga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish vazifasini yuklaydigan qarorlar chiqarish va buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish toʻgʻrisida davlat tegishli organlariga takliflar kiritish.
10. Departamentni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Toshkent shahar hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshqaradi. Boshliqning ikki nafar oʻrinbosari boʻladi, ularni boshliq Toshkent shahar hokimi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Departament boshligʻi maqomi va moddiy-maishiy taʼminoti boʻyicha Toshkent shahar hokimi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
11. Departament boshligʻi:
Departament faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
zarurat boʻlganda, Departamentning boshqaruv apparati tuzilmasiga tasdiqlangan xodimlar soni va ularning taʼminoti xarajatlari smetasi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Departament xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Boshliq qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
12. Departamentning boʻlimlari va xizmatlari oʻz faoliyatini Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar va lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradi.
V. Moddiy ragʻbatlantirish shakli va tizimi
13. Departament Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda Departament xodimlarining shtat jadvalini tasdiqlaydi, qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tizimi va shaklini belgilaydi.
VI. Departamentning mulki va moliyaviy mablagʻlari
14. Departament oʻziga birkitilgan davlat mulkiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish va foydalanish huquqlarini amalga oshiradi.
15. Quyidagilar Departament faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
yoʻlovchi tashuvchilardan shahar yoʻlovchi transporti infratuzilmasi obyektlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va ulardan foydalanganlik uchun kontraktlarda nazarda tutilgan miqdorlardagi toʻlov hisobiga tushadigan mablagʻlar;
litsenziyalar berilganligi uchun davlat bojining bir qismi, litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizalar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻimlar;
tender hujjatlari paketlarini sotib olish uchun yoʻlovchi tashuvchilardan tushadigan mablagʻlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
VII. Hisobga olish, hisobot va nazorat
16. Departament oʻz faoliyati natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.
Buxgalteriya va statistika maʼlumotlari ishonchli boʻlishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan hajmlarda, muddatlarda va shakllar boʻyicha taqdim etilishi kerak.
17. Departament faoliyatini tekshirish qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
VIII. Departamentni qayta tashkil etish va tugatish
18. Departamentni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2. Toshkent shahrida, shu jumladan shahar atrofida yoʻlovchilarni avtomobil transportida yuridik shaxslar tomonidan tijorat asosida tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak.
Aholining hayoti va sogʻligini xavf ostiga qoʻygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish va avariya-qutqarish va tiklash ishlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tashishlarni amalga oshirishga, shuningdek “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida nazarda tutilgan korxonalar va muassasalarga litsenziya olish talab etilmaydi.
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 194-modda)
3. Toshkent shahrida avtomobil transportida yoʻlovchilar tashishni amalga oshirishga litsenziyalar berish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
4. Toshkent shahrida, shu jumladan shahar atrofida avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish huquqining quyidagi turlari uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi:
yoʻlovchilarni shaharda va shahar atrofida avtobuslarda tashish;
yoʻlovchilarni shaharda va shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish;
yoʻlovchilarni shaharda va shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish.
Litsenziatning har bir avtotransport vositasiga litsenziya bilan birgalikda litsenziya kartochkalari beriladi. Litsenziya kartochkalarini berish tartibi Departament tomonidan belgilanadi.
Litsenziatning litsenziya kartochkalari bilan taʼminlanmagan avtomobil transportidan foydalangan holda olgan daromadi (foydasi) noqonuniy hisoblanadi va qonun hujjatlariga muvofiq budjetga olib qoʻyilishi kerak.
5. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi litsenziyaning amal qilish muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlarning yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati litsenziyaning amal qilish muddatidan kam boʻlsa, litsenziya kartochkasining amal qilish muddati ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bilan cheklanadi. Litsenziya kartochkasining amal qilishi litsenziya kartochkasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
II. Litsenziya talablari va shartlari
6. Quyidagilar Toshkent shahrida avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni kerakli narsalar bilan taʼminlashda qonun hujjatlariga, tashish qoidalariga, ekologiya talablariga majburiy rioya qilinishi, yoʻl-transport hodislarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;
b) yuridik shaxsning shtatida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan, tegishli lavozimni egallash huquqi uchun Departament tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjud boʻlishi;
v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasida litsenziya kartochkasi mavjud boʻlishini taʼminlash;
g) yuridik shaxs xodimlarining avtomobil transportida tegishli tashishlarni amalga oshirish chogʻida qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligi;
(6-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 194-modda)
d) qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi;
e) tender natijalari boʻyicha Departament bilan shartnoma asosida yoʻlovchilarni avtomobilda muntazam tashish (yengil avtomobil taksilardan tashqari);
j) tashish xavfsizligi va yongʻin xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik soz holatda saqlash, uni asrash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash, avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
z) yangidan olinayotgan va toʻldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziatlar tomonidan qoʻshimcha litsenziya kartochkalari oʻz vaqtida olinishi.
Litsenziya bitimida mazkur bandda sanab oʻtilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
7. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (yuridik manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
b) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli boʻlinmasi tomonidan berilgan belgilangan shakldagi avtotransport vositasi texnik jihatdan soz ekanligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;
g) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish punktlari yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar;
d) yuridik shaxs xodimlari kasb malakasining belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
e) yuridik shaxsning yoʻl harakati xavfsizligi taʼminlanishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarining tegishli attestatsiyadan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
j) ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 194-modda)
8. Hujjatlar Departamentga litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalash boʻlimiga bevosita, yoxud ular olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali beriladi.
Hujjatlar Departamentning masʼul xodimi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
9. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun oʻntagacha avtotransport vositasidan foydalanuvchi yuridik shaxslardan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida, oʻnta va undan ortiq avtotransport vositalaridan foydalanuvchi yuridik shaxslardan — eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 194-modda)
10. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi Departamentning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi. Yuridik shaxs oʻz hujjatlarini koʻrib chiqish davrida berilgan arizadan voz kechgan taqdirda yigʻim qaytarilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 194-modda)
11. Toshkent shahrida avtomobil transportida yoʻlovchilar tashishni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Litsenziya blankalari va litsenziya kartochkalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari va litsenziya kartochkalari namunalari Departament tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun Departament rahbari javob beradi.
13. Litsenziya talabgoriga shaharda avtomobil transportida yoʻlovchilar tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Departament litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
14. Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bank hisob raqamining rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya va litsenziya kartochkalari Departament tomonidan litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi.
Litsenziya Departament boshligʻi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi va litsenziatlarga Departament tomonidan beriladi.
15. Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy mobaynida Departamentga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda, Departament litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
16. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
17. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek Departament mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
18. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi bilan birgalikda barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziya bitimlari, litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
19. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimlari Departament va litsenziat oʻrtasida tuziladi hamda ularda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining (yoki faoliyat turi qismlarining) nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini Departament tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va Departament uchun bir nusxadan tuziladi.
20. Litsenziat — qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida Departamentga ariza berishi shart.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat litsenziyada koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 98-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 194-modda)
21. Departament litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish Departament tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
22. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziat tomonidan Departamentga litsenziyaning amal qilish muddati tamom boʻlishiga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
23. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan amal qilish muddati tugamagan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
24. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Departament:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻraydi va oladi;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzadi;
litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, yoxud litsenziyani bekor qilish masalasi boʻyicha qaror chiqaradi yoki sudga murojaat qiladi;
Toshkent shahrida avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan holatlari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuboradi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
25. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Departamentning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Departament litsenziat oldida litsenziatga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
26. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
27. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
28. Departament belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
(28-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 98-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 194-modda)
litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
umuman faoliyat turiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi.
29. Litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalar reyestridan maʼlumotlarni aniq litsenziatlar toʻgʻrisidagi koʻchirma sifatida Departamentga haq toʻlab olishga haqlidir.
Litsenziyalar reyestridan axborot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi toʻlov Departamentning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga litsenziyalar reyestridan axborot tekin beriladi.
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
30. Toshkent shahrida avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida yoʻlovchilar tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi. Avtotransport vositalari soni toʻldirilgan (koʻpaytirilgan) taqdirda davlat boji har bir litsenziya kartochkasi uchun qoʻshimcha ravishda undiriladi.
Litsenziya berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablagʻlari Departamentning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi, uning 75 foizi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi, qolgan mablagʻlar Departament tomonidan belgilangan tartibda Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish uchun foydalaniladi, mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan smetaga muvofiq Departament xarajatlariga sarflanadigan qismi bundan mustasno.
X. Litsenziyalovchi organning javobgarligi
Mazkur Nizom normalari hamda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun Departament belgilangan tartibda javob beradi. Bunda litsenziya talabgorlari hujjatlaridagi litsenziya talabgorlariga bogʻliq boʻlmagan holda yuz bergan kamchiliklar va boshqa noaniqliklarni bartaraf etish Departament tomonidan amalga oshiriladi.
Toshkent shahrida avtomobil transportida yoʻlovchilar tashishni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qaroriga 3-ILOVA
Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish tartibi va ularni oʻtkazish shartlarini belgilaydi hamda avtotransport vositalari bilan yoʻlovchilar tashish uchun majburiy hisoblanadi.
2. Quyidagilar:
koʻcha-yoʻl tarmogʻida koʻzda tutilmagan holatlar yuzaga kelganda, alohida uchastkalar, transport uzellari va maydonchalari yopilganda kiritiladigan vaqtinchalik yoʻnalishlar boʻyicha;
korxonalar, tashkilotlar buyurtmasi boʻyicha soatbay haq toʻlash asosida;
tashkilotlar xodimlarini ish va yashash joyiga tashish maxsus yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan tashishlar tender asosida joylashtirilmaydi.
3. Tender savdolarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tashuvchilar, shu jumladan xususiy tashuvchilar ishtirok etishlari mumkin.
Tender savdolarida taʼsis hujjatlari, moliyaviy ishtirok etish, xolding shaklida va boshqa shakllarda ifodalangan, bevosita bir-biri bilan tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bogʻliq boʻlgan tashuvchilarning muqobil talabgor sifatida ishtirok etishi taqiqlanadi.
4. Quyidagi hollarda Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (keyingi oʻrinlarda matnda — Departament deb yuritiladi) ochiq tenderlar buyurtmachisi va tashkilotchisi hisoblanadi hamda:
yoʻlovchilarning barqaror oqimi hamda harakat xavfsizligini taʼminlaydigan shart-sharoitlar, yoʻnalishning texnik-foydalanish koʻrsatkichlari, shu jumladan haydovchilar tarkibiga talablar mavjud boʻlgan, yoʻnalish toʻgʻrisida asosiy maʼlumotlar tavsifi koʻrsatilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan yoʻnalish hujjatlariga ega boʻlgan yangi yoʻnalishlar ochilgan;
Departament va tashuvchi oʻrtasidagi yoʻlovchilar tashishning amaldagi yoʻnalishiga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma (kontrakt) tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilingan hollarda tender oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish hamda kontraktlar tuzish 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
5. Tenderga yoʻnalishlar alohida-alohida yoki paketda qoʻyiladi. Yoʻnalishlar paketlarini shakllantirishda yoʻnalishlarning ahamiyatliligi va ularning rentabelligi hisobga olinadi. Paketga rentabelli yoʻnalishlar bilan birga aholiga xizmat koʻrsatish uchun zarur ijtimoiy yoʻnalishlar ham kiritiladi.
6. Tender kamida ikkita qatnashchi mavjud boʻlganda oʻtkaziladi. Agar yoʻnalishlar paketiga yoki yoʻnalishga faqat bitta tashuvchi talabgor boʻlsa, u holda tender komissiyasi ushbu tashuvchining tender takliflari qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi shartlarida tender oʻtkazmasdan ushbu tashuvchiga yoʻnalishlar paketida ishlash huquqini biriktirib qoʻyishga haqlidir.
Tenderda qatnashish uchun buyurtmalar boʻlmagan taqdirda Departament tenderni takror tashkil etishi kerak, bunda yoʻnalishlar paketiga yoki yoʻnalishga talablarni qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
7. Departament tenderga qoʻyiladigan yoʻnalishlar paketlari roʻyxatini tayyorlaydi, tender hujjatlari paketini shakllantiradi, tender oʻtkazilishidan 30 kun oldin boʻlajak tender toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi, eʼlonda tender tashkilotchisi, tender oʻtkazish sanasi, vaqti va oʻtkazish joyi, tenderga qoʻyiladigan yoʻnalishlar nomi, tender hujjatlari paketini olish uchun buyurtma berish hamda tender takliflarini topshirish muddatlari, paket olish uchun toʻlov shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻladi.
8. Tender hujjatlari paketi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizom;
qatnashchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakli;
tender qatnashchisi uchun yoʻriqnoma;
tenderga qoʻyilgan yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar;
qatnashchining tender takliflari shakli;
yoʻnalishda yoʻlovchilar tashish transporti bilan xizmatlar koʻrsatish uchun kontraktning namunaviy shakli;
tender takliflari va qatnashchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uchun bitta katta konvert. Konvertga tenderga qoʻyiladigan yoʻnalishlar paketi yoki yoʻnalish nomi yoziladi. Tender qatnashchisining birortasini ajratib koʻrsatish mumkin boʻlmasligi uchun konvertda hech qanday belgi yoki farqlovchi belgilar boʻlmasligi kerak. Tenderda qatnashish uchun talabgorga tender hujjatlari paketini berish raqamlangan va ip bilan tikilgan maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
9. Ochiq tenderda qatnashishni xohlovchilar Departamentga tender hujjatlari paketini olish uchun yozma buyurtmanoma berishlari kerak. Barcha buyurtmanomalar raqamlangan va ip bilan tikilgan maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
10. Talabgorga tender hujjatlari ular uchun haq toʻlangandan keyin beriladi. Toʻlov miqdori tanlov hujjatlarini tayyorlash, koʻpaytirish va tarqatish qiymatidan kelib chiqqan holda Departament tomonidan tasdiqlanadi. Tushgan mablagʻlar Departamentning hisob raqamiga oʻtkaziladi va ulardan tenderlar oʻtkazishni tashkil etish uchun foydalaniladi.
11. Talabgorning yozma soʻrovnomasi boʻyicha Departament tender hujjatlarining mohiyati va mazmuni bilan bogʻliq tushuntirishlarni yozma shaklda berishi shart.
12. Tender gʻolibini tanlash boʻyicha funksiyalarni bajarish uchun Toshkent shahar hokimligi tomonidan tarkibiga Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahri boʻlinmalari masʼul xodimlari kiritiladigan tender komissiyasi tuziladi. Tender komissiyasiga Departament boshligʻi boshchilik qiladi.
13. Agar yigʻilishda tender komissiyasi aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi ishtirok etsa, tender komissiyasi qonuniy huquqqa ega hisoblanadi.
Komissiya qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
III. Tender qatnashchisiga qoʻyiladigan talablar
14. Tender qatnashchisi soliq organlarida hisobda turishi va shaharda yoʻlovchilar tashish huquqi uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlishi hamda tender takliflarida tavsiya qilinadigan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkalariga ega boʻlishi shart. Tender qatnashchisi bitta avtotransport vositasini turli yoʻnalishlarga tavsiya etish huquqiga ega emas.
15. Tender natijasiga taʼsir qiladigan, qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan hollarda tender komissiyasi qaroriga koʻra talabgor tenderda qatnashishdan chetlatiladi.
16. Qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida boʻlgan yoxud mol-mulki xatlovga olingan talabgorlarning tender savdolari tartibotlarida qatnashishiga ruxsat berilmaydi.
IV. Tender takliflarini tanlash mezonlari va takliflar mazmuni
17.Tender takliflari quyidagi koʻrsatkichlar va maʼlumotlardan iborat boʻladi:
a) bir nafar yoʻlovchi yoʻl haqi uchun tarif darajasi (soʻm);
b) avtotransport vositasining rusumi (klassi), ishlab chiqarilgan yili;
v) tashishlar uchun taklif etilayotgan avtotransport vositalaridagi yoʻlovchilar umumiy sigʻimi;
g) avtotransport vositalarining ish vaqti (soat);
d) yoʻnalishdagi qatnovlar oraligʻi (daqiqa);
e) yoʻnalishlardagi qatnovlar soni.
Qatnashchi tender takliflarining barcha bandlari boʻyicha toʻliq va mufassal maʼlumot taqdim etishi shart.
18. Talabgorning imzosi va muhri bilan tasdiqlangan tender takliflari Departamentga yopiq konvertda taqdim etiladi.
Tender takliflarini qabul qilish tender oʻtkaziladigan kundan bir kun oldin toʻxtatiladi.
Taqdim etish muddati tugagandan keyin tushgan tender takliflari koʻrib chiqilmaydi.
19. Tender takliflari topshirilgandan keyin qatnashchilar ularga biron-bir tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
V. Tender takliflarini baholash va gʻolibni aniqlash
20. Qatnashchilardan tushgan tender takliflarini baholash tender komissiyasi tuzadigan baholash (hisoblash) guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
21. Tender takliflari quyidagi tarzda koʻrib chiqiladi va baholanadi:
a) avtobus yoʻnalishlarida bir nafar yoʻlovchi yoʻl haqi uchun tarif darajasi — darajani kamaytirishning har bir punkti uchun ortib boruvchi koeffitsiyent qoʻllangan holda oʻn balli tizim boʻyicha;
b) yoʻnalishli taksilar yoʻnalishlarida bir nafar yoʻlovchi yoʻl haqi uchun tarif darajasi — tabaqalashtirilgan ballar boʻyicha;
v) avtotransport vositasining rusumi (klassi), ishlab chiqarilgan yili — tabaqalashtirilgan ballar boʻyicha;
g) tashishlar uchun taklif etilayotgan avtotransport vositalaridagi yoʻlovchilar umumiy sigʻimi — tabaqalashtirilgan ballar boʻyicha;
d) avtotransport vositalari ish vaqti varianti — ish vaqtini koʻpaytirishning har bir punkti uchun ortib boruvchi koeffitsiyent qoʻllangan holda besh balli tizim boʻyicha;
e) tigʻiz paytlar oʻrtasidagi vaqtda yoʻnalishdagi qatnov oraligʻi (daqiqa) darajasi — har bir qatnov oraligʻini qisqartirishning har bir punkti uchun ortib boruvchi koeffitsiyent qoʻllangan holda besh balli tizim boʻyicha;
j) yoʻnalishdagi qatnovlar soni uchun — talab qilingan qatnovlardan ortiq taklif qilinayotgan har bir qatnov uchun ortib boruvchi koeffitsiyent qoʻllangan holda besh balli tizim boʻyicha.
Ballarning tabaqalashtirilgan shkalasi avtobuslarning harakatdagi tarkibi rusumi (turi) va ularning ishlab chiqarilgan yili uchun 2-ilovaga muvofiq hamda tigʻiz paytda taklif etilayotgan qatnov oraligʻi uchun 3-ilovaga muvofiq aniqlanadi.
22. Tender komissiyasi har bir qatnashchi boʻyicha tender takliflarining dastlabki yakuniy baholarini aniqlaydi va eʼlon qiladi.
23. Kontrakt imzolanishidan oldin (tender oʻtkazilgandan keyin 3 kun mobaynida) Departament talabgorlar tender takliflarining haqiqiyligini ekspertizadan oʻtkazish huquqiga ega.
24. Tender gʻolibi tender hujjatlarining notoʻgʻriligi aniqlanganda, yoxud tender gʻolibi oʻz tashabbusiga koʻra kontrakt tuzishni rad etganda Departament eng yuqori ballar miqdori boʻyicha navbatdagi talabgorni gʻolib deb eʼtirof etish yoxud tender savdolarini takror oʻtkazish huquqiga ega.
25. Agar tanlov natijalari boʻyicha bir nechta talabgor teng ball toʻplagan boʻlsa, gʻolib tender komissiyasi aʼzolari tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.
26. Tender komissiyasining tender gʻolibini aniqlash boʻyicha majlisi natijalari komissiya aʼzolari imzolaydigan va Komissiya raisi tasdiqlaydigan protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Tender gʻolibiga tender boʻyicha yutilgan ushbu yoʻnalishlar paketida yoki yoʻnalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi. Guvohnoma Departament boshligʻi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
27. Gʻolib bilan tuzilgan kontraktni imzolash muddati tender oʻtkazilgandan keyin 10 ish kunidan oshmasligi kerak.
Departament tender komissiyasining qarori asosida tender gʻolibi bilan 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha, kamida 3 yil va koʻpi bilan 5 yil muddatga yoʻnalishlarda transportida yoʻlovchilar tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan kontrakt tuzadi.
Kontrakt yoʻnalishlar paketidagi har bir yoʻnalish uchun alohida-alohida tuziladi.
Departamentning murojaatiga koʻra tender komissiyasi qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan tashuvchi bilan tender kontraktini bekor qilish masalasini hal qiladi.
Yoʻnalishlar paketiga tuzilgan kontraktlardan hatto bittasi bekor qilinganda ham, yoʻnalishlar paketidagi qolgan yoʻnalishlarga tuzilgan kontraktlar ham bekor qilinadi.
Tashuvchi tomonidan kontraktlar boʻyicha barcha ish shartlariga rioya qilingan taqdirda, Departament tender komissiyasining qarori asosida kontraktlarning amal qilish muddatini tender oʻtkazmasdan bir yilga uzaytiradi.
28. Tenderning har bir qatnashchisi yozma murojaat boʻyicha komissiyadan tender takliflarini baholash natijalarini yozma shaklda olish huquqiga ega.
VI. Tender savdolari qatnashchilarining javobgarligi
29. Departament:
tender hujjatlarini sotib olgan talabgorlarga oʻz vaqtida xabar bermasdan va tender takliflarini tuzatish uchun yetarli vaqtda tender takliflarini taqdim etish muddatini uzaytirmasdan tender takliflarini taqdim etish muddati tugagunga qadar tender hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritganligi;
arizalar va tender takliflarini qabul qilishni rad etganligi, ularni hisobga olishni, konvert ochilgunga qadar maxfiyligini va saqlashni taʼminlamaganligi;
tender gʻolibi bilan shartnoma tuzish muddatini buzganligi;
tashuvchi bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi;
tomonlar oʻrtasidagi shartnomaviy majburiyatlar bajarilgandan keyin uch yil mobaynida tender takliflarining saqlanishi;
tender savdolarini tashkil etish va oʻtkazish tartib-qoidalarining boshqacha tarzda buzilishlari uchun javob beradi.
30. Tender komissiyasi:
tender savdolarini oʻtkazish tartib-qoidalari bosqichlari boʻyicha kam ovoz bilan va/yoki tender takliflarini baholash mezonlarini hisobga olmasdan qarorlar qabul qilinganligi;
talabgorlarning oʻz intellektual mulki yoki tijorat sirini muhofaza qilishdagi huquqlari buzilganligi;
talabgorlarga nisbatan tender hujjatlarida nazarda tutilmagan mezonlar va talablar belgilaganligi;
taʼsis etish, moliyaviy ishtirok etish, xolding shaklida va boshqa shakllarda ifodalangan, bevosita bir-biri bilan tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bogʻliq boʻlgan tashkilotlarni, shuningdek qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida boʻlgan, mol-mulki xatlovga olingan talabgorlarning tenderda qatnashishga qoʻyilganligi;
axborotlar oshkor etilganligi, tender komissiyasi aʼzolari yoki jalb qilingan mutaxassislar oʻrtasida savdolar qatnashchilari bilan kelishishga yoʻl qoʻyilganligi, shuningdek boshqa noqonuniy xatti-harakatlar uchun;
tender gʻolibini eʼlon qilish tartib-qoidasi buzilganligi, ishtirok etmagan qatnashchilar oʻz vaqtida xabardor qilinmaganligi;
tender tartib-qoidalarining boshqacha tarzda buzilishlari uchun javob beradi.
31. Tender gʻolibi:
tuzilgan kontrakt shartlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi;
tender shartlarini bajarish monitoringi uchun notoʻgʻri axborotlar taqdim etilganligi;
kontrakt shartlarining boshqa tarzda buzilishlari uchun javob beradi.
32. Tender tartib-qoidalari boʻyicha paydo boʻlgan kelishmovchilik va nizolar, Departament yoki tender boshqa qatnashchilarining xatti-harakatlari va qarorlari yuzasidan shikoyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish hamda kontraktlar tuzish sxemasi
Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Avtobuslarning harakatdagi tarkibi rusumi (turi) va uning foydalanish yillari uchun ballarning TABAQALASHTIRILGAN SHKALASI
18 kishidan 23 kishigacha odam sigʻadigan midibuslar
8,0
15 kishidan 18 kishigacha odam sigʻadigan mikroavtobuslar
6,0
12 kishidan 15 kishigacha odam sigʻadigan mikroavtobuslar
4,0
8 kishidan 12 kishigacha odam sigʻadigan mikroavtobuslar
2,0
Izoh: Tashuvchi tavsiya qilgan avtobuslar rusumlari boʻyicha aniqlangan ballar yoʻnalishning texnik-foydalanish tavsifiga muvofiq jamlanadi va talab qilinadigan transport vositalarining rejadagi soniga boʻlinadi.
Masalan: Yoʻnalishda 6 ta jadval (yoki LAZ rusumli 6 ta avtobus) nazarda tutiladi. Tashuvchi tomonidan 8 ta PAZ avtobusi taklif etiladi. Ballar soni = 8 avt. x 4,0 ball : 6 ta jadval = 5,33.
2. Harakatdagi tarkibdan foydalanish yillari:
Foydalanish yillari
Harakatdagi tarkib birligi uchun ballar soni
1 — 3 yil
10,0
3 — 5 yil
8,0
5 — 8 yil
6,0
8 — 10 yil
4,0
10 yildan ortiq
2,0
Izoh: Foydalanish yillariga koʻra har bir transport vositasi boʻyicha aniqlangan ballar jamlanadi, soʻngra tashuvchi tomonidan tavsiya etilayotgan avtobuslar soniga taqsimlanadi.
3. Harakatdagi tarkibning umumiy sigʻimi uchun (besh balli tizim):
Harakatdagi tarkib rusumi
Pasport boʻyicha umumiy sigʻimi
Tuzatuvchi koeffitsiyent
1 ta harakatdagi tarkib uchun ballar soni
hisoblab chiqish uchun misol:
1. Texnik-foydalanish parametrlari darajasi boʻyicha bazaviy (talab qilinadigan) avtobus sifatida LAZ 695 avtobusi tavsiya qilinadi
62
1,0*
5,0
2. Tashuvchi tavsiya qilayotgan sigʻim:
1-variant:
110
1,77*
8,85
2-variant:
37
0,6
3,0
Tuzatuvchi koeffitsiyent tavsiya etilayotgan sigʻimni texnik-foydalanish parametrlari darajasi boʻyicha bazaviy avtobus sigʻimiga (ushbu misolda-LAZ 695 avtobusi sigʻimiga) taqsimlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Tigʻiz vaqtlarda harakatlanishning tavsiya etilayotgan oraligʻi uchun ballarning TABAQALASHTIRILGAN SHKALASI
Harakatlanish oraligʻi (daqiqa)
Beriladigan ball
Oshirish koeffitsiyenti
Eng yuqori ball
1. Texnik-foydalanish parametrlari boʻyicha talab qilinadigan oraliq
5,0
x
x
2. Tavsiya etilayotgan oraliq ___ daqiqa
3. Oraliqni quyidagicha kamaytirganlik uchun:
3 daqiqaga
5,0
1,05
5,25
6 daqiqaga
5,0
1,1
5,5
9 daqiqaga
5,0
1,15
5,75
12 daqiqaga
5,0
1,2
6,0
15 daqiqaga
5,0
1,5
7,5
15 daqiqadan ortiq
5,0
2,0
10,0
Izoh: Tigʻiz vaqtlarda yoʻnalishdagi harakatlanish oraligʻi aylanib chiqish vaqtini ishlayotgan avtobuslar soniga taqsimlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Hisoblab chiqish uchun misol:
yoʻnalishga qoʻyilgan talablar
tashuvchi taklif etayotgani
a) tigʻiz vaqtlar (soat 10 dan 17 gacha)
7 soat
7 soat
b) avtobusning aylanib chiqishiga ketgan vaqt
1 soat
1 soat
v) ishlayotgan avtobuslar soni
4 ta
5 ta
g) oraliq (daqiqa)
15 daqiqa
12 daqiqa
Oraliqni 3 daqiqaga kamaytirganlik uchun 5,25 ball beriladi.
Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
_____________________________________________
(yoʻnalishning nomi)
yoʻnalishida shahar transportida yoʻlovchilar tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan NAMUNAVIY KONTRAKT
200_yil “___”_________
Toshkent shahri
Tender komissiyasi qarori asosida Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti nomidan keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb ataladigan boshliq _________________ bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Tashuvchi” deb ataladigan _______________ nomidan rahbar _________ ikkinchi tomondan ushbu kontraktni quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
1-modda. Kontrakt predmeti
1.1. 200_yil “___” ________________ dan boshlab “Buyurtmachi” “Tashuvchi”ga ______________________-son avtobus/mikroavtobus yoʻnalishi boʻyicha ushbu kontraktda kelishilgan shartlarda yoʻlovchilar tashishni tashkil etish va amalga oshirish mutlaq huquqini beradi (yoʻnalishning texnik-foydalanish tavsifi va unga qoʻyiladigan talablar 1-ilovada, yoʻnalish sxemasi — 2-ilovada koʻrsatilgan).
1.2. Yoʻnalishda yoʻlovchilar tashish uchun Tashuvchi chap tomonli boshqaruvi hamda yoʻlovchilar uchun oʻng tomonda joylashgan hamda yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun qulaylikni taʼminlovchi eshiklari boʻlgan quyidagi ___ ta avtobus/mikroavtobusdan foydalanadi:
T/r
Avtobuslar/ mikroavtobuslar rusumi
Davlat raqami
Oʻrindiqlar sigʻimi
Umumiy sigʻimi
1.
2.
3. va
h. k.
2-modda. Tomonlarning majburiyatlari
2.1. “Buyurtmachi” quyidagilarga majbur:
Tashuvchini yoʻlovchi tashishlarning asosiy shartlari, harakatlanish yoʻnalishi va hokazolardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida oldindan (qoidaga koʻra, ikki hafta oldin) xabardor qilish;
Tashuvchiga transportda tekin yoki imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilar toifalari roʻyxatini taqdim etish;
shahar yoʻnalishlarida yoʻlovchi transportining bir maromdagi faoliyatini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Tashuvchiga dispetcherlik xizmatlari koʻrsatish, 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha nazorat-dispetcherlik hujjatlarini yuritish;
bir oy muddatda Tashuvchidan harakatlanish oraliqlarini, avtobuslar, mikroavtobusning kattaligi va miqdorini, tariflarni oʻzgartirish yoʻli bilan tashishlar samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha tushgan takliflarni koʻrib chiqish hamda unga asoslangan yozma javob berish;
yoʻlovchi tashish transporti ishi yuzasidan shikoyatlarni koʻrib chiqish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrish;
transportda tekin yurish huquqidan foydalanuvchi yoʻlovchilarni tashish bilan bogʻliq daromadlar kamayishini qoplash, shuningdek tariflarning cheklangan darajalari qoʻllanilishi munosabati bilan koʻriladigan zararlarni qoplash masalasini vakolatli organlar bilan birgalikda hal etish;
transportda yurish kartochkalarini sotishdan tushgan daromadlarni, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, tashuvchilar oʻrtasida qonunchilik talablariga muvofiq taqsimlash;
tashish jarayonini tashkil etishda, koʻcha-yoʻl tarmoqlarining harakatlanish xavfsizligi talablariga javob beradigan zarur holatda boʻlishini taʼminlashda yordam koʻrsatish.
2.2. Tashuvchi quyidagilarga majbur:
yoʻlovchilarni sifatli tashishni va yuqori xizmat koʻrsatish madaniyatini, transport vositasini boshqarish huquqi yuzasidan tegishli toifaga, shuningdek yoʻlovchilar tashishda kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlgan haydovchi kadrlar tanlashni taʼminlash;
ushbu kontraktning butun amal qilish muddati mobaynida transport xizmati koʻrsatish uchun birkitilgan yoʻnalishda yoʻlovchilarni muntazam tashishni tashkil qilish va bajarish;
____ soat ___ daqiqadan ___ soat ___ daqiqagacha belgilangan ish rejimiga rioya qilish, harakatlanishning belgilangan jadvallariga muvofiq ______ jadvalini va ____ reyslarini taʼminlash (avtobuslar/mikroavtobuslarning ish jadvali shakli namunasi 4-ilovada berilgan);
bir martalik chiptalarni sotish yoʻli bilan tushumlar yigʻishni va ularni kunduzgi va kechki vaqtlarda inkassatsiya qilishni taʼminlash;
yoʻlovchilar tashishga 1 nafar yoʻlovchi uchun ____ soʻm miqdoridagi tarifni qoʻllash;
reyslar, yoʻlovchilar soni, daromadlar yigʻimi bajarilishi tahlili va hisobini, yoʻl-transport hodisalari hisobini yuritish hamda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash tadbirlarining bajarilishini nazorat qilish;
harakatdagi tarkibga oʻz vaqtida texnik xizmat koʻrsatilishini, salon tashqarisida va ichida yigʻishtirish-yuvish ishlarini, reysga chiqishdan oldin harakatdagi tarkibni texnik koʻrikdan va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlash;
zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uchun asbob-uskunalar, koʻtarish moslamalari yoki koʻzdan kechirish handaqlari, nazorat-oʻlchash priborlari, asfalt yoki beton qoplamali tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda; texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida; diagnostika stansiyalarida va Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnik nazorat postlarida yoʻlovchi tashish transportini texnik koʻrikdan oʻtkazishni oʻz vaqtida tashkil etish;
yoʻlovchilar tashish uchun belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish;
har qaysi transport birligi salonida koʻrinarli joyda haydovchi (familiyasi, ismi, otasining ismi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, Yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalaridan koʻchirmani, markaziy dispetcherlik xizmati, Tashuvchi telefonlari raqamlarini, yoʻl haqi tariflarini, transportda tekin va/yoki imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatini, yoʻl-transport hodisasi roʻy bergan taqdirda avtobus salonida lyuklarni, oynalarni, eshiklarni shoshilinch ochish va oynalarni koʻchirish usullari toʻgʻrisidagi koʻrgazmali maʼlumotlarni, oʻt oʻchirish anjomlari va aptechkalarni joylashtirish, avariya vaqtidagi chiqish joylarini koʻrsatish;
Buyurtmachiga dispetcherlik punkti orqali yoʻnalishning koʻcha-yoʻl tarmoqlarining harakatlanish yoki yoʻlovchilar tashish xavfsizligi talablari va shartlariga javob bermaydigan uchastkalaridagi mavjud toʻsiqlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar qilish.
2.3. Yoʻnalishdagi ish vaqtida haydovchilar quyidagilarga majbur:
ushbu kontraktning nusxasiga, shaharda yoʻlovchilar tashishni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya kartochkasiga, yoʻnalish hujjatlariga, yoʻl va chipta-hisob varaqasiga, liniyaga chiqishdan oldin yoʻl varaqalarida avtotransport vositasining texnik koʻrikdan va haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi qaydlarga, harakatlanish jadvaliga va yoʻnalish sxemasiga ega boʻlish;
transportda tekin va/yoki imtiyozli yurish huquqidan foydalanuvchi yoʻlovchilarni toʻsqinliksiz tashish;
harakatlanish jadvaliga rioya qilish va Buyurtmachining liniya-dispetcherlik punktlarida, sotilgan chiptalar sonini koʻrsatgan holda, reyslar boʻyicha qaydlarni amalga oshirish;
yoʻlovchilarga har bir toʻxtash joyi va undan keyingi punkt nomini toʻgʻri va aniq eʼlon qilish, yoʻnalish oʻzgargan taqdirda esa — bu toʻgʻrida har bir bekatda eʼlon qilish, yoʻlovchilarga avtobus/mikroavtobus salonida hulq-atvor qoidalariga rioya qilish hamda yoʻl va bagaj haqini oʻz vaqtida toʻlash zarurligi toʻgʻrisida eslatish;
yoʻlovchilarni faqat yoʻnalishning toʻxtash punktlarida transportga chiqarish va undan tushirish (toʻxtash punktlarida transportga chiqarish va undan tushirish yoʻlovchilar talabi boʻyicha amalga oshiriladigan yoʻnalishli taksilardan tashqari);
salonda spirtli ichimliklar ichishga, chekishga, transport vositasi ishlayotgan vaqtda paydo boʻladigan noxush hidlarning boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik;
transport vositasi tizimlarida va mexanizmlarida avtobus/mikroavtobuslardan keyingi foydalanish chogʻida harakatlanish xavfsizligiga xavf tugʻdiradigan texnik nosozliklar mavjud boʻlgan hollarda avtobus/mikroavtobusni toʻxtatish, barcha eshiklarini ochish, zarurat boʻlganda esa avariya lyuklarini ham ochish, salondan yoʻlovchilarni tushirish, ularni ushbu yoʻnalishda qatnaydigan boshqa avtobus/mikroavtobusga aynan shu chiptalar bilan chiqarish;
Buyurtmachining hamda tekshirish va koʻrikdan oʻtkazish uchun tegishli vakolatlari boʻlgan nazorat organlarining birinchi talabiga koʻra transport vositasini koʻzdan kechirishga ruxsatnomasi boʻlgan shaxsga zarur maʼlumotlarni taqdim etish va yordam koʻrsatish;
yoʻlovchilar uchun biron-bir noqulaylik tugʻdirmasdan ularga yoʻl chiptalari sotish;
Yoʻl harakati qoidalariga, Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasida avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarga rioya qilish.
2.4. Koʻrsatilgan dispetcherlik xizmatlari va shahar yoʻlovchi tashish transporti infratuzilmasi obyektlari (avtostansiyalar, toʻxtash punktlari)dan foydalanganligi uchun Tashuvchi har oyda ____ soʻm miqdorida haq toʻlaydi. Pul mablagʻlari Buyurtmachining hisob raqamiga hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay oʻtkaziladi.
3-modda. Tomonlarning huquqlari
3.1. Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Buyurtmachiga yoʻnalishni oʻzgartirish yoki yopish, transport vositalarining rejadagi sonini, jadvallarni, ish rejimini qayta koʻrib chiqish, yoʻlovchilar tashish tariflarini oʻzgartirish boʻyicha asoslangan takliflar kiritish;
yoʻnalishning koʻcha-yoʻl tarmogʻi harakatlanish xavfsizligi yoki yoʻlovchilar tashish talablari va shartlariga javob bermaydigan uchastkalarida yoʻlovchilar tashishni bajarishni rad etish yoki toʻxtatish;
Buyurtmachi bilan kelishuv boʻyicha avtotransport vositasini, tegishli litsenziya kartochkasi bilan taʼminlagan holda, aynan shunday avtomobil bilan almashtirish;
belgilangan tartibga muvofiq yoʻl kartochkalarini sotishdan daromad olish va transportda tekin yoki imtiyozli yurish huquqidan foydalanuvchi yoʻlovchilarni tashish munosabati bilan yoʻqotilgan daromadlar uchun kompensatsiya olish;
tashish jarayonini tashkil etish boʻyicha zarur shart-sharoitlar taʼminlanishini talab qilish.
3.2. Tashuvchi yoʻnalishga xizmat koʻrsatishni uchinchi shaxsga berish huquqiga ega emas.
3.3. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatish huquqlarini xizmat koʻrsatish huquqini yoʻqotgan bitta tashuvchidan tender asosida belgilanadigan boshqa tashuvchiga berish oʻrtasidagi davrda koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlarga (tendersiz) toʻliq yoxud qisman xizmat koʻrsatish huquqini boshqa tashuvchilarga vaqtinchalik berish;
ushbu kontrakt shartlarining bajarilishini nazorat qilish, nazorat natijalari asosida, aniq qoida buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish, “Tashuvchi”ga aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish vazifasini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoida buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash;
davlat tegishli organlariga transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan “Tashuvchi”ni qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
4-modda. Tomonlarning javobgarligi
4.1. Buyurtmachi Tashuvchini yoʻnalishlarda ishlash uchun zarur sharoitlar bilan taʼminlash, koʻcha-yoʻl tarmogʻining holati tufayli yoʻnalishlarda tashuvlarning toʻxtatilishi yoki cheklanishi sabablarini bartaraf etish yuzasidan oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻrilmaganligi, koʻchalarning Tashuvchi bilan oldindan kelishilmasdan toʻsilganligi uchun koʻrilgan zarar miqdorida javob beradi.
4.2. Tashuvchi tomonidan ushbu tender kontrakti shartlarining buzilishi holatlari yuzasidan Buyurtmachi koʻrilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplash toʻgʻrisida sud organlariga daʼvo bilan murojaat qilishi mumkin.
5-modda. Tashuvchining hisobot berishi
5. Tashuvchi har oyda Buyurtmachiga ushbu kontraktga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yoʻnalishlardagi ishlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi shart.
6-modda. Kontraktni bekor qilish tartibi
6.1. Agar tomonlardan biri kontrakt shartlarini buzsa va ikkinchi tomon ularni bartaraf etishning muddatini belgilasa, biroq ushbu muddat oʻtgandan keyin kontraktni buzgan tomonning majburiyatlari bajarilmagan boʻlsa, kontrakt bir tomonlama tartibda muddatidan oldin bekor qilinadi.
6.2. Kontraktning amal qilish muddati tugaganda yoki kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganda “Tashuvchi” yoʻnalishni oʻz avtotransport vositalaridan mazkur yoʻnalishda ishlash huquqini yutgan boshqa tashuvchiga kontrakt beriladigan kundan kechikmay boʻshatishi shart.
6.3. Tomonlar kontraktning bekor qilinishi sanasi yoki uning amal qilish muddati tugaganligi toʻgʻrisida kamida 10 kalendar kun oldin yozma ravishda bir-birini xabardor qilishlari shart.
7-modda. Boshqa shartlar
7.1. Kontrakt shartlari, agar faoliyatning holatlari va shartlari obyektiv ravishda oʻzgarsa, tomonlardan birining taklifiga koʻra qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Taklif etilayotgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi qarorni tomonlar yozma bildirishnoma olingan kundan boshlab ikki hafta mobaynida qabul qilishadi.
7.2. Tashuvchi tomonidan kontrakt shartlariga butun muddat mobaynida amal qilingan taqdirda, uning muddati uzaytiriladi, lekin koʻpi bilan uch yilga uzaytiriladi.
7.3. Favqulodda holatlar (zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqa tabiiy ofatlar) paydo boʻlganda hamda tomonlardan istalgan birining ushbu kontrakt boʻyicha majburiyatlarni toʻliq yoki qisman bajarish imkoniyati boʻlmaganda, ularni bajarish muddati bunday holatlar davom etadigan muddatga teng vaqtga uzaytiriladi va bu muddatda tomonlar kontrakt majburiyatlari boʻyicha javobgarlikdan ozod qilinadi.
7.4. Agar favqulodda holatlar 60 kundan koʻproq davom etsa, u holda tomonlardan har biri ushbu kontrakt boʻyicha majburiyatlarni bundan keyin bajarishdan voz kechish huquqiga ega boʻladi hamda bu holda koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni boshqa tomon hisobiga qoplash huquqiga ega boʻlmaydi.
7.5. Ushbu kontraktdan yoki uning bilan bogʻliq holda kelib chiqadigan tomonlar oʻrtasidagi barcha nizo va kelishmovchiliklar muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi.
Agar tomonlar muzokaralar yoʻli bilan kelishuvga erishmasa, u holda nizo va kelishmovchiliklar sud tartibida hal etiladi.
8-modda. Kontraktning amal qilish muddati
8.1. Ushbu kontrakt tomonlar uni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va ___ mobaynida amal qiladi.
8.2. Ushbu kontrakt bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan 2 nusxada, tomonlardan har biri uchun bir nusxadan tuzildi.
9-modda. Kontraktga ilova qilinayotgan hujjatlar
9. Quyidagilar kontraktning uzviy qismi hisoblanadi:
yoʻnalishning texnik-foydalanish tavsifi va unga qoʻyiladigan talablar (1-ilova);
Har kungi ishlarning dispetcherlik nazorati shakli
(____-son yoʻnalishdagi tashuvchining nomi)
200__ yil “___” _________
_________ sh
T/r
Haydovchi va konduk-torning F.I.O.
Avtobus/ yoʻnalishli taksining rusumi va davlat raqami
Yoʻl varaqasi- ning t/r
Joʻnash vaqti
Yetib kelish vaqti
Sotilgan chiptalar
jadval boʻyicha
amalda
jadval boʻyicha
amalda
soni
soʻmlik
* Izoh. Transport vositasi texnik nosozligi yoki shikastlanishi natijasida yoʻnalishdan muddatidan oldin qaytgan taqdirda roʻy bergan shikastlanish vaqti va sababi koʻrsatilishi zarur.
“Tasdiqlayman” Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti boshligʻi
____________________________________ 200__ yil “___” _____________
______-son yoʻnalish boʻyicha avtobuslar/mikroavtobuslarning
200 __ yil ______________ uchun ish jadvali
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qaroriga 4-ILOVA
“Toshelektrotrans” davlat kompaniyasining
USTAVI
I. Umumiy qoidalar
1. “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda “Kompaniya” deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PF–3713-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshshahartransxizmat” uyushmasi va Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-yanvardagi PQ–262-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Kompaniya tarkibiga Toshkent metropoliteni, 2-tramvay deposi, 3-tramvay-trolleybus deposi, 2-trolleybus deposi, Yoʻllar xizmati, Shahar elektr transportiga xizmat koʻrsatish xizmati, “Toshtatraservis” texnik markaz davlat unitar korxonasi, shuningdek shartnoma asosida “Eltranstaʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyat va “Rem-Eltrans” masʼuliyati cheklangan jamiyat kiradi.
2. Kompaniya Toshkent shahrida isteʼmolchilarga transport xizmatlari koʻrsatadigan yagona ishlab chiqarish-xoʻjalik kompleksi hisoblanadi.
3. Kompaniya “Toshshahartransxizmat” uyushmasi kengashiga hisobot beradi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
4. Kompaniya yuridik shaxs — davlat unitar korxonasi hisoblanadi, mustaqil va yigʻma balanslarga, bank muassasalarida hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, ramzga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida toʻliq yozilgan muhrga ega boʻladi.
5. Kompaniyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari uning tarkibiga kiradigan korxonalar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Kompaniya oʻz majburiyatlari boʻyicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki bilan javob beradi. Kompaniya oʻz tarkibiga kiradigan korxonalarning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi va ushbu korxonalar Kompaniya majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
7. Kompaniya oʻz faoliyatini toʻliq xoʻjalik hisobi prinsiplari asosida amalga oshiradi.
8. Kompaniya va uning tarkibiga kiradigan korxonalar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
9. Kompaniya quyidagi manzilda joylashgan: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amur Temur koʻchasi, 6-uy.
II. Kompaniyaning asosiy maqsadlari, vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Kompaniyaning asosiy maqsadlari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
aholining yoʻlovchi tashish transportida tashishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida, shu jumladan transportning boshqa turlari bilan oʻzaro hamkorlikda yoʻlovchilarga yuqori darajada xizmat koʻrsatgan holda yoʻlovchi tashish elektr transporti va Toshkent metropolitenining barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlash;
elektr transporti va Toshkent metropolitenida yoʻlovchilar tashish bozori konyunkturasini oʻrganish, ularning rivojlanishini prognozlash;
yoʻllar tarmogʻining barqaror ishlashini va uning yoʻlovchi tashish quvvatini oshirish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
elektr transportini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish;
elektr transportini iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Kompaniya faoliyatining istiqbolga moʻljallangan va yillik dasturlarini tasdiqlash;
elektr transporti va Toshkent metropolitenining mashinalar parkiga va ularni sotib olish uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash;
kapital qoʻyilmalarni, ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirish va umumiy ahamiyatga ega boʻlgan boshqa ishlarni bajarish uchun markazlashtirilgan jamgʻarmalar va zaxiralarni shakllantirish;
Kompaniya korxonalari bilan oʻzaro iqtisodiy munosabatlar prinsiplarini va ularni amalga oshirish metodikasini ishlab chiqish.
11. Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun Kompaniya quyidagi funksiyalarning bajarilishini taʼminlaydi:
tashish jarayonini tezkor boshqarishni tashkil etish, elektr yoʻlovchi transporti harakati jadvalini va umuman Kompaniya boʻyicha yoʻlovchilar tashish rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va oʻz tarkibiga kiradigan korxonalar bilan birgalikda bajarish;
favqulodda vaziyatlar sharoitida elektr transporti harakatini tartibga solish va tashkil etish;
dispetcherlik xizmatini tashkil etish, tashishlarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, foydalanish ishlarini umumiy axborot bilan taʼminlashning yagona prinsiplarini ishlab chiqish;
elektr transportini va Toshkent metropolitenini rivojlantirish kompleks dasturlari loyihalarini, asosiy faoliyatda ishlab chiqarish-iqtisodiy, moliyaviy koʻrsatkichlarning yillik istiqbolli prognozlarini, shuningdek ijtimoiy sohada va atrof muhit muhofazasi sohasida kompleks dasturlar loyihalarini tuzish;
elektr transporti va Toshkent metropolitenida yoʻlovchilar tashish sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil etish, oʻz tarkibiga kiradigan korxonalar bilan birgalikda elektr transportini kelgusida rivojlantirishning yillik istiqbolli prognozlari va sxemalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
ishlayotgan korxonalarni va elektr transporti obyektlarini budjet mablagʻlari va investitsiya mablagʻlari hisobiga rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash yuzasidan loyihalar ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish;
Kompaniya korxonalari bilan birgalikda elektr transportida ilmiy-texnika taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, prinsipial jihatdan yangi texnik vositalar, texnologiyalar va materiallar yaratish va ulardan foydalanishga doir ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bajarilishini tashkil etish, ushbu ishlarni moliyalashtirish;
tabiiy ofatlar, halokatlar va boshqa kutilmagan ishlarning oqibatlarini tugatish uchun moddiy-texnika resurslarining asosiy turlari zaxiralarini yaratish;
Kompaniya ehtiyojlari uchun moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro aloqa qilish va hamkorlik ishlarini tashkil etish;
Toshkent metropoliteni va elektr transportining safarbarlik tayyorgarligini taʼminlash hamda alohida davrda ishlash uchun moddiy resurslarni shakllantirish;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, Kompaniyaning ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda eksport-import operatsiyalarini taʼminlash;
Kompaniya korxonalari ehtiyoji asosida kadrlarni kasbga va iqtisodiy oʻqitish tizimini tashkil etish, moddiy bazaning saqlanishi va rivojlanishini taʼminlash;
kadrlar va mutaxassislarni oʻquv yurtlarida tayyorlash, qayta tayyorlashni va ularning ishlab chiqarishda malakasini oshirish hamda tajriba orttirishini taʼminlash;
Kompaniya xodimlarining transport harakati va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ish sharoiti xususiyatlarini, ish vaqti rejimi va dam olish vaqtini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilash.
12. Kompaniya sanab oʻtilgan funksiyalarni bajarish bilan birga:
elektr transportidan foydalanish qoidalari talablariga rioya etilishi, harakat xavfsizligi holati va transportning saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, harakat xavfsizligi buzilishi sabablarini oʻrganib chiqadi, halokatlar, ekologik ofatlarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, xavf yuqori boʻlgan zonalarda boʻlish va u yerda ish olib borish qoidalarini ishlab chiqadi;
transport harakati bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek zararli noqulay mehnat sharoitlari taʼsiriga uchraydigan xodimlarni tibbiy tekshiruvdan va koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi;
transportning safarbarlik tayyorgarligi, fuqarolar mudofaasi boʻyicha ishlar olib borilishini tashkil etadi;
metropolitenning oʻziga xosligini hisobga olib safarbarlik tayyorgarligining yagona metodikasini ishlab chiqadi;
alohida davrda tashishlarni bajarish masalasi boʻyicha manfaatdor tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilishni, davlat safarbarlik zaxirasida va maxsus zaxirada texnik vositalar va moddiy boyliklar saqlanishini taʼminlaydi;
davlat sirlarini himoya qilish boʻyicha zarur tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi;
aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini belgilangan tartibda aniqlaydi.
III. Kompaniya faoliyatini boshqarish
13. Kompaniya faoliyatini boshqarish ijro etuvchi organ — “Toshshahartransxizmat” uyushmasining taqdimnomasiga koʻra Toshkent shahar hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
14. Kompaniya direktorining Toshkent shahar hokimi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan oʻrinbosari — bosh muhandis boʻladi.
Kompaniya direktori va uning oʻrinbosari lavozimiga koʻra Boshqaruv tarkibiga kiradi.
15. Kompaniya direktori:
Kompaniya faoliyatiga rahbarlik qiladi va Kompaniyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi va mazkur Ustavga rioya qilinishi, direktor oʻrinbosari, boʻlimlar, xizmatlar va shoʻbalar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishi uchun shaxsan javob beradi, ularning Kompaniya faoliyati masalalarini hal etishdagi vakolatlarini belgilaydi;
Kompaniya korxonalarining moliya-xoʻjalik faoliyati yillik hisobotlari va balanslarini tasdiqlaydi;
Kompaniya mablagʻlarini oʻz vakolatlari doirasida ishonchnomasiz, belgilangan tartibda tasarruf etadi, banklarda hisob raqamlari ochadi, Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida, respublika davlat organlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslari bilan munosabatlarda Kompaniya manfaatlarini ifodalaydi, Kompaniya nomidan shartnomalar tuzadi, bunday shartnomalar tuzish uchun ishonchnomalar beradi;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha buyruqlar, farmoyishlar, koʻrsatmalar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
Kompaniyaning barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladi;
Kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalarini koʻrib chiqadi va belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
rentabelsiz korxonalarning kelgusida faoliyat koʻrsatishi maqsadga muvofiq ekanligi yoki emasligi toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi;
Kompaniya xodimlari mehnatiga haq toʻlash shakllari, tizimlari va miqdorlarini tasdiqlaydi, shuningdek xoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha xodimlarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi va takliflarni tasdiqlaydi;
lavozimlar nomenklaturasini tasdiqlaydi va unga muvofiq Kompaniya xodimlarini ishga qabul qiladi, ishdan boʻshatadi, almashtiradi va boshqa ishga oʻtkazadi;
amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Kompaniya xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini koʻradi;
lavozim maoshlarini va ularga ustamalarni, shuningdek apparat xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida turli qoʻshimcha haq va kompensatsiya toʻlovlarini belgilaydi, Kompaniya xodimlarini ragʻbatlantiradi;
Kompaniyaning ilgʻor xodimlarini belgilangan tartibda faxriy yorliqlar bilan mukofotlaydi, ragʻbatlantirishning boshqa turlarini qoʻllaydi;
Kompaniya xodimlarining ayrim toifalari uchun kiyim-bosh shakli va farqlash belgilarini belgilangan tartibda joriy etadi.
IV. Kompaniyaning ustav fondi, mol-mulki, mablagʻlari va moliyasi
16. Kompaniyaning ustav fondi Kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalarning balansidagi davlat mol-mulki hamda “Eltranstaʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyat va “Rem-Eltrans” masʼuliyati cheklangan jamiyatning davlat ulushi hisobiga shakllanadi.
17. Asosiy va aylanma mablagʻlar, shuningdek qiymati Kompaniya balansida aks ettiriladigan boshqa mol-mulk va pul mablagʻlari Kompaniyaning mol-mulkini tashkil etadi.
18. Kompaniyaning mol-mulki toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan Kompaniyaga tegishli boʻladi.
19. Kompaniyaning mol-mulki quyidagi manbalar hisobiga hosil boʻladi:
tugatilgan “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi mol-mulkining huquqiy vorislik huquqi bilan tegishli qismi;
xizmatlar koʻrsatishdan, shuningdek xoʻjalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;
Kompaniya tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlardan tushgan daromadlar;
bank va boshqa kreditorlarning kreditlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
20. Kompaniya oʻz tasarrufida boʻlgan mol-mulk va mablagʻlardan tarkibiga kiradigan korxonalarning manfaatlari uchun foydalanadi, har qanday koʻchar va koʻchmas mulkni belgilangan tartibda qurishi, rekonstruksiya qilishi, sotib olishi, olishi va ijaraga berishi, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishi mumkin.
21. Kompaniyaning xoʻjalik faoliyati natijasida Kompaniya oladigan foyda qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar toʻlangandan keyin Kompaniyaning mulki boʻlib qoladi va undan Kompaniya jamgʻarmalarini tashkil etish uchun foydalaniladi.
V. Hisob, hisobot va nazorat
22. Kompaniya oʻz faoliyati natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini yuritadi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistika hisobotini amalga oshiradi.
23. Kompaniya davlat boshqaruv organlariga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻzining moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi.
VI. Kompaniya faoliyatini toʻxtatish
24. Kompaniya faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatiladi.